Fayzulla xo'jayev (1896-1937)


MIRZO ABDULVOHID BURHONOV


Download 122.5 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1186831
1   2   3   4   5
Bog'liq
JADIDCHILAR

MIRZO ABDULVOHID BURHONOV 
(1875-1934)
Ма'rifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi Mirzo Abdulvohid Burhonov 1875-yili Buxoroda tavallud ,opadi. Dastlabki ta'limni eski maktabda oladi.
XIX asrning 90-yillaridan Abdulvohid Burhonov Munzim taxallusi bilan ma'rifiy she'rlar yoza boshlaydi, keyinchalik esa amaliy faoliyatida ham ma'rifatparvarlik bilan shug'ullanadi. ХХ asrning birinchi о'n yilligida dunzim yangi usuldagi maktab ochish uchun harakat qila boshlaydi. Buxorodagi dastlabki jadid maktabining ochilishi ham uning nomi bilan bog'lig. U 1908-уil Samarqandga borib, jadid maktablaridagi o'qitish uslubini o'rganadi va shu yili о'z hovlisida jadid maktabi, 1909-yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki
Maktab tashkil etadi. Buxoroda 1909-yildan shakllangan jadidlar tashkiloti avval ma'rifatparvarlik ishlarini olib bordi. Munzim tashkilot ishiga faol qatnashib, shu yili bir qator hamfikrlari bilan "Tarbiyayi atfol" jamiyatini tuzishda ishtirok etdi. Bu jamiyat buxorolik ma'rifatparvarlar vа hur fikrli ziyolilar о'rtasida ilg'ог demokratik g'oyalarni arg'ib etib, xalqning siyosiy ongini uyg'otishda katta ahamiyat kasb etdi.
1917-yil fevral inqilobidan so'ng Buxoro jadidlari А.Burhonov boshliq eski jadidlarga, F.Хo'jауеv va A.Fitrat boshliq yangi jadidlarga bо'linadi. Birinchi guruhning asosiy faoliyati ma'rifarparvarlik bо'lsa, ikinchi guruh keng islohotlar tarafdori edi. Keyinchalik bu ikki guruhning birlashuvi natijasida "Yosh uxoroliklar" partiyasi tuzilib, Munzim unga rais etib saylanadi.
1918-yildan 1920-yilning sentabrigacha Munzim Toshkentda yashaydi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi izilgach, u avval Markaziy ijroiya qo'mitasi raisining о'rinbosari, keyinchalik Xalq maorifi noziri, Sog'liqni tqlash noziri lavozimlarida ishlaydi.
Xalq maorifi noziri lavozimida ishlagan Munzim 1922-yil iyunida milliy kadrlar, xususan, muhandislar iyyorlash maqsadida bir guruh buxorolik yoshlarni Germaniyaga yuborish to'g'risidagi BXSR hukumati zrorining qabul qilinishiga katta hissa qo'shadi. Shu qarorga asosan, u mazkur ishni tashkil etish bо'yicha зппзяуа raisi etib tayinlangan edi. 1922-yilning yozida Munzimning shaxsan о'zi buxorolik 44 kishini ermaniyaga olib borib, Berlindagi о'quv yurtlariga joylashtiradi. 1920-yillarning о'rtalaridan boshlab Munzim о'zini tamoman ijodiy ча publitsistik faoliyatga baxshida etadi.
Abdulvohid Munzim 1934-yilda uzoq davom etmagan kasallikdan so'ng vafot etadi.





Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling