Mukofotlari Firuza - Kelmading. Qushlar ko‘chib ketdi qoshimdan, Tushlar cho‘chib ketdi yoshimdan, Hushlar uchib ketdi boshimdan, Kelmading. Xazonlar to‘p bo‘ldi yillab men uchun, Osonlar yo‘q bo‘ldi yillab men uchun, Armonlar ko‘p bo‘ldi yillab men uchun, Kelmading. G‘amlarning bariga to‘zdim — chidadim, Namlarning bahrida suzdim — chidadim, Damlarning shahdidan o‘zdim — chidadim, Kelmading. Kunlarim hijronga o‘qdek yoqqanda, Ruhim oti qonga cho‘g‘dek botganda, So‘nggi o‘qni jonga o‘zim otganda, Sen kelding uzr so‘rab… Sen kelding nechun?!
- 1968
- 1. Tarixning beqarorligi bilan she’rda tasvirlanayotgan ikki xalq taqdirining qanday bog‘liqlik jihati borligini ko‘rsating.
- 2. “Yeri, eli behad katta birining, Va har jihat qo‘li kalta birining” satrlarini izohlashga urining.
- 3. “Xalqning fe’li o‘z yeriga o‘xsharkan: Katta urug‘ yalqov, loqayd yasharkan!” misralarida kimlar ko‘zda tutilayotir deb o‘ylaysiz?
- 4. “Kichigi-chi, qaynagan qon, ishchan er” sifatlashi qaysi xalqqa qaratilganini matnga tayanib, ayting.
- 5. Katta urug‘ga dushmanlar hujumi va kichik urug‘ yordamida bu ofatning yo‘q qilinishi xalqimiz tarixidagi qaysi voqeaga o‘xshaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |