Fazalar muvozanati termodinamikasi ikki komponetli suyuq sistemalar


O nuqta uchlamchi nuqta (yoki evtektik nuqta


Download 84.5 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1603360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
REJA

O nuqta uchlamchi nuqta (yoki evtektik nuqta) deyiladi. Parametrlardan birortasini juda kichik o‘zgarishi ham muvozanatning buzilishi va fazalardan birortasini yo‘qolishiga olib keladi.
Masalan, harorat oshirilsa muz erib ketadi, pasaytirilsa, suv muzlab qoladi. Agar bosim oshirilsa bug‘ kondensatlanadi va h.z.
Agar modda qattiq holatda ma’lum harorat va bosim oralig‘ida bir nechta barqaror kristall shakllar hosil qilib, ular mustaqil fazani tashkil etsa, fazoviy diagramma murakkablashadi. Bu holda holat diagrammasida barqaror qattiq fazaga to‘g‘ri keladigan sohalar ko‘payadi va bir qancha uchlamchi nuqtalar vujudga kelishi mumkin. Buni oltingugurtning holat diagrammasi misolida ko‘rib chiqamiz (2– rasm).
Oltingugurtning holat diagrammasi
2 – rasm. Oltingugurtning holat diagrammasi
Tabiatda uchraydigan oltingugurtning barqaror shakli rombik (Sp) oltingugurtdir. Uni 95,50C gacha qizdirilsa monoklinik shakldagi (Sm) oltingugurtga o‘tadi. Bu o‘tish harorati deyiladi. O‘tish jarayonida sistemaning umumiy hajmi ortadi. 95,50C da quyidagi muvozanat
Sp ↔ Sm
kuzatiladi. Bu holat diagrammasida A nuqtaga to‘g‘ri keladi.
Harorat ortishi bilan Klauzius-Klapeyron tenglamasiga muvofiq Vm > Vp bo‘lgani uchun Sp ning Sm ga o‘tish harorati ortadi. Holat diagrammasida bu bog‘liqlik o‘ngga og‘uvchi AB chiziq bilan ifodalangan.
Rombik oltingugurtning monoklinik oltingugurtga o‘tishi, ya’ni kristall panjarasining qayta qurilishi juda sekin sodir bo‘ladi. Shuning uchun tez qizdirilganda rombik oltigugurtning kristall panjarasi 95,50C dan yuqorida ham, ya’ni barqaror monoklinik oltigugurt sohasida ham saqlanib qolishi mumkin. Rombik oltingugurtning bu metastabil (beqaror) holati diagrammada AG chizig‘ida ko‘rsatilgan. Metastabil Sp barqaror monoklinik oltigugurt mavjud bo‘lmagandagina barqaror bo‘ladi.
Holat diagrammasida turli fazoviy muvozanatlarga to‘g‘ri keladigan chiziqlar va sohalarni ko‘rib chiqamiz.
Hohlagan chiziqning har bir nuqtasi ikki fazali monovariantli sistemani tavsiflaydi. Qaysi fazalar bir-biri bilan muvozanatda turganligini tegishli fazalar sohasining chegara chiziqlari orqali oson aniqlash mumkin.

Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling