Masalan:
- osh tuzining suvli eritmasida H2O, H+, OH¯, Na+, Cl¯ zarrachalari bor, lekin komponentlar soni 2 ta - H2O, NaCl.
- kalsiy karbonat (CaСO3) ning ajralishida, muvozanat vaqtida sistemada uchta tarkibiy qism (CaO, CaСO3, CO2) bo‘lishiga qaramay, komponentlar soni 2ga teng, chunki biz ikki modda borlini bilsak, uchinchisini ular orasidagi bog‘lanishdan hisoblab topa olamiz.
Agar sistemaning komponentlari bir-biri bilan ta’sirlashmasa (m: fizikaviy sistemada), komponentlar soni sistemadagi moddalar soniga (tarkibiy qismlar soniga) teng bo‘ladi.
Sistemadagi moddalar bir – biri bilan kimyoviy ta’sirlashsa, unda komponentlar soni moddalar sonidan sistemada borayotgan kimyoviy reaksiyalar soni ayirmasiga teng bo‘ladi:
CaCO3 = CaО + CO2
K = 3 – 1 = 2
Demak, komponentlar soni 2 ga teng.
Yana bir misol keltirsak
KNO3 + NaCl ↔ NaNO3 + KСl
Tarkibiy qism – 4 ta
Reaksiya soni – 1 ta
Komponentlar soni - K=4 – 1 = 3 ta.
Demak, kimyoviy sistemalarda komponentlar soni doim sistemadagi tarkibiy qismlar sonidan kam bo‘ladi.
Sistemaning termodinamik holati erkinlik darajasi bilan xarakterlanadi (F).
Erkinlik darajasi (F) – sistemaning termodinamik holatini to‘liq xarakterlash uchun yetarli bo‘lgan mustaqil o‘zgaruvchi parametrlar soni (harorat – T, bosim – P, konsentratsiya – C).
Boshqacha aytganda, fazalar soni va xiliga halal bermay turib, ma’lum chegarada ixtiyoriy ravishda o‘zgartirish mumkin bo‘lgan parametrlar soni - sistemaning erkinlik darajasi sonidir.
Erkinlik darajasi variantlik bilan ifodalanadi va sistemalar
- invariantli (F=0)
- monovariantli (F=1)
- bivariantli (F=2) bo‘ladi.
Masalan:
P=const da tuzning to‘yingan eritmasi monovariantli (F=1), chunki haroratning har bir qiymatiga ma’lum konsentratsiyali to‘yingan eritma mos keladi.
To‘yinmagan eritma – bivariantli (T, C)
Gazlar aralashmasi – bivariantli (ta’sir etuvchi parametrlar – P, T, va V.
Lekin, P va T o‘zgartirilsa, V – o‘z-o‘zidan o‘zgaradi. V ni PV=nRT tenglamadan aniqlanadi. Demak, ideal gazlar erkinlik darajasi 2 ga teng).
Do'stlaringiz bilan baham: |