Fe'l o'zgalovchi kategoriyasi shakllarining uslubiy xoslanishi reja: Kirish: I bob. O’zgalovchi kategoriyasi haqida va o’zgalovchi kategoriyasi tadqiqi tarixidan
I.2. O`zgaruvchi kategoriyasi tadqiqi tarixi haqida
Download 172.59 Kb.
|
FE\'L O\'ZGALOVCHI KATEGORIYASI SHAKLLARINIGN USLUBIY XOSLANISHI
I.2. O`zgaruvchi kategoriyasi tadqiqi tarixi haqida.
Akademik I.I.Meshchannikov ta`kidlaganidek dunyoning barcha tilida fe`l gap tarkibida u yoki bu bo`lak tarkibida qolish uchun ma`lum bir shaxsni qabul qiladi.Qizig`I shundaki fe`lni gap tarkibiga olib,kiruvchibunday shaklning har biri o`zining turli aforizmiga ega.Masalan:harakat nomi-rus tilida fe`lning noaniq shakli –infunitiv,Yevropa tilida gerundiy, arabcha masdar, sifatdosh-prichastiyi,yevropacha partitsin, arabcha ismi faol yoki unimasp`ul, ravishdosh-ruscha deeprichastiyi, yevropacha adverbshem, sof fe`l-ruscha fe’lning tuslangan shakli, yevropacha verbum finitum, arabcha fe’l kabi atama bilan yoritiladi. Lekin bu to`rt turdagi shakl tizimi (o`zbek tilida) o`zining mazsus atamasiga ega emas.Rus tilshunosligida bu sira fe`lning funktsional formasi degan noaniq atama bilan birlashtirilishi va o`zbek tilshunosligiga hambu kalka asosida ko`rib ketadi.Atamaning noaniqligi va kategoriyasining nomi bo`la olmasligi haqida ko`pgina tushunchalar fikr bildirgan. Ammo bu kategoriya uchun umumiy bir lekgemali qulay atamani kamdan-kam tadqiqotchitaklif etgan.JUmladan H.Ne`matovning yozishicha , A.I.Shurnitskiy1 “bu tizim uchun reprezentatsiya kategoriyasi atamasini qullaydi.Tilshunoslikda ham bu atama H.Ne`matov tomonidan ma`qul deb topildi2.O`zbek tilshunosligida mazkur kategoriya uchun bimuncha munosib nom B.Mendeleyev tomonidan taklif etildi.Umumiy o`rta ta`limda bu hodisaga nisbatan fe`l turi atamasi qo`llandi3. Ammo bu atamani ham muayyanlashtirish lozim. Сhunki turi dogan tushuncha o`ta mavhum.Atama xilma-xilligiga yo`l qo`yishlik maqsadida boshqa bir yangi atamani kiritishni “Zamonaviy o’zbek tili, 1-jild,Morfologiya”(2008) mualliflari lozim ko`rishmaganliklarini aytishgan va tur atamasiga ko`ra o`zgalovchi atamasini qo`llash haqida mohiyatiga yaqinroq bo`lgani bois,ishda fe`lning o`zgalovchi katgoriyasi terminidan foydalanish ma`qulligini ta`kidlashgan4. Aytilganidek ,sharo tilshunosligida fe`lning funktsional shakli alohida marfologik kategoriya sifatida qaralgan emas, lekinuning ichki bo`linishi (Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) ga nisbatan marfalogik kategoriya atamasi qo`llanilib kelingan5. Haqiqatan ham,bir qarashda fe`l turi kategoriyasi (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi)ning har bir shakli ma`lum bir umumiylikka ega. Bu umumiylik alohida shakl ( ravishdosh shakli, sifatdosh shakli,harakat nomi shakli) xossasidan tugallanganidan kategorial mohiyat tasavvur uyg`otishi tabiiy. Zero har qanday morfologik kategoriyaning subutiy xossasi bo`lmish “ikki yoki undan ortiq oppozitsiyada turli izlar bir-birini taqozo va o`z navbatida ,inkor etuvchi,bir grammatikmashq tagiga birlashadigan grammatik shakl tizimi”belgisi bu hodisa ach,-guncha,-gani,-ganda, -gancha shakli kategoriyaning yuqorida zikr etilgan qismlar ta`rifiga mubofiq keladi, biroq muammoga tasavvuf dialektikasining zet va tajalli, mumtoz tilshunoslikning kategorial va nokategorial ma`no kabi umumfalsafiy va umumlingvistik metodologik omilidan kelib chiqqan holda yondashish , shuningdek,bu shakl o`zaro ravishdosh mohiyatining xususiylashuvi asosida farqlanadimidegan savolni kundalang qo`yish masala mohiyatiga chuqurroq kirib borish uchun turtki vazifasini o`taydi. Ma`lumki har bir shakl o`zi mavjud kategoriya umumiy grammatik ma`nosini parchalaydi-xususiylashtiradi. Demak, ravishdosh shakli bir butun holda alohida marfologik kategoriyani tashkil etar ekan,unda unung har bir shaklida kategoriya umumiy Grammatik ma`nosini juzviylashmasi va shuningdek,o`zi mansub yiriqroq mohiyatning parchasi bo`lmagan,biroq shunday ko`ringan, aslida o`zigrammatik kategoriya umumiy grammatik ma`nosining o`zidagi tugalligi bilan ajralsa, u yaxlitlik sifatidagi alohida kategorial mohiyatni tashkil eta olmaydi.Ravishdosh shakli bir-biridan ravishdoshlik umumiy Grammatik ma`nosi parchalanishi asosida emas(vaholanki, ravishdoshlik umumiy Grammatik ma`nosi parchalanmadi, balki, har bir shaklida shu hosila takrorlanadi),balki o`zi uchun kategorial bo`lgan lisoniy unsur-zamon, tasdiq,inkor,payt, maqsad, tarz, davomiylik kabi o`zga kategorial ma`nosi tajallusi uchun yuqorida ta`kidlanganidek, yondosh ma`no 2. Fe`lning o`zgalovchi shakli sirasi ma`lum bir tama ostida birlashtirilmas ekan, bu kategoriya sirasining yaxlitligi noaniq va chegaralanmagan bo`lib qolaveradi. 3.O`zgalovchi kategoriya atamasi H,Ne`matov, B.Mengliyevlar tomonidan tushunarli holatiga kiritildi. Bungacha fe`lning funktsional shakli atamasi qo`llanib, uning Grammatik, morfologik kategoriya ekanligini o`zida aks ettirmas edi. 4. O`zgalovchi kategoriya masalasi ko`pgina olimlar, xususan I.Meshchaninov,V.Vinogradov, A.Smirnitskiy, B.Megliyev kabi olimlar tomonidan tadqiq etilishi davomida bu kategoriya garammatik kategoriya ekanligi isbotlandi. 5.Demak, fe`l turi shakli bo`lmish ravishdosh,sifatdosh va harakat nomi shakli alohida-alohida paradegmam tashkil etadi,bioq bu paradigma ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi umumiy grammatik ma`nosining xususiylashmasi emas, balki ravishdosh, sifadosh, harakat nomi tabiatini to`suvchi , uni murakkablashtiruvchi o`zga, ular mohiyatiga daxldor bo`lmagan hodisa asosida tuziladi, yuzaga keladi. Fe`lning o`zgalovchi kategoriyasi yoki ma`lum br vazifa uchun xoslangan shakli ravishdosh, sifatdosh, harakat nomidan iborat shakllardan iborat,bular fe`lning ravish, sufat, otga xos vazifalarida qo`llanish uchun xoslangan shakllarihisoblanadi, fe`lning ana shu ma`lum grammatik vazifa uchun xoslangan shakllari –ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari Tohir Malikning “Talvasa” romani matnida qo`llangan.Biz mana shu bobda ravishdosh, sifatdosh, harakat nomlarining shakl yasobchilari , anglatgan grammatik ma`nolari, qo`llanish darajasi qaysi shakllari mavjuddirki, qaysi shakllari umumsizligi kabilarni tahlil etishni niyat qilganmiz. Download 172.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling