Fazlulloh almaiy (1852-1891)
Download 90.5 Kb.
|
almaiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hastimom yonidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi
- Hofiz Ko‘ykiy mahallasidan
- «Mo‘yi muborak»
- «Kalila va Dimnai turkiy».
FAZLULLOH ALMAIY (1852-1891) Almaiy XIX asr o‘zbek adabiyotining Toshkentda etishgan taniqli vakillaridan, shoir, olim va tarjimondir. El orasida «Qori Fazlulloh» nomi bilan mashhur bo‘lgan. U 1852 yilda Toshkent shahrining Qo‘shtut mahallasida tug‘ilgan. Otasi Mirjalol bo‘zchilik bilan shug‘ullangan. YOsh Fazlulloh mahalladagi eski maktabda, so‘ng Hastimom yonidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasida o‘qiydi. Amakisining yordami bilan Buxoroga boradi, madrasalardan birida o‘qshni davom ettiradi. Arab, fors tillarini mukammal egallaydi, xattotlik san’atini o‘rganadi. Fazlulloh moddiy qiyinchilikda yashagan. Buxorodan qaytishda puli tamom bo‘lib, Toshkentga piyoda kelganini naql qiladilar. Buxoro madrasasini tugatib kelgach, Hofiz Ko‘ykiy mahallasidan (hozirgi Sobir Rahimov tumanida) Sobira ismli qizga uylantiradilar. Sobira o‘qimishli bo‘lgan, she’r mashq qilgan. Uyida maktab ochib, qizlarga dars bergan. Ular Joriya, Halima, Bo‘latxon, Nazrullo, Sa’dullo degan farzandlar ko‘radilar. Fazlulloh Eski Jo‘vada joylashgan SHukurxon madrasasida mudarrislik qila boshlaydi. Zamondoshlarining xotirlashicha, Fazlulloh tikso‘z, taptortmas, kishining aybini yuziga ochiq aytuvchi kishi bo‘lgan. SHu sababli ba’zi amaldorlarga yoqmagan. Jumladan, qozikalon Umarbek bilan chap tushib, madrasadan chetlashtirilgan. SHundan so‘ng u, asosan, xattotlik va tarjimonlik bilan ro‘zg‘or tebratgan. O‘rgangan ilmu hunari yordamida kishilar uchun xususiy xatlar yozib berib, kitoblar ko‘chirib, tarjimalar qilib kun kechirgan. Fazlulloh xat yozishning turli usullarini, jumladan, «nasta’liq» va «xatti noxuniy» (tirnoq bilan yozish) san’atlarini egallagan xattot edi. Uning she’r va adabiyotdan, arab tilining sarfu naxvi (grammatikasi)dan yaxshi xabardor ekanligini bilar edilar. SHu sababli, Fazlullohni Qo‘qonning mashhur eshonlaridan biri o‘z madrasasiga mudarrislikka taklif etadi. Biroq Fazlulloh u erda ham uzoq ishlay olmaydi, Toshkentga qaytib, xattotlik va tarjimonlikni davom ettiradi, adabiy davralarda faol ishtirok etadi. Masalan, uning Toshkentda keng tarqalgan «Bedilxonlik» yig‘inlarida qatnashgani ma’lum. Bedil chuqur ma’noli she’rlari bilan mashhur, usuli g‘oyat murakkab. Uni tushunish, anglash katta bilim va hunar talab qilgan. XIX asrning so‘ngida Toshkentda tan olingan 7 bedilxonning biri mana shu Qori Fazlulloh edi. Fazlulloh yoshligidan she’rga ko‘ngil qo‘ydi. G‘azallar mashq qildi. Hajvlar, hazil-mutoyibalar yozdi. «Mo‘yi muborak» madrasasida o‘qib yurgan paytlarida o‘sha atrofda o‘tin terib yurgan bir ko‘knorini shunday hajv qilgan edi: Boshiga kichik latta chulg‘ab, O‘lguncha xorzor ko‘knori. Alidin garchi hech ish kelmas, CHo‘p terarga yarar ko‘knori. Qo‘qondagi bir guruh bekorchi ulamolar abjad ustida tortishib, Fazlullohdan so‘raganlarida: «Abjad»ingni abu jading bilmas, «Kalaman»ni bilaman desang, kulaman, - deb javob bergan ekan. So‘ngroq u «Almaiy» (arabcha «sinchkov, ziyrak» degani) taxallusli shoir sifatida tanildi. Arab tili grammatikasiga oid «Avzonul-jumu’» («Ko‘plik vaznlari») nomli kitob yozdi. Mashhur hind adabiy yodgorligi «Kalila va Dimna»ni o‘zbek tiliga tarjima qildi. Almaiy 39 yoshida vafot etdi. Hotif degan shoir uning o‘limiga bag‘ishlab marsiya yozdi. Uni «Ma’dani fazl» (fazilat koni, ilmu donish manbai) deb atadi. 1965 yilda olim va murabbiy Subutoy Dolimov uning she’rlaridan ayrim namunalar e’lon qildi. «Kalila va Dimna» tarjimasidan parchani nashrga tayyorladi. Fazlulloh uch tilda baravar ijod eta olgan shoir edi. Zamondoshlarining xotirlashicha, u she’rlarini to‘plab, devon tuzgan. Biroq bu devonning taqdiri bugungacha noma’lum. SHoirning bir qator she’rlari turli bayozlar, zamondoshlarining ularga bog‘lagan muxammaslari orqali etib kelgan. Masalan, «Hayot» radifli she’ri o‘z davrida katta shuhrat qozongan. SHoir Muqimiyning unga bog‘lagan muxammasi bor. SHe’rga «hayot» so‘zi radif qilib olingan. SHe’r: Ey, xayoli jonim ichra tanda jon yanglig‘ hayot, Kelki, sansiz talx bo‘ldi jonima totlig‘ hayot, — degan bayt bilan boshlanadi. SHoir «hayot»ga murojaat qiladi. Uning xayolini tan ichidagi jon deb biladi. Usiz shirin (totlig‘) umrning achchiq (talx) bo‘lganligiga diqqatni qaratadi. Hayotning azizligini ta’kidlaydi. «Jon ichra jon» (mukarrar), talx-totlig‘ (tazod) orqali chiroyli manzaralar yaratadi, ta’sirchanlikka erishishga harakat qiladi. Muqimiy Almaiyning ushbu she’riga muxammas bog‘lar ekan, shoir baytidagi g‘oyani shunday davom ettirgan edi: Ayru sandin suvdin ayrilgan kabi bolig‘ hayot, Bo‘ldi dardidin judolig‘ chehrasi sorig‘ hayot. Bo‘lmadi g‘amdin yo‘lingda bir nafas forig‘ hayot, Ey, xayoli jonim ichra, tanda jon yanglig‘ hayot, Kelki, sensiz, talx bo‘ldi jonima totlig‘ hayot. Hayotga mehr g‘oyasi baytma-bayt, satrma-satr kuchayib boradi. CHunonchi, ikkinchi baytda, tomir («rag»)larimda oqayotgan «qon» emas, sening xayoling («fikrating»)dir, vujudimdagi «otash» sening «ishqing»dandir, deydi shoir. Fikr kuchayib, gap umrning mazmuniga ko‘chadi: Umr gar xush o‘tsa, umri No‘h ham kamdur vale, Ko‘p uzundur ko‘z yumub ochquncha kulfatlig‘ hayot. Nuh, rivoyatga ko‘ra 1600 yil umr ko‘rgan payg‘ambardir. Umr xush (yaxshi) o‘tsa, mana shu uzun umr ham kamdir. Agar kulfatlik bo‘lsachi? Ko‘z yumib ochguncha fursatligi ham ko‘p uzundir. SHoir talmeh (o‘tmishdagi biror voqea yoki shaxsga ishora), tazoddan unumli foydalanmoqda. So‘nggi bayt — maqta’da gap shoirning o‘z taqdiriga ko‘chadi. Muallif dam-badam qon yuttirayotgan baxtdan, o‘lim zahrini shakarga qo‘shib tutayotgan hayotdan zorlanadi.
SHoirning ayrim she’rlarida ilohiy ishq mavzusi ko‘zga tashlanadi. Masalan, «Etti» radifli she’rida ishq taqdir sifatida talqin qilinadi. Azal dehqoni qadding naxlini to sarbaland etti, Muhabbat rishtasin ko‘nglum qushi bo‘yniga band etti, - degan satrlar bilan boshlanadi she’r. YA’ni, yaratuvchi («azal dehqoni») sening qadding niholi («nahli»)ni o‘tqazgan kuniyoq muhabbat ipi («rishtasi»)ni ko‘nglum qushi bo‘yniga bog‘lagan («band etgan») edi. Biroq u shoir vafolariga jafolar bilan javob beradi. «Xoki tani» (oyoq osti bo‘lgan tani) ustiga «gardi samand» etadi (ot o‘ynatadi), «ag‘yor» (raqib)larni «arjumand» (aziz) etadi va hokazo. Almaiyning she’rlari orasida hazil-mutoyibaga moyillari ham uchraydi. «Mayligamu?» radifli she’ri savol-javob – dialog asosiga qurilgan. YUmshoq, o‘inoqi ohang, mayin erkalanish she’rning boshidan oxirigacha davom etadi: Dedim: qulog‘ingga oltun isirg‘a taq, yarashur, Dedi: teshuklar og‘riydi, tor, mayligamu? Dedim: sochingg‘a ulag‘il kumush popuk, yarashur, Dedi: belimga tegib og‘ritor, mayligamu? Dedim: qo‘lingga javohir uzuk solgil, yarashur, Dedi: qo‘limda so‘ngak yo‘q, siqor, mayligamu? Dedimki, ko‘ksunga guhardin aylagil marjon, Dedi: og‘ir, ne qilurman, bukor, mayligamu? Dedim: yurakdin o‘lan shohidin kiying ko‘ylak, Dedi: bu oq badanima botor, mayligamu? Dedim: ayog‘inga kiygil qaro charmdan kafsh, Dedi: qabarsa neturman, bekor, mayligamu? Dedim: visolinga Almaiyni qil mehmon, Dedi: oyim urushur ham so‘kor, mayligamu? Ko‘rganingizdek, g‘azal davomida yorning erkalanib bergan javoblari asnosida uning mumtoz she’riyatimizda tasvir etiladigan g‘oyat nozik va latif qiyofasi namoyon bo‘ladi. Ma’shuqaning quloqlari shu qadar nozikki, oltin sirg‘a uning uchun qo‘pollik qiladi. Kumush popuk belini og‘ritadi. Uning qo‘llari suyaksiz, gavhar marjonlar bo‘yniga og‘irlik qiladi. SHoyi, ipak ko‘ylaklar oq badaniga botadi... Almaiy kundalik turmush tashvishlari, yil fasllari, masalan, bahor, yoz haqida ham hazil she’rlar yozgan. Mana, shulardan bittasi: Ey xudo, qishni yoz qilsang-chi, Tanchadin beniyoz qilsang-chi. Qor o‘rnig‘a sabzalar chiqorib, Qarg‘a joyig‘a g‘oz qilsang-chi. Axmonu daxmonu ajuz ingni Hammasin bir juvoz qilsang-chi. Qish umrini bir nafasga qilib, YOz umrini daroz qilsang-chi. YO sovuq ila qishni bir yilg‘a Bir-biridin aroz qilsang-chi. YO berib sabr ila tahammulni, Ul ayshini soz qilsang-chi. YO sitamgar jafochi yorimni Bir manga dilnavoz qilsang-chi. Almaiydek qulingni, ey yuzi gul, Bir qarab, sarfaroz qilsang-chi. Almaiyning bizga etib kelgan she’rlari uning poetik iste’dodi ko‘p qirrali ekanligani ko‘rsatadi. SHoir hayot falsafasi haqidagi she’rlarini qanday mahorat bilan bitsa, tasavvufiy g‘azallariga qancha chuqur mazmun joylasa, hazil-mutoyibalarida ham shunchalik ta’sirchanlikka erishishga muvaffaq bo‘ladi. Arab, fors tillarini bilishi so‘zlarning ma’no tovlanishlaridan samarali foydalanish imkonini bergan. Qofiya va radiflar, asosan, fikrni etkazishda, she’rning ruhi va yo‘nalishini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. SHoir vaznning imkoniyatlaridan juda samarali foydalanadi. «Kalila va Dimnai turkiy». Almaiyning eng katta xizmatlaridan biri «Kalila va Dimna»ni tarjima qilishi bo‘ldi. Tarjima juda katta qiziqish bilan kutib olindi. 15 yilda «Kalila va Dimnai turkiy» nomi bilan uch marta (1898-1901-1913) chop etildi. Almaiy tarjimani toshkentlik muxlisi Muhammad Muso Isoqozi o‘g‘lining iltimosi bilan amalga oshirgan. Naql qilinishicha, Muhammad Muso ko‘pdan ushbu kitobga qiziqib yurar, Almaiyga o‘qitib, og‘zaki tarjima qildirib, eshitar ekan. Nihoyat bir kuni butun kitobni tarjima qilib berishini so‘rabdi. Almaiy rozi bo‘libdi. Muhammad Muso uni o‘z mehmonxonasiga olib kelibdi. Oilasini moddiy jihatdan ta’minlab turibdi. Almaiy uch yillik ishni uch oyda tamomlab, tarjimani Muhammad Muso qo‘liga tutqazibdi. Xullas, tarjima shoir vafotidan keyin etti yil o‘tgach, toshbosmaga tayyorlanadi. Uni mashhur kotib Mirza Hoshim Xo‘jandiy bosmaga tayyorlaydi. «Kalila va Dimna» bundan 1700 yillar ilgari Kashmirda yaratilgan. Qadim nomi «Panchatantra» («Besh kitob»)dir. Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy u haqida shunday yozgan edi: «Hind xalqi ilmning juda ko‘p tarmoqlariga va son-sanoqsiz kitoblarga ega. Ularning hammasini qamrab olish qiyin. Lekin shunga qaramay, bizda «Kalila va Dimna» nomi bilan yuri-tiladigan hindlarning «Panchatantra» kitobini tarjima qilishni juda xohlar edim. Bu kitobni hindchadan forschaga, forschadan arabchaga va undan so‘ng boshqa juda ko‘p tillarga tarjima qildilar». Darhaqiqat, u Beruniy zamonasidayoq dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan edi. Eron shohi Anushervoni Odil (531—579) bu kitobning ta’rifini eshitib, Barzuya degan tabibini yuborib, oddiradi va pahlaviy (qadimiy Eron) tiliga tarjima qildiradi. VIII asr boshlarida Abdulla ibn al-Muqaffa’ Barzuya nusxasidan arabchaga tarjima qiladi. Dunyoning boshqa tillariga qilingan tarjimalar uchun asos bo‘lgan nusxa mana shu arabcha nusxadir. 932 yilda mashhur tojik shoiri Rudakiy «Kalila va Dimna» mavzusida doston yozgani ma’lum. «Kalila va Dimna»ni 1494 yilda Husayn Voiz Koshifiy arabcha nusxasidan forschaga tarjima qilib «Anvori Suhayliy» nomi bilan amir SHayxim Suhayliyga tortiq etadi. «Kalila va Dimna» chig‘atoy (o‘zbek) tiliga birinchi marta Muhammad Bakriy degan kishi tomonidan XVIII asrda SHarqiy Turkistonda tarjima qilingan. So‘ng 1718-19 yillarda Qashqarda Mulla Temur, 1837-38 yillarda Xorazmda Muhammadniyoz degan kishi tarjima qilganlari ma’lum. Almaiyning tarjimasi «Kalila va Dimna»ning turk (o‘zbek) tilidagi ilmga ma’lum bo‘lgan to‘rtinchi tarjimasidir. Almaiy o‘z tarjimasini «Kalila va Dimnai turkiy» deb atadi. Kitobning o‘zbekcha tarjimalari orasida eng mashhuri ham shu bo‘ldi. Kitob aslida 14 bobdan iborat edi. Tarjimalar davomida qo‘shilib 19 taga etdi. Asli yozilish tarixi esa shunday hikoya qilinadi: Iskandar Hindiston shohi Forug‘ (Forek)ni engib, o‘rniga o‘z kishisini qo‘yib, yurishlarini davom ettirdi. Hindlar Iskandar noibiga itoat etmadilar, oralaridan Dobshalimni shoh qilib ko‘tardilar. Zamonlar o‘tib, Dobshalim xalqni unutdi, kibr-havoga berildi. Mamlakatda zulm, adolatsizlik avj oldi. Hind brahman (ruhoniy)lari orasida Bedpoy (Beydabo) degan bir donishmand bor edi. U podshoni to‘g‘ri yo‘lga solishga ahd qildi. Bir shogirdi bilan bir yil davomida uzlatga chekilib bir kitob yozdi. Bu «Kalila va Dimna» edi. Ko‘pni ko‘rgan Beydabo to‘g‘ri so‘zning podshoga qattiq tegishini bilib, barcha gaplarni vahshiy hayvonlar, darranda va parrandalar tilidan berdi. SHunga ko‘ra, u sodda odamlar uchun ermak, onglilar uchun ibrat edi. Dobshalim kitobdan mamnun bo‘ladi. Mamlakatga yana adolat qaytadi. Kitobning ovozasi Anushervoni Odilga etadi. Barzuya hakim uzoq sarguzashtlardan so‘ng kitobdan Eronga nusxa ko‘chirib boradi. Kitobdagi Barzuya haqidagi bob ham ibratlidir. U - mashhur hakim. Uning fikricha, inson kasalliklari orasida eng yomoni mol-dunyo to‘plash kasalligidir. Bu quturgan tuyadan jar ustiga egilgan ikki shoxga osilib qutulib qolmoqchi bo‘lgan odamning holini eslatadi. Odam oyoq qo‘ygan jar yoqasidagi indan to‘rtta ilon bosh chiqarib turibdi. Tepada osilib turgan shoxlarni bir oq, bir qora sichqon tinimsiz kemirmoqda. Jahannamday jarda esa ulkan ajdaho og‘zini ochib turibdi. SHoxlarning biri ustida asalari uyasi, asal. Odam hamma qo‘rquvni unutib, barmog‘ini ari iniga botiradi va ishtaha bilan asal eyishga tushadi. Totli boldan boshi aylanadi. Jaholat mastligi bilan jarga qulaydi. Jar bu — dunyo, oq-qora sichqonlar kecha va kunduzdir. Ular umrni tezroq poyoniga etkazish uchun uzluksiz almashinib turadilar. To‘rt ilon qadim hind falsafasi bo‘yicha borliqning mohiyatini tashkil etgan to‘rt unsur (suv, olov, tuproq, shamol)dir. Bulardan birontasi o‘z muvozanatini yo‘qotsa, inson darhol mahv bo‘ladi. Bol - azobi ko‘p, foydasi kam foniy dunyodir. Ajdaho hech kim qochib qutula olmaydigan o‘limdir. Kalila va Dimna - asarning bosh qahramonlari, ikki shag‘olning oti. Kitobdagi voqea roja (hindlarning hukmdori) va brahman (donishmand) orasidagi suhbat bilan boshlanadi. Roja brahmandan yolg‘on va tuhmat bilan do‘stlarning oralari buzilib, dushmanlikka aylangan hikoyalardan aytib berishini so‘raydi. Brahman «SHer va Ho‘kiz» haqidagi hikoyani aytib beradi. Uning qisqacha mazmuni quyidagicha edi: Bir boy savdogarning o‘g‘illari bor edi. Ular katta bo‘lgach, biror foydali ish qilmay, ota mol-dunyosini sovurishga tushadilar. Ota ularga mol-dunyo yig‘ish qanchalik qiyin ish bo‘lsa, uni foydali, aqlli, tadbirli sarflash ham shuncha qiyin va nozik ish ekanligini aytadi. Nihoyat, ota nasihati ta’sir qilib, farzandlar kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lishga kirishadilar. Katta o‘g‘li savdogarlik qilish uchun uzoq mamlakatga safarga chiqadi. Uning ikki ho‘kizi bor edi. Birining oti SHatraba, ikkinchisining oti Bandaba edi. Yo‘lda botqoqlik chiqib, SHatraba botib qoladi. CHiqarib oladilar. Holsiz bo‘lgani uchun qoldirib ketadilar. Ho‘kiz sersuv, sero‘t joyga borib yashay boshlaydi, semirib ketadi, o‘ynoqlab ma’raydi. SHu atrofda bir SHer yashardi. U Ho‘kizni umrida ko‘rmagan, ovozini eshitmagan edi. Ho‘kizning haybatli ovozi SHerni sarosimaga soladi. Ahvolini boshqalarga sezdirmaslik uchun ovga chiqmay qo‘yadi. Atrofidagi hayvonlar orasida ikkita shag‘ol bor edi. Ikkovlari ham sezgir va makkor edilar. Lekin Dimna ziyrakroq va yovuzroq edi. Ikki shag‘ol SHerning ahvolini muhokama kila boshlaydilar. Dimna buni SHerning notanish ovozdan qo‘rqayotganidan ekanligini anglab etadi. Uni SHer huzuriga boshlab keladi. SHer va Ho‘kiz do‘stona yashay boshlaydilar. Ular orasidagi mehr-muhabbat kundan-kun o‘sib boradi. SHer Ho‘kizga yuksak martabalar beradi. Bu hol Dimnaning ko‘nglida hasad olovini yoqadi. Dimna ular orasiga dushmanlik solish rejasini tuza boshlaydi. Nihoyat bunga erishadi. SHer Ho‘kizni o‘ldiradi. Dimnaning qilmishlaridan xabardor Kalila ham uning makr turlaridan dahshatga tushgan va uning yovuzligiga chiday olmay o‘lgan edi. SHatrabani Dimnaning gapi bilan o‘ldirib qo‘ygan SHer o‘z ishidan pushaymon bo‘ladi. Onasining maslahati bilan Dimna ishini taftish qildiradi. Taftish davomida Dimnaning tuhmatlari ayon bo‘ladi va o‘limga hukm qilinadi. Kalila va Dimna voqeasi shu bilan tamom bo‘ladi. Biroq bu hikoya ichidagi turli dalil va munosabat uchun keltirilgan o‘nlab hikoyachalar bo‘lib, ularning har biri o‘z holicha mustaqil, tugallangan syujetlarni tashkil qiladi. Roja va brahman suhbati bundan keyin yana 13 bobda davom etadi. Roja mavzu beradi. Brahman biri-biridan maroqli, biri-biridan ibratli o‘nlab hikoyalar aytadi. Bular hammasi insonga xos xislatlar - uning kamchilik va fazilatlari haqida. Birining samaralari, ikkinchisining oqibatlari haqida. Va ular, albatta, ma’lum bir munosabat bilan keltiriladi. Masalan, «Bir kishining yong‘inda qolgan ilonni qutqarmoqchi bo‘lgani va ko‘p tashvishlar tortib undan qutulgani» haqidagi hikoyani olaylik. Roja brahmanga ikki do‘st orasida paydo bo‘lgan dushmanlik haqidagi hikoyadan so‘ng samimiy do‘stlar, sadoqat va birodarlik borasida so‘zlashni so‘raydi. Brahman CHinkabutar, Qarg‘a, Sichqon, Toshbaqa va Ohu haqidagi hikoyani boshlaydi. Ilon hikoyasi shuning ichida keladi. Kashmirning ovloq bir joyida bir ovchi don sepib to‘r yoyar, uni bir qarg‘a kuzatar edi. Kabutarlar donga tushardilaru to‘rga ilinardilar. Ovchi bekingan joyidan chiqib kelar, kabutarlarning har biri o‘z jonini qutqarish uchun harakat qilib, to‘rga yanada mahkamroq o‘ralar edilar. SHunda kabutarlarning boshlig‘i CHinkabutar hammani osmonga baravar ko‘tarilishga chaqiradi va shu tariqa to‘r bilan uchib ovchidan qutuladilar. CHinkabutar do‘sti Sichqonni topib, birgalikda do‘stlarining oyoqlarini banddan xa-los qildilar. (Sichqon to‘r iplarini qirqadi.) Bu voqealarni kuzatib turgan Qarg‘aning Kabutar va Sichqon do‘stligiga havasi keladi. Sichqonga kelib do‘st bo‘lishni taklif qiladi. Sichqon Qarg‘a bilan uning orasida hech qanday yaqinlik yo‘qligini, kimki o‘z tengi bilan bo‘lmasa, uning boshiga Kaklikning kuni tushishini aytadi. Qarg‘a uni aytib berishini so‘raydi. Bir kuni tog‘ etagidagi sayroki Kaklikning ovozini Lochin eshitib, u bilan do‘stlashgisi kelib qolibdi. Lochin har qancha harakat qilmasin, Kaklik unamabdi. Lochin ontlar ichibdi. Oxiri Kaklik ko‘nibdi. Ular Lochin uyasida inoq yashay boshlabdilar. Lekin bu inoqlik uzoq cho‘zilmabdi. Bir kuni ochiqqan Lochin bir bahona bilan Kaklikni shart ikkiga bo‘lib eb qo‘yibdi. Qarg‘a Sichqonning dalil uchun keltirgan hikoyasiga qarshi uni ranjitish xayoli yo‘qligini, uni egan bilan qorni to‘ymas-ligini, xayolida samimiy do‘stlikdan boshqa narsa yo‘qligini aytadi. Sichqon yana dalil keltiradi. Do‘stlik da’vosini qilgan dushmanning so‘ziga ishongan odamning boshiga ilonni qutqarib baloga qolgan tuyakashning ahvoli tushishini aytadi. Bu mashhur hikoya shu munosabat bilan o‘rtaga chiqadi. Uning mazmuni quyidagicha: Tuya mingan bir kishi yo‘lda ketardi. Oldidan o‘t ketgan dasht chiqibdi. Katta bir ilon olovlar ustida to‘lg‘anardi. U qo‘z yosh to‘kib, tuyakashdan qutqarishni iltijo qiladi. Tuya mingan kishining rahmi keladi. To‘rvasini nayza uchiga bog‘lab, ilon tomonga uzatadi. Ilon to‘rva ichiga kiradi. Xaloskor bir ozdan so‘ng to‘rva og‘zini ochib uni chiqarib yubormoqchi bo‘ladi. Ilon to‘rvadan chiqqach, xaloskorini va uning tuyasini chaqmasdan ketmasligini aytadi. Ular orasidagi yaxshilikka yaxshilik qaytmasligi haqidagi bahs ancha davom etadi. Ilon yaxshilikka yomonlik qayta-rish odamzodlar mazhabida borligi haqida guvohlar topadi. Tasodifan shu erdan o‘tib qolgan tulki tuyakash joniga ora kiradi. Ustamonlik bilan ilonni to‘rvaga kiritib, tuyakash qo‘liga tutqazadi. Qarg‘a va Sichqon mojarosi shu taxlit davom etadi. Ilon va tuyakash masali do‘stu dushmanni farqlash, dushmanning makru hiylalariga uchmaslik, zarurat tufayli beradigan ontu va’dalariga aldanmaslik haqidadir. Hikoya SHarq adabiyotida keng ishlangan Toshbaqa va CHayon masalini esga tushiradi. Almaiy «Kalila va Dimna»ni o‘zbekchaga tarjima qilar ekan, uni o‘zbek yozuvchisining didi va qarashlariga moslashga harakat qildi. Ko‘pchilik tafsilotlarni qisqartirdi. Boblardagi sarlavhalarni o‘zgartirdi. Mavzuni sarlavhaga chiqardi. Hikoyalarni she’riy parchalar bilan ziynatlashga, xulosa – hissalarni 2-4 misrali ixcham baytlar bilan berishga harakat qildi. Hind eposi «Kalila va Dimna»ni chindan ham «Kalila va Dimnai turkiy»ga aylantirdi. Xalqimizni jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishtirishda, o‘zbek va hind xalqlarini bir-birlariga yaqinlashtirishda muhim xizmat qildi. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling