FE'L O'ZGALOVCHI KATEGORIYASI SHAKLLARINING USLUBIY XOSLANISHI
REJA:
Kirish:
I BOB. O’ZGALOVCHI KATEGORIYASI HAQIDA VA O’ZGALOVCHI KATEGORIYASI TADQIQI TARIXIDAN.
1.1. O’zgalovchi kategoriyasi haqida.
1.2. O`zgaruvchi kategoriyasi tadqiqi tarixi haqida.
II BOB. FE`LNING O`ZGALOVCHI KATEGORIYASI SHAKLLARINING “TALVASA”DA SHAKLLANISHI.
2.1. “Talvasa”dagi o`zgalovchi Grammatik kategoriyasining ravishdosh shakllari va ularning o`ziga xos grammatik belgilari.
2. 2. “Talvasa”dagi o`zgalovchi grammatik kategoriyasining sifatdosh shakllari va ularning o`ziga xos grammatik belgilari.
2. 3. “Talvasa”dagi o`zgalovchi grammatik kategoriyasining harakat nomi shakllari va ularning o`ziga xos xususiyatlari.
2.4.O`zgalovchi kategoriyaning o`zgalovchi paradigmasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
3
Kirish
Darhaqiqat, milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismi til ma’navuyati sanaladi. vatandoshlarimiz qadimdanoq tilimizning fonetik, leksikm so’z yasalishi, girammatikasiga oid noyob asarlar yozib qoldirganlaridan xabardormiz. Bugungi kunda olimlarimiz tilimizning yangi-yangi qirralarini, tilimizning o’zga sifatlaridan kelib chiqqan holda, yoritmoqdalar. Biz yoshlar ham tilimiz ma’naviyati taraqqiyoti uchun hissa qo’shish yuksak burchimiz ekanligini yaxshi anglab yetayapmiz. Shuning uchun ham tilimiz grammatikasida muhim o’rin tutgan fe’l, aniqrog’i uning garammatik kategoriyalaridan biri bo’lgan o’zgalovchi kategoriyasi shakllarining badiiy matndagi o’ziga xos jihatlari, shakl yasovchilarining aniq bir asarda qo’llanilishdagi faolligi va nofaolligi, bu shakllarning badiiy matnda tutgan o’rni kabi masalalarni yoritishni maqsad qildik.Demak, bitiruv malakaviy ishimiz uchun tanlangan mavzumiz til ma’naviyati taraqqiyoti uchun hissa qo’shadigan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.Tilimiz garammatikasi, aniqrog’i morfologiyasi haqida fikr yuritilgan darslik, qo’llanma, monografiya va akademik grammatikalarda fe’lning funksional shakllari kabi atamalar bilan yuritib, ularga xos garammatik xususiyatlar nazariy va amaliy jihatdan yoritib kelinardi. Mustaqillik yillarida tadqiqotchi-tilshunoslardan bir qismi bu mavzuni “Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi” degan nom ostida tadqiq etishib, uni alohida garammatik kategoriya ekanligini isbotladilar. Darhaqiqat, bu ishlar o’zbek adabiy tili doirasida olib borildi. Ammo bu mavzu aniq bir badiiy matn asosidalisoniy tadqiq etilgan emas. Shuning uchun biz o’z mavzumizni “Fe’lning o’zgalovchi kategoriyasi (Tohir Malikning “Talvasa” romani asosida)” deb nomlab, o’zgalovchi kategoriya tushunchasi, tadqiqi tarixi, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomlari shakllari ko’rsatgichlari, ifodalagan grammatik ma’nolari, shakl yasovchi ko’rsatgichlarning faol va nofaol turlarini belgilash, Grammatik kategoriya bo’lish jihatlarini matn asosida ochish kabilarni, imkoniyatimiz doirasida, lisoniy tahlil qilishni niyat etdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |