Fe'l o'zgalovchi kategoriyasi shakllarining uslubiy xoslanishi reja: Kirish: I bob. O’zgalovchi kategoriyasi haqida va o’zgalovchi kategoriyasi tadqiqi tarixidan
II.1. “Talvasa” dagi o`zgalovchi Grammatik kategoriyasining ravishdosh shakllari va ularning o`ziga xos grammatik belgilari
Download 172.59 Kb.
|
FE\'L O\'ZGALOVCHI KATEGORIYASI SHAKLLARINIGN USLUBIY XOSLANISHI
II.1. “Talvasa” dagi o`zgalovchi Grammatik kategoriyasining ravishdosh shakllari va ularning o`ziga xos grammatik belgilari.
O`zbek adabiy tili an`anaviy tilshunoslik talabiga ko`ra fe`lning ravishdosh shakli harakatning belgisini bildiradigan, uni biror tomondan xarakterlaydigan fe`l shakli hisoblanadi. Hozirgi o`zbek tilida ravishdoshning bir necha shakli bo`lib, ular quyidagi affikslar bilan yasaladi. Bu holda asar matnida kuzatish mumkin: -(i)b affiksi. Bu shakl yasovchi bajaradigan vazifasining xilma-xilligi bilan boshqa ravishdosh shakllaridan alohida ajralib turadi.Uning asardagi asosiy vazifalari quyidagilar: -(i)b affiksi yordamida yaraluvchi shaklning ravishdosh deb atalishi , asosan, uning ana shu xususiyatiga , ya`ni harakat belgisini bildirishiga ketadir,ravishdosh asar matnida xuddi ravish -roq,-gina, affikslari bilan bilan ham qo`llanishini ko`zatdik. Sportda champion bo`lib yurgan kezlari bitta qizni zo`rlabgina qo`ygan ekan, bu gunohdan militsiya ko`z yumishi mumkin, ammo o`g`rilar olami kechira olmaydi(6-bet)beodobligidan achchiqlansa-da ,sirboy bermayroq, mezbonda qaradi(6-bet) Sen esa , -u mezbonga qaradi:-“Akula”man, deb keliribroq yurarding(8-bet). Sen ikkita odam oldi, deb, piqillabgina o`tiribsanmi? Qani ayt-chi, bir jonimizni garovga qo`yib kirib, u yerdan nima olib chiqdik?(8-bet) 2.Fe`lning ravishdosh shakli terakchi fe`l bilan ko`makchi fe`lni bog`lashga xizmat qilgan hali ham asarda maxsuldor tarzda qo`llanganligini aniqladik. Masalan: bir qarasang , xotindan akrab qolishdan qo`rqib titrab yuradi, yana bir qarasang – xotindan qutilolmay qaqshagani- qaqshagan(10-bet). Gapni ko`paytirmay chiqib ketmoqchi edi,mezbonto`xtadi(11-bet) “Voy savil”, deb, ko`ziniolib qochishi esa yurak uynog`ini fosh qilib qo`ydi.(14-bet) . Hayajondagi rejissorning keyingi gapi Qorayevaning vijdoniga o`qdek qadalib, seskantirib yubordi.(18-bet) 3.-(i)b affiksi bilan yasaluvchi ravishdosh shakli adabiy tilimizda bog`lovchilik vazifasini ham o`taydi va shu bilan birga fe`lning qandaydir bir shakli o`rnida ham qo`llanadi.Bu hol biz tadqiq etayotgan asos matnida ham mavjudligini ham ko`rdik . Masalan:Asror betoqatlanib, tizzasidagi gitarasini childirma qilib,chertib-chertib qo`ydi-da, xursindi.(13-bet) Tashqaridan qaragan kishi bir ikki yoshning munosabatini sinfdoshkarga xos yaqinlik deb o`ylab,ular orasida muhabbat g`unchasi ochilayotganini sezishi oson emas.(13-14-betlar). Bu taklif qizga ma`qul kelib,o`rnidan qo`zg`alganida zal eshigi ochildi-yu director uning izidan o`rinbosari, keyin esa rejissyor ko`rindi.(16-bet) Asror dil izhoriningmavrudi emasligini anglab,gapni boshqa tomonga burdi.(15-bet). Bu talabdan Asror o`zini to`tib tura olmadi,pastga sakradi-da, eshik tomon yurdi(14-bet).Misollardagi kelib, anglab shaklidagi –(i)b ravishdosh yasalishi -(i)b affiksibiln –da bog`lovchisiga xos vazifada qo`llanayapti.Misollardan aniq bo`ladiki, -(i)b shaklidagi ravishdoshshakli o`rnida –da shakli bilan almashtirilsa ham b`olishini asar matnidan keltirilgan misol ham isbotlaydi. 4. Ravishdosh shaklining bu turi shaxs-son bilan tuslanib, o`tgan zamon fe`li shaklini hosil qilishi adabiy tilda bo`lganidek, badiiy asar matnida han o`tgan zamon shaklini hosil qilganini belgilay oldik. Masalan:Men seni sotganim yo`q!-Zoir ham o`rnidan turib,unga yuzma-yuz bo`ldi,-Sa`dulla akam kelibdilar (22-bet). Senga yaxshilik qiladiganlarning hammasini yomon ko`radigan bo`lib qolibsan (22-bet). Tarixiy sanalarni yod ol , deyaverib miyasinimiyasini achitib yuborildi.(22-bet). Boshlig`I bu akaxonongizning yakkayu-yolg`iz o`g`li, Melisa bo`lishga ishqi toshib qolgan ekan, boshqa o`qishlarga o`qimabdi. (25-bet). Bu ravishdoshning bo`lishsiz shakli-may,-masdan affikslari yordamida tasaladi. Masalan: Yigit kutilmaganda berilgan savolga qanday javob qaytarishini bilmay, qarangchi,(10-bet) shu boisdan gap orasida sukut saqlamay, davom etdi (10-bet). O`zini “Bo`ron” deb tanishtirgan bu odamning ko`nglida shumlik yotganini sezganday bo`ldiyu, biroq sir boy bermadi.(11-bet).Gapni ko`pirtirmay chiqib ketmoqchi edi, mezbon to`xtatdi (11-bet).Yoshi elliklarga borib qolganiga qaramay, kapitan unvonidan nariga o`tmaganhanuz jinoyatga oid qidiruv bo`limida yurgan bu odamdan bir nimani o`rganishi mumkinligiga aqli yetmadi (25-bet). Har narsaga ko’nib, indamay ketaveradigan yoshlarni uncha yoqtirmasdan aksincha, o’z fikrini ayta olishga jur’ati borlarni hurmat qilardi. (27-bet)Ta`kidlashni istardikki,”Talvasa” matnida ravishdoshning –may bo`lishsiz shakli faol ishlatigan bo`lsa,-masdan affiksibilan yasalgan bo`lishsiz shakli deyarli ishlatilmaganliginiko`rdik.Bu kungacha , bu hol Tohir Malik ka xos gap qurish holati bilan bog`liq degan fikga keldik. Yana bir hol haqida to`xtalmay o`tishni lozim ko`rmadik. U ham bo`lsa, ravishdoshning bo`lishsiz shaklidan biri –masdan tadqiqot ob`yektimiz bo`lgan asarda maxsuldor qo`llanishiga egamiz. Bu hol Tohir Malikning “-may”ga nisbatan -masdanni qullashda odatlanmadi degan fikrni aytishga imkon beradi. -a, -y affiksi, ravishdoshning bu turi o`zbek adabiy tilida undosh bilan tugagan fe`llarga –a, unli bilan tugagan fe`llarga -y affiksining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Mana shu hol Tohir Malikning “Talvasa” romani matnida ham xos, bu turdagi ravishdoshning quyidagi mazmunda va vazifadaqo`llanishini ko`rdik. Ular quyidagilar: 1.Harakatning belgisini bildiradi bu vazifada u yakka so`z holida (kula, ishlay kabi) kam qo`llanadi.Yakka so`z holida qo`llanganda , subyektning shu shakli bildirgan harakatni bajargan vaqtning o`zida ( tezlik bilan)boshqa biror harakatni bajarishda ifodaladi. Masalan, bu gapdan keyin Jasur sapchib turib ketdi (60-bet).Bo`ron uning ahvolini tushunib indashmadi (60-bet). Uyingga borishdan oldin seni oramgohga qo`yaman, -dedi.Keyin chigalni bo`shatmay turib so`radi,-Tramvayni ma`nisini bilasanmi? (60-bet). Ravishdoshning -a, -y affiksi bilan yasaluvchi turi asarda harakatning belgisini bildirish vazifasida, asosan, takror, yoki juft so`z holida qo`llanadi. Masalan: Qarindoshlar maslahat qila-qila amma-xolalar bolalarni bittadan bag`irlariga oladigan bo`lishadi(72-bet). Ammasi har kelganida “erkaklarning beva holda yashashi mumkin emasligi haqida javrab-javrab ketadi (74-bet). Bu vazifadan qo`llangan –a, -y affiksi yordamida yasaluvchi ravishdosh gapda hol vazifasidan keladi.Samariddin atrofdagi bolalarni so`kib –urib turishdan qaytmadi. (78-bet). 2. Asarda –a, -y affiksi bilan yasalgan ravishdosh yetakchi fe`l bilan ko`makchi fe`lni bog`lash uchun xizmat qilganini ham kuzatdik.Masalan: Uyga begona ayolning kirib kelishi dastlab unga ulug` bir fojia bo`lib ko`ringan edi.(74-bet). Shuning uchun ham Asror o`zining yaxshi do`sti sifatida hurmat qila boshlagandi (78-bet).Professor, sen kompyuterchilarning dodaxo`jasi bo`la olasanmi?-deb so`radi u sigaret tutni orasidan ko`zlarini qisibroq qarab (79-bet). 3. Shaxs-son shakllari bilan tushunib, hozirgi-kelasi zamon fe`li yasash uchun xizmat qilishi nafaqat adabiy tilda,”Talvasa” da ham mavjud. Masalan: Seni otang odam qilaolmaydi, men odam qilaman.Misoldagi “Qilolmaydi” va “odam qilaman” fe`llari ravishdoshning –a, va –may shakllarining shaxs-sonda tuslangan shakllari bo`lib, ularning birinchi shaxs birlikda b`lsa,bosgqasi uchinchi shaxsbirlikdagi shaxs-son qo`shimchasi bilan tuslangan ravishdosh shakllaridir.Yana bir misol: Chunki men zo`r o`qishni tashlaganingni kechira olmayman. Ayb senda emas, bilaman,lekin baribirsenam jazolanishing kerakedi (80-bet) . Bu misoldagi “olmayman”, “Bilaman” so`zlari(fe`llari) dan birinchisi birinchisi I shaxs birlikda -a shaklnng bo`lishsiz -may shakli bo`lsa,ikkinchisi -a ning birinchi shaxs birlikdagi tuslangan shaklidir. Demak, -a, -y shakli ravishdosh orasida “-b, -ib” ga nisbatan kammaxsil bo`lsa-da, anchagina miqdorda qo`llanganini kuzatdik.Shu bilan birga ravishdoshning bu shakli shaxs-sonda tuslanadigan shakllardan hisoblanadi.Hozirgi-kelasi zamon shakllari ham hosil qila oladi.Aniq maylidagi fe`l ham sanaladi( albatta, tuslangan shakli). -gach( -kach,-gach) affiksi bilan yasaluvchi ravishdoshning bu: 1.Rayt ma`nosinianglatadi va payt ergash gapning kesimi vazifasini bajarib, bosh gapdagi harakatning o’zi bildirgan harakatdan keyin bajarilishini ifodalashi biz tadqiq obyekti qilib tanlagan ,, Talvasa’’da ham mavjudligini aniqladik . Masalan: Yig’lamsiragan holda ammasi bilan ko’rishgach, ,, gaplarni qarang-a ’’- dedida hungrab yubormaslik uchun tezgina oshxona tomon yurdi.(75-bet). Misoldagi “Ko`rishgach”, ravishdosh –gach affiksi ko`rsatkichga ega bo`lib, yuqorida aytilganidek , payt ergash gapning kesimi vazifasini bajargan. Yana bir misol: Asror do`sti masalasida yana bir necha marta iltimos qilgach Dilfuza ko`ndi (71-bet). Bu gapda ham –gach qo`shimchasi, “iltimos qilfach” ravishdoshi payt ergash gap kesimi vazifasini ko`rdik. Yana :Kecha bu haqiqat yana bir bor tasdiqlangach, xaridorni chuv tushirish rejasiga o`zgartishlar kiritdi(65-bet). Bu gapda ham –gach qo`shomchasi ravishdosh payt ergash gap kesimi vazifasini o`tafganligi aniq ko`rsatib o`tildi. 2.-Gach qo`shimchasi ravishdosh sabab ma`nosini anglatib,sabab ergash gapli qo`shma gapnmg ergash gapi kesimi vazifasini bajarish holatini ham asar matnida uchratdik. Masalan: Jasur tolmovsirab qolgandan keyin Bo`ron unga savol nazari bilan bir oz tikilgach, o`rnidan turdi-da,deraza yoniga borib, ko`cha tomon qaradi. Misoldagi “tikilgach” ravishdoshshakli bosh gapdagiish harakatning yuz berish holatini anglatgan va sabab ergash gapli qo`shma gap tarkibidagi ergash gapning kesimi vazifasini bajargan. Yana bir misol: Keldiyor bu sukutga e`tabor bermay, uchinchi marta chefirni xo`rillatib ho`plagach,yana tilga kirdi, bu safar ovozini bir oz ko`tarib o`qiy boshladi. Bu gap tarkibidagi “Ho`plagach” ravishdosh shakli payt ma`nosini anglatgan bo`lsa ham,ma`noning tagiga sababpayt ma`nosi yaxshigina o`rin olgani sezilib turibdi. -gach affiksi bilan yasalgan ravishdoshning bo`lishsiz shakli ham sarda , asosan , sabab ma`nosini ifodalanishini ham aniqladik. Yana bir misol:Chala qolgan qurulish xorobalarida bir qiz zo`rlanib, sung ikki marta odam o`ligi chiqqach, ,odamlarning rahbatiyatga arzlari boshlandi (84-bet). Bu misoldagi chiqqach ravishdosh shakli sabab ergash gapning kesimi bo`lib, u bosh bosh gapning sababini anglatgani uchun sabab ergash gapning vazifasida kelgan. Bu misollarimiz -gach affiksi ravishdoshning bo`lishli shakliga oid bo`lsa, endi uning bo`lishsiz shakliga va uning sabab ma`nosini anglatishiga oid gaplarni keltiramiz.Keyingi kunlarda uni umuman topolmagach, o`ylanib qoldi (91-bet). Topolmagach, Asrorga qarab olib,hafsalasi pir bo`lgan holda: “sen chekmaysan-a”, deb qoldi (88-bet). -gach affiksi bilan yasaluvchi ravishdoshga xos ma`no chiqish kelishigidagi sifatdoshning keyin so`zi bilan birikuvi vositasida ham ifodalanadi: kelgach-kelgandan keyin, aytavermagach-aytavermagandan keyin. Umuman –gach affiksi bilan yasaluvchi ravishdoshning qo`llanishi ko`proq kitobiy uslubga xos bo`lib,oddiy so`xlashuvda shu vazifada kelgandan keyin-kelmagandan keyin tipida shaklda qo`llanaveradi.-gincha (-kincha, -gincha) affiksi: kelguncha , chekkuncha, chiqquncha. Bu affiks bilan yasaluvchi ravishdosh ham hozirgi adabiy tilida ko`p ishlatilishini adabiyotlarda aytilgan1.Bu qo`shimcha ravishdosh quyidagi ma`nolarni bildiradi. 1.O`zi bog`lanib kelgan fe`l bildirgan harakatning bajarilish vaqtini aniqlaydi. Bunda: a)biror harakatning –gancha affiksi fe`l bildirgan harakatga aloqador bajarilib, bo`lishi ifodalanadi: Toshqulning huzuriga biror mehmon ketguncha bolalarni tashqariga chiqarishmas edi (b-37). Biz tadqiq etgan asarda –guncha affiksining –ganicha varianti ham qo`llanganini ko`zatdik. Voqea, yana o`sha gaplarniQizingni ezib nima qilasan?-Amma shunday deganicha engashdi-da ukasining peshonasidan o`pib qo`ydi (73-bet). Yana bir narsani qayt etmoqchimizki, u ham bo`lsa -gincha ravishdosh shakli yasovchilarining –chunimcha varianti ham asar matnida qo`llanganligini anglatdik. Bu variant bizningcha, so`zlashuv uslubiga xos shakl variantlari ham qo`llanishi mumkinligi yorqin misol bo`la oladi: Men orzumga yetmagunimcha , tinchimayman (b80) . Militsiya birovdan gumonsiradiki, oxiriga yetkazmagunicha qo`ymaydi (b92). Shunday deb do`stiga suyanganicha, Aytish kerakki, -gincha affiksi va uning variantlari vositasida yasalganT avishdosh shakllari asar matnida juda kam uchrashini ko`zatdik. Shuningdek adabiy tilda –gincha affiksi qo`shilganda yuzaga keladigan fe`l bildirgan harakatga qadar bajarib bo`lish ma`nosiga mos ravishda , uni ta`kidlash uchun to so`zi va -gincha affiksi fe`l bildirgan harakatning yuzaga kelmaganini ifodalash uchun bo`lmay fe`li shakl qo`llanish holatini asar matnida uchratmadik. -gani,(-kani, -gani) affiksi : olganim, ekkani, yiqqani kabi . BU affiks yordamida adabiyotlarda aytilishicha maqsad ma`nosini bildiruvchi ravishdosh yasaladi, bu holda , “Talvasa” romani matnida ham kuzatdik. Masalan: Uni pishirib yermidik, albatta qo`yib yuborgansiz,lekin, otasidan ataganini undirib olishimiz kerak(b8). Tom teshib o`g`irlik qiladigan nodonlarning zamonasi o`tib ketganini sezmayotgan bo`lsalaring , umrlaring qamoqda chiriydi(b9). Mashinani yaxshi ko`rgani uchun olib bergan deb o`ylaysanmi?(b11).Bo`ronni yaxshi tanishmagani uchun bu tomoshaga befarq edilar (b57). Singilni sharmanda qilgani uchun, Beguman, beaql, ma`sum jonlarning, Qo`lma-qo`l gul kabi yurgani uchun (b58). Bu affiksning –gali shakli ham ko`proq she`riy asarlarda uchraydi. Ammo biz ko`zatgan asar matnida bu affiksi tovushdosh shakli uchramaganini ko`rdik. Hozirgi o`zbek adabiy tilida maqsad ma`nosini ifodalashda uchun ko`makchisi keng qo`llaniladi. -gani affiksi yordamida yasaluvchi ravishdoshning qo`llanishi uchun ko`makchiga nisbatan kam uchraydi.”Ayrim hollarda uchun ko`makchisi konstruktsiyani –gani affiksi ravishdoshiibilan almashtirib bo`lmaydi, almashtirilsa sun`iyligi seziladi. Chiroyli kiyinib, vijdon haqida chiroyli gapiruvchi janoblar meni o`sha paytda pulini bilmagani uchun odam qatoriga qo`shmadilar (b59). U ko`zlarini pirpiratganicha Bo`ronga qarab:Yonimda yana ming bor,- dedi (b61-62).Ezmaligi bilan Akulaning dam jig`iga tegib, dam ajablanayotgani shundan edi(b65). -Gani ravishdoshshaklning bo`lishsiz shakli adabiy tilda bo`lmagani singari, “Talvasa” matnida ham uchramadi. Qisqasi, ravish fe`l shakllaridan biri bo`lib, uning shakl yasovchilari –(i)b, -a,-y, -gach(-kach,-gach), -gani,(-kani, -qani) kabilardan iborat. Bizning tadqiqot ob`yektimiz bo`lgan Tohir Malikning asarida bu shakllarning eng mahsuldorlari –(i)b, -a, -y, -gach, affiksi rvishdoshlardir.Ammo asarda –gani shakli maqsad ma`nosini anglatish uchun ishlatilishini aniqladik –u, ammo bu shakl maxsuldor emas. Ravishdoshning -guncha shaklli turi asar matnida juda kam qo`llanganini ko`zatdik. Shuningdek, to so`zi va –guncha affiksi fe`l bildirgan harakatning yuzaga kelganini ifodalash bo`lmay fe`li shakli qo`llanish holatini asar natni shaklida mutlaqo ishlatmadik. Bu, ehtimol , Tohir Malik so`z va fe`l shakllari shakl yasovchilaridan qaysilaridan o`z yozma nutqida maxsuldor ishlatish, qaysilarini qo`llamaslik ko`nikmasi bilan bog`liqdir degan xulosaga keldik. O`zgalovchi kategoriyasining tarkibiy qismlaridan bo`lganravishdosh hsakli bir fe`lni ikkinchi fe`lga bog`lash uchun xizmat qiladi1. Ravishdoshning sintaktik mohiyatini ravishdosh hosil qiluvchi boshqa shakl uchun umumiy va mutlaq bo`lgan”oldingi fe`lni keyingi fe`lga tobe a`zo sifatida bog`lash bilan fe`lni nutqqa kiritish” vazifasi morfologik mohiyatini “ fe`lga ravishlik belgisini berish” ma`nosi tashkil etadi. V.V.Vinogradov ravishdoshni o`zida fe`llik va ravishlikxossasini mujassamlashtiruvchi o`ziga xos mohiyat sifatida baholagan edi2. Hozirgi o`zbek tilida quyidagi shakl ravishdosh shakl sifatida ajratiladi-(i)b, -a,-y, -may, -masdan, -gacha,-gach,-gani,-guncha, -ganda kabilar. Bundan tashqari o`zbek tili grammatikasida –gudek shakli ham kiritilgan3, bu shaklning ma`noviy va sintaktik mohiyati sanalgan ravishdosh shaklidan birmuncha farq qiladi. Ravishdosh shakli uchun mutloq vazifa sifatida “fe`lni fe`lga bog`lash”, sifatdosh uchun esa “fe`lni fe`lga, fe`lni otfa bog`lash” xosdir.Shuningdek, ravishdosh holat, sifatdosh esa harakat va predmet belgisini bildiradi. Sifatdosh bu xususiyati bilan sifatga yaqinlashadi. -gudek shakli o`z ma`no va sintaktik xususiyati bilan ko`proq ravishdoshga emas, balki sifatdoshga yaqin turadi: Maqtanishga arzigudek husni yo`qadi (b45). Tog`ni ursa tolqon qilgudek kuchi bor(b47).U menga yeb qo`ygudek turar edi (b51). Shuningdek, bu shaklni qabul qilgan so`zda xuddi sifatdosh kabi otlashishini ko`zatish mumkin. Masalan: Qamoqxona mahbuslari ichidan tog`ni ursa tolqon qilgudogi o`rnidan turib, men tomonga yaqinlasha boshladi . -masdan shakli ham “Sifatdosh , harakat nomi+kelishik qo`shimchasi” qolipi hosilasi sifatidaravishdosh sirasiga keltiriladi. Masalan: Topmay qo`ymayman. Topmasdan qo`ymayman. Ko`rmay chiqib ketdi. Ko`rmasdan chiqib ketdi. “Fe`lni fe`lga bog`lash” umumiy vazifasi to`g`risida fikr ketganda , yuqorida sanalgan ravishdosh shakli qatoriga , ravishdoshning , sifatdosh, harakat nomi+klishik qo`shimchasi yasalish qonuniyatidan foydalanganva qo`shimchaning ma`no va vazifasiga ko`ra kelishik kategoriyasi shakliga yaqinturganligiga asoslangan holda –gandan, beri (buyon, boshlab,so`ng, keyin), -gan sari ( hamon), -gandan avval kabi shakli hosilaning ham mohiyatan ravishdosh ekanligini anglab olish qiyin emas. “Fe`lni fe`lga bo`g`lash” vazifasini bajaruvchisirasiga kiradigan bu analitik shakl ravishdoshning sintetik shakli bilan ham vazifaviy, ham ma`noviy jihatdan o`xshashlik va umumiylikka ega.Shaklning umumiy Grammatik ma`nosi tavsifini berishda bu yondosh shakl munosabatini e`tiborga olish muhim. Leksema nutqda vogelanar ekan, uning mazmun rejasi morfologik va sintaktik sath ta`sirida turli o`zgarishlarga uchraydi. Fe`lning nutqiy yuzaga chiqishida sintaktik sath bilan birgalikda fe`lning o`ziga xos tasniflovchi kategoriyasi nisbat va fe`l turi kategoriya shakli muhim rol o`ynaydi.Bu orada ravishdosh ko`rsatkichining lug`aviy shakllik tabiatining umumiy sintaktik mohiyati “ Fe`lni fe`lga bog`lash” vazifasi va vazifasiga monand, bu vazifa fe`lga tobe o`zviylik maqomini beradi va shu bilan birga , uning mazmunsizlik borasida ham tobelikni ta`minlovchi belgini bo`rttiradi, ya`ni fe`l tabiatan tobe o`zviylikka ixtisoslashgan turkumi sirasiga kiruvchi –ravish-ma`no va vazifa otfenkasiga ega bo`ladi. Alohida Ta`kidlash mimkinki, ravishdosh shaklining lug`oviy ma`noga ta`siri nutqiy hodisa , bu ta`sirni leksema ma`nosiga ta`sir qilish, o`zgartirish tarzida tushunish yaramaydi. Negaki,ta`sir lejsema mazmun strukturasi –senemaning nutqiy ko`rinishiga kiritilgan o`zgarish, bunday hodisa xususiyatiga baho berishda nutqiy hodisa xossasidan kelib chiqmoq lozim. Masalan: sevinib gapirmoq biriknasidan sevinmoq so`zining ma`no tarkibida “Tarz” ma`no oflenkasining lesoniy mohiyatiga ta`sir qilmaydi, u o`z holicha qoladi. Zero, lisoniy birlik barqaror, o`zgarmas mohiyatli. Har bir ravishdosh shakli fe`l leksemani nutqqa “Moslar” ekan,uning voqelanayotgan tajallisini turli tomondan modifikatsiya qiladi.Biroq bu o`zgarishning barchasi ham integral xossaga ega, uning tavsifi avvalgi bo`limda umumiy holda zikr etildi. Quyida har bir shaklning so`z lug`oviy ma`nosi va sintaktik xususiyatiga ta`siri masalasi birma-bir ko`rib o`tildi. -a, -y affiksi , -a/y shakli yakka holda qo`llanib ravishdoshli birikma hosil qilishi kam uchraydigan hodisa . Yakka holda qo`llanganda bu shaklli ravishdosh fe`lning bir harakatni bajargan holda tezlik bilan ikkinchi ikkinchi harakatni bajarishiga o`tishini ifodalaydi: Jo`xori tuyayotgan xotinining qo`lidagi tugunni ko`rib, kelisopni qo`yachopdi1. –a/y ravishdosh shakli alohida qo`llanar ekan, tobe fe`l ma`nosidagi “ harakat” ma`no bo`lakchasi siqilib, bo`shagan o`rin, “tarz” ma`nosi bilan , to`ldiriladi va bunday fe`l “tarz” ma`nosidagi “harakat” umumiyligiga ega bo`ladi. Ammo mazkur shakl hosil qilingan ravishdoshning takroriy holda hokim fe`lga bo`g`lanishi nutqda ko`proq ko`zatiladi. Shakl takroriy ravishdosh hosil qilar ekan, bunday holda “tarz” ma`nosi ham “harakatni ifodalanuvchanligi “ ma`nosi ham yuzaga chiqadi. Chunki har qanday fe`l takroriy holda qo`llanar ekan, davomiy harakat/heart anglashiladi. Qiyoslang: Keyin entikib-entikib yig`lab yubordi. –Rangi uchgan kuyi labi titrab, yarmigaqarab turdi-turdi-da onamni ko`tarib uyga kirib ketdi. Ayon bo`ladiki , -ay shakli takroriy ravishdoshda “davomiylik” ma`no bo`lakchasi takrorlash ta`sirida tug`lgan ma`noviy urganish, bu ravishdosh ko`rsatkichining lug`aviy shakl sifatida o`zi qo`shilib kelgan leksema ma`nosidagi “Tarz” ma`no affenkasini orttiradi, xolos. 1.So`ray-so`ray makkani topibdi. 2.Toma-toma ko`l bo`lur takrorlanishi bilan ravish yasaladi.” deb quyidagi misol keltiriladi: Boorda qari cholni o`g`ridebtutdi,Ura-sura so`dikni podsho sari eltdi,(H.Olimjon)1. B.Mengliyev fikricha , ura-sura shakli fe`llikdan tamoman xolos bo`lgani yo`q, u ravish (tarz) va fe`l (harakat)lik ma`nosini o`zida saqlagan ravishdosh shakli. -(i)b affiksi ravishdoshning –(i)b shakli keyingi feldan oldin yuz bergan harakatni yokiboshqa qator ma`nonianglatishi bilan ravishdosh ravishdosh shakli sirasida alohida o`rin tutadi. Bu shakl -a/y shakli deyarli hamma vaqt takror holda qo`llanib, u ifodalagan harakat davomiylik bo`yog`iga ega bo`lsa, (i)b shakli –(i)b shaklli ravishdosh takror qo`llanmaganda ham davomiylik yoki davomiylik bo`yog`iga ega bo`lishi mumkin. Xazinachilar, sipohlar orqasidan ikki otni yetaklashib, hudaychi yonidga yetdilar. Sezilib turibdiki,bu gapda –(i)b shakli ravishdosh takror qo`llanmasa-da , tobe fe`l na`nosidagi harakat “ davomiylik” bo`yog`iga ega bu davomiylik yetaklamoq fe`lining lug`aviy ma`nosi ta`sirida yuzaga keladi. Keltirilgan misolda ravishdosh ifodalagan harakat nomini fe`ldan anglashilgan harakat bilan bir vaqtda yuz bermaydi. Bu shakl yuqorida aytilganidek, davomiylik belgisiga ega bo`lmasligi ham mumkin. Bumda tobe fe`l hokini fe`l ifpdalagan harakat bilan oldinma-keyin (ketma-ket) yuz beradi. Masalan: 1.Qushbegi yaroqli yig`ilgan yigitlarni qaytishga buyurib, gunohlarini yuvoshgina qilib o` oldiga chaqirdi. 2.Oradan uch-to`rt oyni bizning Hamid Mirzakarim akanikiga sovchi kirgizdi. 3. Xo`rak orasi Otabek zaynabdan sorab Kumushning o`xlab yotganini bildi. - (i)b shakli takror holda qo`llanish xususiyatiga ham ega, bunday holatda tobe fe`lda “Tarz” ma`nosi ham ,”Harakatning davomiyligi” ma`nosi hamm yuzaga chiqadi. 1.Ikkinchi qarovul muralab-muralab yo`lga qaqadi .2.Qog`ozni burab-burab tili bilan bu yamlagan edi, paoiros tayyor bo`ldi-qo`ydi. Ayrim halqda ravishdosh anglatgan harakat holatning davomiyligi hokin fe`l ifodalagan hatakatning o`zida ham davomiylik belgisi ma`nosiga ta`sir etadi.Yaqin orada objuvoz poydevorining poydevorining zarbi yerni silkitib-silkitib to`lqin berardi. Ko`p hilda raqvishdosh shaklini farqlashda xatolikka yo`l qo`yiladi.Mavjud darslik va qo`llanmada –(i)b shakli ravishdoshning quyidagi qo`shilma tarkibdagi ko`rinishi o`zgartirilmay “-orlanib jamlovchi son hosil qilishdi –deb qaraladi2.Aslida bu shakl ikki affiksal morfema –fe`l yasovchi,-lash va –(i)b ravishdosh shakldan tarkib topgan: Ikktovlashib bajardik,-ovlashib shakli jamlovchi son hosil qiluvchi tizimida harakat holat ma`nosiga egaligi bilan o`rinlashga olmaydi. Demak, -(i)b shakli fe`lni nutqqa kiritar ekan, lug`aviy shakl sifatida fe`l atash ma`nosi sirasidagi “ harakat” ma`no bo`lakchasining torayishi va uning o`rniga “tarz” ,”payt”, “Sabab” ma`no bo`yog`ining yuzaga kelishiga olib keladi. Ta`kidlash lozimki, asos fe`ldagi “harakat” belgisining siqilishi kuchsiz, harakat /holat ma`nosibizdek mutanosiblikda bo`ladi.Shaklning fe`l atash semasiga ta`siri o`z navbatida vazifa semasida hamo`zgarish keltirib chiqaradi. Asos fe`lga tobelik belgisi kuchayib “Hollik: vazifa semasi orttiriladi.1.Fojianing yigirmanchi kunida yana xatni qur`on qilinib , butun yurtga osh berildi (b92). 2. Fotiha o`qilib, kuyov qaynonaga uzr aytdi. 3. Ensam qotib burilib ketayotgan edim, birov bilagimdan ushladi.-gach,(-kach, -gach, -qach) affiksi, -gach(kach,-gach) affiksi bilan shakllanadigan ravishdoshdan anglashiladigan harakatga uning hokim fe`l ifodalagan harakatga nisbatan tugallanganligi va bu tugallanganlikning keyingi harakat uchun boshlamish nuqta ekanligi tushuniladi. -gach shakli fe`lninutqqa olib kirar ekan , lug`aviy shakl sifatida asos fe`ldagi vazifa va atash semasiga sezilarli ta`sir ko`rsatadi.Bunday shakl ravishdoshda paytga munosabat belgisi ravshansezilib turadi: 1.Kozi uyquga borgach , faqat shuni kutib o`tirgan Zaynab qo`lida yelpigich bilan yostiq yoxiga keldi. 2. Otabek xonim eshitgach, sekingina ko`tarilib qo`ydi. -gach shakli ravishdosh bilanholni fe`lning forli bitta ham , har biriniki alohida modifikatsiyalashiga ta`sir qilmaydi. Ayrim nutqda ravishdosh “Sabab” affenkasiga ham ega bo`lishi mumkin. 1.Sekalatar onasi taltayadi bolasi .(maqol) 2. Keyin uchhar bir bo`lib olgach,bizga tashvish orttirmaydimi (b96). Ma`lum bo`ldiki, -gach shakli lug`aviy shakl hosil qiluvchi sifatida asos fe`ldagi “harakat “ asosi semasiga jiddiy ta`sir ko`rsatib, fe`lni “payt” ayrim holatda “sabab” ma`no bo`yo g`i bilan nutqda voqealantiradi. Afash semasidagi o`zgarish vazifa semsiga ham o`z ta`sirini o`tkazib, fe`l gapda kesim emas, balki hol vazifasida tobe aev sifatida ishtirok etadi. Ammo takror bo`lsa –da ta`kidlab o`tish lozimki, ravihdosh fe`lning nutqda voqelanish shakli bo`lganligi sababli, asos fe`l fe`llikdan tamoman o`zgalanmaydi. Alohida, nuqtadan tashqari holatda olingan ravisgdosh mutloq zamon ma`nosiga ega emas, u o`zi orqali ifodalanayotgan harakatning paytini keyingi kesimlik yoki boshqa shakldagi fe`ldan anglahsayotgan zamonga nisbatan belgilanadi. -may, -masdan affiksi -may shakli -a/y shaklining bo`lishsiz ko`rsatkichi, nuqtai sharoit talabi bilan har ikki shakl o`rnida qo`llana olishni asar matnidan aniqlanadi. –a/y shakli ko`p holda takror qo`llanilgani bois harakatning davomiyluigini bo`rttiradi, - may shakl esa sodir bo`lmagan harakatni ifodalaganligi sababli, davomli va davomsizlikka ishora qilinmaydi. Ayrim o`rindagi bu shakllar takror ishlatilib, bo`lishsizligining davomiyligi bo`yog`iga ega bo`lish mumkin. Masalan: 1. Indamay-indamay boshiga chiqarib oldi. Bunday holda hokim fe`l , albatta bo`lishli shaklda bo`ladi. Alohida holda qo`llanganda -may shaklida ko`proq – (i)b shakli grammatik ma`nosiga xos xususiyatni ko`rish mumkin. Qiyoslang: kulib gapirdi-kulmay gapirdi . -may,-masdan shakli fe`lni nutqqa olib kirar ekan, asosiy fe`lda “harakat “ ma`nosining “torayishi” va “tarz” ma`nosining “kengayishi” ko`zatiladi. Nutqiy qurshov ta`sirida bu shaklni ravishdosh “ tarz (1)” , “sabab (2)”, “payt (3)” kabi ma`no attenkasiga ega bo`lishi mumkin. 1. Imdamay yerga qarab o`tiraverdim . U gapirishga ham qo`may qo`limdan sudrab ketdi. chiroqni uchirdim-u ,anchagacha uxlamay yotdim. Orqamga qaramay yugurdim. 2.Qanotini qush qoqmayin, uyg`onar el parvozlari. 3. Qurboshi nihoyat chiqolmay, o`rnidan turdi . (b.89.) -masdan shakliga mavjud grammatikada ravish yasovchi sifatida qaralib, shinday izohlanadi: “Bo`lishsiz shakldagi sifatdosh chiqish kelishigidagi ravishga aylanadi: Shoshnasdan , indamasdan, charchamasdan, qaramasdan ” 1.Ko`rinadiki , bu shaklning bo`lishsiz ravishdosh shakli ekanligi faxmlanmay , so`z shakliga nisbatanbesema sifatida qaralmoqda.-gach, -gali shakli, bu affiks shakli ravishdosh ma`nosi asosida hokim fe`ldan anglashilganharakat bilan bir vaqtda sodir bo`luvchi harakatni ifodalash yetarli. Bunday shaklli ravishdoshva hokim fe`lning firli har doim katta bo`ladi^ Ra`no kelioyisining onasini ko`rgani boldek, deb bahona qilardik (b.97). U diskateka yaqindan o`tayotganida bolalar orasida koptokday topilgan, so`ng o`ligi suvga tashlab yuborilgan bodini emas, o`z taqdiri nima bo`lishini ko`proq o`ylardi.(b.109) -gani shakli ravishdoshda boshqa ravishdosh shaklidan farqlanib “payt” ma`nosiga ishora qilinmaydi. Ravishdoshning bu shaklida fe`lga modal bo`yoq berish ma`nosi emas, u bajarilmagan harakatni ifoda qilish ma`nosi bilan mustahkamlanadi. -gani,-gali shakli ravishdosh nuqtada voqelanar ekan, asosiy atash ma`nosidagi “harakat” belgisi “kuchsizlanadi” va uning hisobiga “ tarz, maqsad” ma`no bo`yog`i yuzaga chiqadi:1. Sizga o`zimni chaqtirgani kelgan emasman (b.108). Ko`rgani keldingmi yor, kuydirgani keldingmi yor(qo`shiqdan). -guncha (-kuncha, -guncha) affiksi ravishdosh hokim fe`li ifodalangan harakatning tugash chegarasini bildiradi. Bunday shaklli ravishdosh va hokim fe`lining forli ko`p holda boshqacha bo`ldi: Arava omborga borib kelguncha lavlagini xirmon qilib tashlaymiz( b.113). Ba`zan tobe fe`l -ravishdosh va hokim fe`lning foili bitta bo`lishi ham mimkin: U to sog`aymaguncha uydan chiqmadi (92-b). Ko`rib turganidek, bunda -guncha ko`rsatkichi bo`lishsiz shaklda bo`ladi.-guncha ko`rsatkichi lug`aviy shakli sifatida fe`lni nutqqa olib kirar ekan, asosiy fe`ldagi atash ma`nosi –“harakat” ma`nosiga so`zlari ta`sir etib, uni kuchsizlantiradi va “payt” ma`nosi yuaga chiqaradi. Boshqa ravishdosh shakli singari -guncha shakli ham nisbiy ma`noga ega, u voqealantirgan “payt” ma`nosi hokim fe`liga nisbatan belgilanadi.-guncha shakli ayrim o`rnida o`zi shakllantirgan so`z shakl ma`nosiga “payt” bo`yog`ini berish vazifasida farqli holda , turli nutqiy qurshov ta`sirida fe`l o`zagidagi “ harakat “ ma`nosini kuchsizlantirib, “qiyos” , “o`xshatish” ma`no affenkasi ham yuzaga chiqadi. Aniqrog`i, fe`l leksema nuqtada qiyoslash ma`nosi bilan voqealanadi: 1. O`zga yurtda shoh bo`lguncha, o`z yurtingda gado bo`l. 2. Menga o`rgatguncha,o`zing o`rgan. Berib yaxsh bo`lguncha, bermay yomon bo`l(maqol).Misolda ko`rinib turibdiki, mazkur shakli ravishdosh bilan hokim fe`lning ferli -bajaruvchi bitta ham, boshqa-boshqa ham bo`lish mimkin. –guncha shakli “qiyoslash” bo`yog`iga ega bo`lganda –gandan ko`ra analitik ravishdosh shakli bilan sinonimlik hosil qiladi chegarasi -“payt” ma`nosi, hokim fe`ldan anglashilgan harakatning amalgam oshirishi uchun bajarilishi “shart” bo`lgan ma`no,shuningdek, “qiyos, o`xshatish” ma`nosiga ham nuqta talabiga ko`ra amalga oshiradi: Militsiya birovdan gumonsiradimi, oxiriga yetkazmaguncha qo`ymaydi (b.92). Men orzuimga yetmaguncha tinchimay-man(b.91). Yomon bilan yurguncha , yolg`iz yurgin o`lguncha (b.89).- ganda affiksi shakli zamon ma`nosiga ega bo`lgan -gacha va –guncha shakli ma`nosining qo`shilishidan hosil bo`lgan1. 1.Bunday shaklli ravishdoshda harakatning biror chegarasi emas, balki uning sodir bo`lishi paytini ifodalaydi, -ganda shakli qurilmada harakatning biror chegarasi emas, balki uning sodir bo`lishi paytini ifodalaydi. –ganda shakli qurilmada ravishdosh va hokim fe`li ifodalagan harakatning davomiyligi belgisini va uning zmonda bir-biriga to1g`ri kelishi ham o`ziga xos. Agar ravishdosh davomiyligi harakat fe`li ifodalansa , hokim fe`li ifodalangan harakatning biror nuqtasiga , zamondagi ma`lum “kesma” siga to`g`ri keladi. (Men bog`da yurganda u kelgan edi) . Hokim fe`li davomiyligi fe`ldan bo`lsa, ravishdosh ifodalagan harakat hokim fe`lidan anglashilgan harakatning ma`lum bir qismiga to`g`ri keladi. (Men kelganimda u bog`da yurgan edi ). (b.97)Ravishdosh ham, hokim fe`l davomiyli harakatni ifodalovchi fe`l bilan ifodalagan bo`lsa, uning bo`lib o`tish payti bir-biriga to`g`ri keladi (Men uxlayotganimda u yurgan edi)(99-b).Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki , -ganda shakli lug`aviy shakl sifatida fe`lni nutqiga olib kirar ekan, asosiy fe`ldagi “ harakat” ma`nosi “siqilib” uning o`rnini “payt” ma`no bo`lakchasi egallaydi. Ravishdosh garchi umumiy barqaror sintaktik mohiyatga ega bo`lsa-da , o`zaro o`zga kategoriya tajallisi asosida xilma-xil ma`noviy paradigmatik munosabatda bo`ladi. Hususan -gani va –guncha shakli hokim fe`l ifodalagan harakatdan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalaydi . Ko`rsatkich qatorini hosil qiladi. Shu bilan birga , u o`ziga xos hususiyati asosida teng qiymatli ziddiyatda bo`ladi. Aniqrog`i -gani shakli o`ziga mayl kategoriyasi tajallisi kuchliligi hamda bajaruvchining yakkaligi bilan unga salbiy munosabatda bo`lgan -guncha shakli qarama-qarshi turadi. -gacha va –(i)b shakli tobe va hokim fe`l ifodalagan harakatni bajaruvchi bilan o`zaro zidlangan tobe uzv -(i)b ko`rsatkichi bilan shakllanganda , har ikkala fe`l sub`yekti bitta bo`ladi: Agar nening odamim shunaqa bo`lganda qiynab uldirardim (b.89).Tobe uzv –gacha ko`rsatkichi bilan shakllanganda tobe va hokim fe`l bajaruvchi bitta ham (Salim xatni o`qigach o`ylanib qoldi) (b. 55) bo`lish mumkin. Ko`rinadi-ki ,Salim xatni o`qib o`ylab qoldi gapida o`qimoq va “Fe`lni –fe`lga bog`lash “ umumiy Grammatik ma`nosi ostida birlashgan shakl dastavval “boshqaruvchi fe`l ifodalagan harakat paytiga munosabat” belgisi ostida perivativ ziddiyat hosil qiladi. -a, -y, -(i)b, -may, -guncha, gali shakllarida paytga munosabat belgilanmagan, u imkoniyat sifatidagina mavjud bo`ladi: 1.So`zlay-so`zlay gapchil bo`larsan, ishlay-ishaly epchil bo`lasan. 2. Toma-toma ko` l bo`lur (maqol). 3.Loyga belanib ketmon chopgandan ko`ra , tabelchi bo`lsangiz yomonmi?...4.Tergamay-tergamay boshiga chiqarib oldi . 5. Qush qanotini qoqmayin, uyg`onar el polvonlari (b.107).Sizni ko`rgani keldim(b.109).-gach, -guncha, -ganda shaklida bu belgiga –paytga munosabatning ifodalangan bo`ladi: -a,-y,-(i)b, -guncha , -may, -masdan, -gani shakli boshqariluvchi va boshqaruvchi fe`l ifodalagan harakatning bir vaqtdaligi belgisi asosida ziddiyatda bo`ladi. Bu ziddiyatning rasmiy tasviri quyidagi ko`rinishda aks etadi:
Belgiga ijobiy munosabati bilan –guncha va –a, -y shakli unga betaraf munosabatli -(i)b shakli bilan privativ , bu belgiga salbiy munosabatdagi -gani shakli bilan ekvivalent ziddiyatni hosil qiladi. -gani shakli “harakatning har vaqtdaligi” kelgusi bilan –a,-y va -guncha shakliga qarama-qarshi turadi. -a,-y va –guncha shakli esa o`zaro belgisi asosida zidlanib, bu ziddiyat privativ harakterda bo`ladi:
Ravishdosh paradigmasining ikkinchi guruh tashkil etilishi bo`lgan –gach, -guncha,- ganda, ko`rsatkichi harakat chegarasiga munosabat belgisi asosida qarama-qarshi turadi: Bu privativlik belgisi –gach, guncha shaklida ijobiyligi , -ganda shaklida betarafligi bilan xarakterlanadi,chunki, -ganda shakliga asosan, harakatning payt fonini ifodalash xosdir, ayrim holda harakat chegarasiga munosabat ham kuzatildi. Ko`ronadiki, ravishdosh shakllari bir umumiy belgi (kuchli sintaktik imkoniyat-“fe`lni-fe`lga bog`lash” belgisi ) asosida birlashib, ravishdoshning mohiyatiga dahldor bo`lmagan belgi asosida turli xil ziddiyatli munosabatda turadi. Shu bois ulashish mohiyatining parchalanishi asosida emas, balki zotga dahldor bo`lmagan . Xossa asosida farqlanishi ravishdosh shakllarini yaxlit morfologik pradigma-kategoriya birlashtirish uchun monelik qiladi va barcha shaklni bitta ravishdoshning o`zaro ma`no bilan murakkablashgan turli ko`rinishi sifatida qarashga asos bo`ladi. O`zbek tilida fe`lning funktsional shakllaridan biri sifatdosh sanaladi. sifatdoshning shu nom bilan atalishi bir asosiy hususiyat –sifat kabi ptedmetning belgisini ko`rsatish bilan ravishdosh vaharakat nomidan farqlanadi. Masalan: ikkita –ku , singiljon quruq choyni ayama –dedi Akula zarda bilan. Bu dunyoning chetidan boshqa rohat qilmagan o`zi (b-55). Aralashadigan har bir ishga boshqa, alohida haq tulaysan, buni bilmasmiding? (b-53). Uning yuzidagi xotirjamlikni ko`rgan mehmon yana avvalgi ohangda davom etdi (b-10). Tong tushib og`irlik qiladigan nodonlarning zamonasi o`tib ketganini sezmayotgan bo`lsalaring , umrlaring qamoqda chiriydi (b-9). Predmetning harakati belgisini atribituv yo`li bilan ifodalash sifatdoshlarning asosiy hususiyatlaridir. Lekin sifatdosh shakllarining vazifasi faqat shu bilan chegaralanib qolmaydi.Hozirgi o`zbek tilida keng qo`llanuvchi kelgan, kelayotgan , keladigan sifatdoshlarning zamon jihatidan bir-biridan farqini sezish qiyin emas. Bulardan birinchi o`tgan zamon , ikkinchi hozirgi zamon, oxirgisi hozirgi kelasi zamon sifatdoshi sanaladi. Lekin sifatdoshning bu shakllari harakatning nutq jarayoniga munosabatni bevosita ko`rsatmaydi. Syfatdoshdagi zamon fe`lining shaxs-son bilan tuslangan shakli bildirgan harakatning bajarishi vaqtiga , gapning kesimi orqali anglashilgan vatga yoki badiiy matndagi boshqa biror so`z (so`z birikmasi ) bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi. Masalan: Yigit qora qushlar pastlayotgan tomonga qarab chopadi(b-33) . Mening sizga aytadigan ancha gaplarim bor (b-79). Dehqon kelasi kuzda oladigan hosilning g`amini shu kuzdan ko`radi (b-81). Hayot ziyosi sunayotgan ko`zlardan sung otilib chiqqan nur guyo olovli chuqqa aylandi-yu uning qalbiga qadaldi (B-4). Qora doriga bo`lgan xumor azobi bu dahshatdan ham kuchlilik qiladi (b-4). Bu dahshat manzaralarning tezroq , ko`z o`ngida yo`qolishi, va`da qilgan dorining yanada em ignasi bilan jon tomiriga yuborishni istadi (b-4). U esa chiqayotgan odamday shoshilib, qaltiroq qo`llari bilan soniga shapatalab o`rib tomirini topgach, ignani sanchish zarur (b-5). Ulim azobida to`lg`anayotgan vujudga hayot beradi, uni rohat bulutga o`tkazib, osmonlarga uchadi (b-5).Uncha shinam bo`lmagan uyda mehmon kutadigan mezbon xizmat qilib yurgan kuchlikkina ayolga imlab qo`ygan edi, u chaqqonlik bilan oshxonaga chiqdi-yu zum o`tmay achchiq choyni yangilab keldi(b-5). Yuzingni burma, ko`zimga qara, bizni axmoq deb uylaydigan bo`lib qoldingmi? (b-8). -gan affiksi orqali yasaluvchi o`tgan zamon sifatdoshi bildirgan harakat kelguvchiga oid bo`lishi mumkin. Uning o`tgan zamon deb qaralishi fe`l kesimidagi harakatning bajarilish vaqtiga nisbatan bo`ladi: Kecha ish boshlagan kissavur ham bizcha chuv tushmaydi (b-9).Ana endi Graf ham farosatini, hammardligini ko`rsatadigan vaqt keldi (b-9).O`z oyog`ing bilan kirdingmi, endi bizning hohishimizga qarab yashaysan, men chizib bergan yo`ldan bir enlik nari-beri yurganing-o`lganing (b-9). Akula, men senga ming marta aytdim: bir ish qiladigan bo`lsang ,rejangni boshidan oxirigacha pishit. Tom teshib og`irlik qiladigan nodonlarning o`tib ketganini sezmayotgan bo`lsalaring, umrlaring qamoqda chiriydi (b-9). Demak misollardan aniq bo`ladiki, sufatdoshlar ifodalaydigan zamoni nisbiy bo`ladi. U yoki sifatdosh shaklni otgan zamon, hozirgi zamon yoki kelasi zamon deb atashda ana shu nisbatan olinadigan vaqt nazarda tutiladi.Hozirgi o`zbek tilida sifatdosh yasovchilar ichida eng faoli -gan affiksidir. Bu affiks yordamida sifatdoshning qaysi zamonda yasalishi, asosan, bu qo`shiladigan fe`lning shakliga bog`liq.-gan affiksi asarda fe`lning zamon ko`rsaygichi bo`lmagan shakliga qo`shilganda quyidagi ma`no va ravishdoshlarda qo`llanadi.1.Asarda ham fe`lning o`tgan zamon ma`nosini bildiruvchi atributiv shaklni ya),sashini ko`zatdik: Dubayda maishat qilib, yurgan oshnamiz mening nazarimda shunaqa xilidan (b-10). U kechaning o`zidayoq bu haqda so`ragan, ammo tayinlijavob olmagan edi (b-10). Mashinani yaxshi ko`rgani uchun olib bergan deb o`ylaysanmi? (b-11).Sen bilmagan narsani o`zim so`rishtirib aniqladim (b-1). Oldingi tantanalarda quvonib, bajonidil ishtirok etgan. Asrorda ham hafsala yo`q edi (b 12).Har yili tantana rejissorini gardaniga yuklanadigan ashula muallim, ko`rib peshonasidagi terni artdi (b-12). Asarda to`rt holat fe`li -yot, - tur, yur, o`tir, fe`llari- gan affiksi bilan qo`llanganda , hozirgi zamon ma`nosi ham ifodalanaveradi: Oldida yotgan kerakli asboblarni tez topolmas, ko`zani qidirgan qo`li shirali kosaga botar,…(b-18). Kimlar bu yo`llardan yurmagan axir, Iymanib, bir-birin qo`lin ushlashib. Bir hisga ikkiqat bo`lguncha asir, Baxtidan shodimon kungil xushlashib (B-15). Xalqaro musobaqaga boorish huquqodan mahrum etilgan G`ayratning bu huquqiga ega chiqishga nomzod bo`lib turgan Zoir bilan mashq tarzidagi olishuvi barchani qiziqtirib qo`ygan edi (b 19). Irodasi zaifligini sezmay yurgan ekanman(b-20),Ikki jonga tashna ayol uyning bitishini poylab turgan ekan, sheklli (b 21). Rizqning tugashini kutib yurgan olim bir hamlada ona –bolaning joyini olib ketdi(b23). Xatto ko`cha tomonda odamlar yuradigan yulkaning panjara bilan o`rab olishiga ham e`tiroz bildirishmadi(b26).2.Asarda predikatning statik holatini bildirganidan harakatning o`tgan zamonga oidligi ifodalanmaydi, balki predmetning hozirgi holatiasosiy o`rinda bo`lishini ham aniqladik: Sochiga bitta-ikkita oq aralagan xotin chiqib eshikni ochdi (b-29). Qimmatbaho matodan maxsus buyurtma bilan tiktirilgan, qaysidir tuy hashamda boshqa ayollar ko`larini kuydirib, hasadlarini qo`zg`ashi lozim bo`lgan kuylaklarga belangan edi(b-2). Uning yuz ko`zlarida xotini va qizini qora yerga qo`ygan , o`g`lidan tiriklayin ajralib turgan(b.29). Boshqalar uchun qanchalar g`alati tuyulmasin, ning kasbidagilar bunaqa jinoyatlaga duch kelishganda birinch galda jabrlanuvchilarning o`zlaridan shubhalanishadikim, bu gumon uchun ularni ayblash insofdan emas(b29).3.-gan affiksi fe`l shaxs-son qo`shimchalarini olib, kesim vazifasida qo`llanishi tadqiqot ob`yektimiz bo`lgan asar matnida ham mavjud, bunda u ijro maylining o`tgan zamon shakli hisoblanadi, -gan affiksi esa zamon ko1rsatkichi sifatida qaraladi: kelganman, kelgansan, kelgan, kabi. Bunda -gan affiksi faqat fe`lning atributiv shaklini yasash vazifasini bajaradi: uning zamon ma`nosiga harakat ham qilmagandan g`ashi kelsa-da ,sir boy bermadi(b29).Bunday gumon faqat Akulaning holatiga qarab uyg`onmagandi (b29). Chunki, qilg`ilikni qilib qo`yib, so`ng boydod menga zulm o`tkazdilar! deb ayuxonnos solubchilar tarixda ko`p bo`lgan (b29). Meros talashib ukani o`ldirgan akaning yoki ukaning chavaqlab tashlagan ukaning aybiga qo`yish oson bo`lmagan(b30). Siz uning o`qishidan hech xabar olganmisiz? (b31). Menga qarang, siz avvalroq biron jiddiy ish bilan shug`ullanibochganmisiz yoki kissavurlar bilan avvora bo`lib yuraverganmisiz?-dedi u g`azabini yashirmay(b31). Hozir ham hozirgi zamon sifatdoshi, asosan, atributiv vazifada qo`llaniladi : ishlayotgan odam, esayotgan shamol kabi. Bu shaklni shaxs-son bilan tiklash orqali (yozayotganman kabi) hozirgi zamon fe`li hosil qilinmaydi. Faqat quyidagi hollardagina hozirgi zamon sifatdoshi hozirgi zamon fe`lining yasalishi uchun xizmat qiladi: 1.Yo`q so`zi bilan hozirgi zamon fe`lining inkor shaklini yasaydi: ishlayotgani yo`q, kelayotgani yo`q . 2. Hozirgi zamon fe`lining eshitilganlik shaklida emish to`liqsiz fe`li bilan birga qo`llaniladi: ishlayotgan emish, kelayotgan emish; 3. hozurgi zamon gumon ma`nosini ifodalashda -dir affiksi bilan qo`llanadi: Ishlayotgandir-kelayotgandir kabi . ranglari oqarib qorquvdandir titrayotgan Dilfuza xatto qayoqqa qarab yurishni bilmay qolgan edi.(100-bet). Uzoqdan ko`zatib kelayotgan Coli Murodov o`zicha “Hozirgi -yoshlar balo,vaqti kelsa mendaqalarga dars beradi (b.101).Katta pulni to`lab o`tayotganida “yoshroq qizlarni topib, maishatga olib ketmoqchidir” deb o`ylshdi(b.101). o`z ta`biri bilan aytganda, “qorin o`yin” qilayotganlarni kuzatdi (b.101). Hozirgi- kelasi zamon fe`li asosiga –gani affiksi qo`shilganda hozirgi-kelasi zamon sifatdoshi (hozirgi-kelasi zamon fe`lining atri butiv shakli) asarida, hosil bo`lishini asar matnida kuzatdik: boradigan- boradi+gan, ishlaydi+ gan –ishlaydigan-kabi. Bu shakl kontekstga ko`ra hozirgi zamon (odatdagi harakat) yoki kelasi zamon ma`nolarini ifodalay oladi. Masalan: sen unga aytib qo`y , tenerga kelib uzr so`rasa, oxirgi marta kechiradi, musobaqaga ro`yxatiga ham kirtadigan bo`ldi(b.114). Chunki ikkovlari ham, alohida, odamgarchilik xususida bahs yuritadigan kayfyatda emasdilar (b.114). Avval qo`rqanida shunaqa qiladi (b.144).Uchrashadigan odamlarning nomi nima?(b.75).Sen bilan biz hamma narsaga tushunmaydigan odamlarmiz (b.79). Yuqoridagilardan ma`lum bo`ladiki, hozirgi o`zbek tilida biz tadqiq obekti qilib tanlangan “Talvasa” matnida sifatdoshning o`tgan zamon shakllarini yasavchi maxsus (alohida-alohida) shakllar yo`q: ishlagan, ishlayotgan kabi: Osmonda quyosh nuri sochoyotganini ko`rib ajablanmagani kabi Qamariddinga qulday tobe –deydi, bilmaganlar Layliyu Majnun (b.113).Yulduzli osmonni bir chetdan yamlab kelayotgan qo`ng`ir bulutlar orasidan chiqib,yashin chaqnadi (b.110). Uning nuri peshavon derazalardan o`tib, gulli qog`oz yonishtirilgan devorga o`rildi (b.110). Bu shaklda yasalgan sifatdoshlarning hammasida ham sifatdosh yasvchi affiks -ganning o`zidir. Bularda –gan affiksining zamon ma`nosiga daxli yo`q. U hozirgi zamon fe`li asosiga qo`shilsa, hozirgi zamon sifatdoshi, hozirgi-kelasi zamon fe`li asosiga qo`shilsa , hozirgi zam hozirgi on sifatdoshi hozirgi-kelasi zamon fe`li asosida qo`shilsa , kelasi -zamon sifatdoshi yasaladi.Fe`lning zamon ko`rsatkichi bo`lmagan asosiga qo`shilganda , odatda `otgan zamon shakli ifodalanadi. Masalan: Dilfuza uning zaharli gaplarini eshitib, yig`lab yuborgan , “nima ishingiz bor, yaqinda maktabingizdan ketamiz, shaxsiy hayotimizga aralashang!” degisi ham kelgan, biroq odob chegarasidan chiqolmay, tilini tishlagan edi (b.115) Dilfuzaga esa mumkin. Chunki u a`lochi emas,ko`p bo`lmasa-da , bolalar uyida yashagan (b-116).Asror esa qamaladigan bo`lsa, …u yerdan tirik chiqmaydi(b116). Asror ayamajuz hamlasida azob chekayotgan kurtak holida edi(b115). Kechasi yog`ib o`tgan yomg`irni maysalar shimib olgan . Sohilda birovning diqqatini tortadigan ortiqcha narsa ko`rinmaydi (B118). Sen meni ertalabdan ichadigan alkash deb o`ylayapsanmi?(b119). Akmal Berdiyorovdan o`g`lining joni uchun pul talab qilayotgan ovoz kechqurun u bilan telefon orqali yana bo`g`lanibdi (b120).Telefon qilayotgan ovoz uch marta pul talab qildi (b120.Uchrashish , talab qilingan pulni olish uchun gavjum joylarning belgilanish kapitanini ajablantirayotgan edi(b120). Qasddan qilmaydigan qahillik uchun holi joy tanlandi, ulja ko`pchilik bo`lib, tepkillanmaydi (b125). Sifatdosh yasovchi affiks biri-(a)r (bo`lishsiz-mas) affiksidir. Bu affiks yordamida sifatdosh yaslishi hozirgi o`zbek adabiy tilida ham, asar matnida ham juda kam uchraydi.Bu affiks bilan qo`llanuvchi ayrim so`zlar fe`ldan ko`ra sifatga yaqin turadi: oqar suv, so`nmas hayot kabi. Vaqti kelib do’zaxga hukum bo`lganida Tashqul ehtimol shu da`voni qilar, vallohi a`lom? (b.41). Bo`yi yetib,yigitlarning ko`zini olar darajada xushsurat bo`lib borayotgan o`gay qizlarning taqdiri ayniqsa uni qiynardi (b.41-42). Ular indamay qarab turishmas (b.42). Kelar gap shuki, yigitning gulini duo qilginu xizmatini bajarib ber(b.49). Dunyoda boylar ko`p, ammo bu o`tar dunyoda sunmas hayot kishilar uchun yo`q (b.19). Asarda hozirgi-kelasi zamon fe`lining keladi, ishlaydi, keladigan, ishlaydigan tipidagi shakllar kelib chiqqan, -(a)r affiksi yordamida yasaluvchi shakl hozirgi-kelasi zamon gumon fe`li shakliga aylangan, holda uchraydi. Masalan: Yozaman,yozarsan, yozar, yozarmiz, yozarsiz, yozarlar, yozmasman, yozmassan, yozmas, yozmasmiz, yozmassiz, yozmas(lar) zamon ifodalanishiga ko`ra bu shakl yozaman, ishlayman, tipidagi shakldan farqlanmaydi, ya`ni bu shakl ham hozirgi zamon va kelasi zamon ma`nolarini ifodalash uchun qo`llanma olishni aniqladik. Masalan: Bolalar! mening so`zlarimni hozircha sizlarga bir hush, bir hayol bo`lib ko`rinar balki (b.149). Tadbirkor o`g`ri qadrdon do`stini borib ko`rsa, ayab bo`lmas (b.150). Qayerdan bilasan, balki hozir ham yuqoridan qararman (b.152). Shu atrofda yurgandir, kelib qolar (b.157). Agar yarim juda bezovta qilsa, duxtirga o`zim bora qolarman (b.157). Maskovning o`rmonzorida anchadan gulxan yoqib, chefir qaynatdik, xumorni bosmas edi(b.155). Xonadoniga faqat pul, oltin, javhar hazinasigina emas, iymon boyligini ham zarurligini bilmay yashayotgan bandaning zaruriyati gajak bo`lmasa-da , shunga yaqin egilib o`tiradi (b.64). Hozirgi-kelasi zamon fe`lining yozaman, ishlayman, tipidagi shakli bildirilgan harakatni gumon tarzda ifodalashni yozarman,ishlarman tipidagi shakl qo`llanaverdi: Maktabda ishlaydi-maktabda ishlar, ertaga keladi, ertaga kelar kabi .Lekin hozirgi zamonga oid harakatning gumon tarzda ifodalanishida, asosan –dir affiksi va –sa kerak yasovchi shakli qo`llanilganligi sababli (ishlayotgandir, ishlasa kerak kabi) ishlar , kelar tipidagi shaklning hozirgi zamon ma`nosida qo`llanilishi nisbatan ham uchraydi. Hozirgi-kelasi zamon gumon fe`li shakli sharti ergash gapli qo`shma gaplarda bosh gapning kesimi vazifasida , ko`pincha fikrning qat`iy ifodasi uchun qo`llaniladi: Agar o`lgan kishi qayta tirilsa, bundan ortiq ajoyibot bo`lmas (b.157). Hozirgi-kelasi zamon gumon shakli kelasi zamon ma`nosida qo`llanilganda , u -bildirgan “gumonlik” ning darajasi har xil bo`lishi mumkin: balki maktab qo`rishi uchun avora , bo`lishga to`g`ri kelmas . Pulning yarmiga turlab ipak ol, qolganini sarflama, chekini keyin olarsan (b.145). Birinchi misolda harakatning bajarilishi –bajarilmasligini haqiqatda ham so`zlarning bilmasligi ifodalangan va shuning uchun ham gapda “gumon” “bilmaslik” ma`nosini ifodalovchi balki so`zini qo`llash mumkin. Keyingi gapda esa bunday emas. Unda olarsan formasi harakatning bajarilishini aniq tarzda ifodalaydi. Lekin u harakatning bajarilishi noaniq ekanini (so`zlovchining bilmasligini ) ta`kid bilan ifodalanmaydi ham. Shu sababli bu gapda ham balki so`zini qo`llab bo`lmaydi.Birinch holatda hozirgi-kelasi zamon gumon formulasi o`rnida –sa kerak yordamda yasovchi, shaklni qo`llash mumkin: ertaga kelar- ertaga ertaga kelsa kerak. Ikkinchi holatda esa hozirgi-kelasi zamon shakli o`rnida bu shaklni qo`llab bo`lmaydi. Misollar: Qadir-qimmatlarni tushurmanglar –tushurmanglar, bo`tam.Yana tanangizda o`ylab ko`rarsiz. Mana o`g`lim, ertaga olib yersan morojenoyini. Yo`q aya, choy bo`lsa boshqa payt icharmiz, hozir fursati yo`q(b.137). Hozirgi-kelasi zamon fe`lining ekan, emesh to`liqsiz fe`llari bilan yasalgan eshitilganlik, keyin bilganlik ma`nosini ifodalovchi shakli gumon ma`nosini ifodalaydi: ishlar ekan, kelar ekan, kelar emish kabi.Demak, hozirgi-kelasi zamon fe`l shaklllari, ayrim farqli modal ma`nolaridan qatiy nazar, hozirgi va kelasi zamon ma`nolarini ifodalaydi va xuddi shu xususiyatiga ko`ra “hozirgi- kelasi zamon shakli” deb yuritiladi.Fe`llarga –vchi affiksining qo`shilishdan hosil bo`luvchi shakl sifatdosh hisoblanishi barcha adabiyotlarda ko`rsatilgan. Bu affiks oxiri –a tavushi bilan bitgan so`zlar qo`shilganda,a tavushi o tovushiga aylanadi, -I unli tovushi bilan bitilgan fe`llardan esa –i tovushi -u tovushiga aylanadi. Undosh bilan bitgan fe`llarga qo`shilganda, u orttiradi: ishla-ishlovchi, o`qi-o`quvchi, bor-boravchi kabi. Sifatdoshning bu turi odatda predmetga doimo xos bo`lgan odatdagi harakat belgisi, ba`zan esa kelgusiga oid harakat belgisini bildirdi. Chiroyli keyinib, vijdon haqida gapiruvchi janoblar meni o`sha paytda pulim bo`lmagani uchun odam qatoriga qo`shmadilar(b.59). Men jabir qilgan qotil emasman, qotilni izlab topuvchi odamman (b.30). Afsuski, hech qaysimiz qutqaruvchi g`avvos emasmiz(b.123). Asror dars o`tishga xohish bildirmay qo`ygach, muallima undan cho`chib qoldi. Xorazmiyning ilmiy merosi, Bellilining qobiliyati haqida, soatlab hikoya qiluvchi o`quvchidan cho`chisa arziydi (b.127). Qoriyva qo`ng`iroqni o`qtiuvchilar xonasida, hamkasblari bilan guringlashib o`tirganda emas, sinf ostonasida kutib oladi (b.127). Ishi tayinsiz, ammo gapda esa qop-qop topib beruvchi bu hovlimga tortishga urinishlar zol ketardi (b.130).Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi o`zbek tilida va biz tanlagan badiy matinda sifatdosh shaklini yasovchilardan eng foali –gan affiksdir. Shuningdek sifatdoshlarning asosiy sintaktik vazifa sifatlovchi bo`lib kelishidir. Ular otlashganda otlarga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Shaxs-son affikslari bilan tuslanib , mayl, zamon ma`nolari ifadalaganda esa kesim vazifasida keladi. Masalan: To`xta, to`xta, bularni bilmasligimizga men ayibdormanmi, nega tanqid qilarkansan? (b.132). Senga o`xshab aqlli bo`lgandan ko`ra, ahmoq bo`lib yurganim yaxshi (b,134). Beixtiyor ravishda itga yem bo`lganlar dunyoda topilib turadi (b.139). Aytiganidek, so`z nutqada voqelanar ekan, uning atash va vazifa ma`nosi voqelanishda turli morfologik va sintaktik qurshov ta`sirida sezilarli o`zgarish kuzatiladi. Fe`l leksemaning nutqiy reallashurida asosiy o`rin tutuvchi sifatdosh shakli fe`lning maznun plani-ma`no tarkibiga jiddiy ta`sir etishi bilan ajralib turadi. Sifatdoshning kesim bo`lmagan shakl fe`lni nutqda voqeylantirar ekan, uni o`zidan keyigi ot (ba`zan fe`l)ga bo`g`lashdek. Sintaktik va o`zi shakllantirayotgan fe`lga sifatlik belgisini berishdan iborat marfologik ma`noni namoyon qiladi. Sifatdosh kategoriyasining lug`oviy- sintaktik shaklili va tabiati uning umumiy sintaktik mohiyati fe`lni ot(yoki fe`l)ga tobe uzv sifatida bog`lash va shu bilan bog`liq holda kelib chiqqan ma`noviy hususiyat –fe`l anglatgan harakat hamda harakat natijasini narsa predmetning belgisi sifatida nutqdan voqealantirishdan iborat. Sifatdosh shaklining o`z lug`oviy ma`nosiga ta`siri nutqiy hodisa istalgan fe`l nutq tarkibiga kirganda sifatdoshlik hususiyatini namoyon qila oladi. Shaklning lug`oviy ma`noga ta`siri leksema ma`nosiga ta`sir qilish degan gap emas. Masalan: O`qigan bola birikmasidagi “O`qimoq” so`zi ma`nosiga yetkazilgan “belgi” attenkasi o`qi leksemasining lisonoy mohiyatini o`zgartirmaydi. Lug`oviy ma`noga ta`sir o`zgalovchi kategoriyasining barcha shaklida birdek emas. Ravishdosh o`zgalanish jarayonida fe`lning lug`oviy ma`nosini qisman bo`lsa-da, o`zgartiradi. Shuning uchun nazariyotchi sifatdoshni alohida so`z turkumi sifatida qaraladi. O`zbek tilshunosligida sifatdosh shaklni yasovchi sifatida quyidagilar ajratiladi: -gan, -(a)r, -(u)vchi, -mish, -ajak, -asi(gisi) kabi. Tahlil har bir shaklning lug`oviy ma`no va sintaktik imkoniyatga ta`siri misolida olib berilgani ma`qul. -(a)r affiksi shakli sifatdosh hosil qiluvchilar ichida kammahsulligi bilan ajralib turadi. Unda adrslik va boshqa adabiyotlarda qaraladi.O`zbek tilining akademik grammatikasida bu shakl haqida shunday deyiladi: “Sifatdosh yasovchi affiksdan biri –(a)r( bo`lishsizi –mas) affiksi . Tarixan –(a)r affiksi yordamida yasluvchi shakl juda ko`p vazifada qo`llangan. Shuningdek, hozirgi o`zbek tilidagi : keladi,ishlaydi va keladigan , ishlaydigan, shakliga xos ma`noni ifodalash uchun ham –(a)r affiksi bilan yasaluvchi shakl qo`llangan. Umuman, -(a)r affiksi yordamida sifatdosh yasalishi juda hodisa ekanligini bir tadqiqotdan “Talvasa” matni ham tasdiqladi. Bu affiks bilan yasalgan ayrim so`z fe1lidan ko`ra sifatga yaqin turadi: agar suv, sunmas hayot kabi. Hozirgi-kelasi zamon fe`lining keladi, ishlaydi, va keladigan, ishlaydigan tipidagi shakli kelib chiqqach , -(a)r affiksi yordamida yasaluvchi shakl hozirgi-kelasi zamon fe`li shakliga aylangan. Hosil qiluvchilik xususiyatiga ega bo`ladi, ya`ni so`z lug`oviy ma`nosiga ta`sir “jiddiylashadi”.Akademik grammatikada sifat yasovchilar sanab o`tilar ekan, “kammahsul” yasovchi sifatida (-mas) shakli ham keltiriladi, o`tmas (pichoq), indamas (odam), bo`lar-bo`lmas (gap), bilmas(bola), tinib-tinchimas( kishi)1. O`zbek tili grammatikasi bo`yicha yaratilgan boshqa asosiy darsliklarda2 ham bu shakl “asli sifatdosh yasovchi,hozirgi o`zbek tilida –(a)r, -mas affiksi yordamida sifatdosh yasashning va farqlashib ketishi natijasida , harakat affiks yordamida sifat yasalishi faollashib bormoqda” deb izohlanadi. Akademik grammatikaning va yuqorida aytilgan darslikning “Sifatdosh boshida esa, -(a)r shaklining bo`lishsiz ko`rinishi sifatida –mas shakli ko`rsatilib, misol tariqasida sunmas yayot birikmasi berilgan. Xush, bu shakl asli sifat yasalishi yoki sifatdosh hosil qiluvchimi degan savol tug`ilishi tabiiy. Chunki o`tmas pichoq va sunmas hayot orasida deyarli hech qanday tafovut yo`q ekanligini sezish qiyin emas. Har ikkala shaklda ham harakat ma`nosiga qaraganda belgi ma`nosi ustunlik qilmoqda. Aniqrog`i, har ikki birikmadagi –mas shaklining lug`oviy-ma`noviy ta`siri birdek kuchli, bu shakl lug`oviy shakl yasovchilaridan ko`ra, yangi leksema yasovchilikka yaqin turadi. Ayrim o`rinda sifatdoshning so`z shakl holida boshqa so`z turkumiga ko`chishi yuz beradi. Hozir ot turkumiga mansub chopar, kallakesar, beshiktervatar kabi birikiv tarixan sifatdosh shakli, uni -(a)r shaklining lug`oviy ma`noga ta`siri ko`chayishi natijasida so`z yasovchilik kasb etishi deb izohlash mimkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib,-mas va uning bo`lishli -(a)r shaklini tamoman so`z yasovchi sirasiga kiritib yuborish mumkinmi degan urinli savol tug’iladi. Nutqda qo’llanuvchi Ketar odamga yo’l yaxshi, O’lar xo’kiz boltadan qaytmas, Aytar gapni ayt, aytmas gapdan qayt, Mol topmast yigit bo’lmas,kabi maqol va ofarizm abiatidagi, shuningdek, jonli suzlashuvdagi Onamning kelar vaqti yaqinlashgan edi, dushanbaga o’tar kechasi, giyoh unmas joy kabi birikmadagi mazkur chaklning so’z yasash emas, lo’g’aviy shakl yasashga moyilligi aniq. Demak –(a)r va uning bulishsiz kurinishi bulgan –mas shakli hozirda so;z lug’aviy manosiga tasiri doirasiga kura yarim o’rinda so’z yasovchi, ayrim o’rinda lo’g’aviy shakl yasovchi sifatida affiksal keltirib chiqaradi. Mazkur shakl so’z yasovchi sifatida ham, lug’aviy shakl yasovchi sifatida ham unimli affiks sirasidan chiqariladi. Umuman, sifatdoshnining sifatga utishi turkey til taroqqiyotiga tipik hodisa. –q(-iq, -uq, -ug’), -gin(-g’in, -qin,-kin), -gun (-kun,-qun),-gu (-ku,-qu,-g’u,-gi,-qi), -qur(-g’ur,-gir,-g’ur,-qur) va shun kabi ayrim fe’ldan ot va sifat yasovchi qo’shimchaning barchasi tarixan sifatdosh shakli sifatida amal qilgan . Xulosa qilib aytish mumkinki, -(a)r shakli lug`oviy shakl hosil qiluvchi sifatda nutqda o`zi voqelantirayotgan fe`l leksmaning atash va vazifa semasiga sezilarli ta`sir etadi ya`ni asos fe`ldagi “harakat” va “boshqaruvchilik”xususyatini “siqib” unga “belgi’ va “tobe`uzvlik’ xususiyatini yuklaydi. 1. Yemas yerga ot bitar, ichmas yerga suv bitar. (Maqol).2. Suvni sep singar yerga, so`zni qil sing`ar yerga.(Maqol). 3. Zavol ko`rma hech qachon, zavol bilmas shu yoshing bilan. 4. Ko`rinmas bola –oyoq ostida.(maqol) 5. Mening bu olamda o`z aytar sozim, va o`zim sig`mar mozorlarim bor.(A.Oripov) -Mish sifatdoshning tarixiy shakli kesim orqali anglashilgan harakatga nisbatan amalgam oshirilgan, sodir bo`lgan harakat ma`nosini ifodalaydi. Hozirgi o`zbek adabiy tili uchun bu shakl me`yoriy shakl sanalmaydi. Ammo o`zi qo`shilgan leksema ma`nisidagi sifatdosh shakli ekanligini inkor etib bo`lmaydi.Masalan: Kelin bo`lmish qiz qushni qishloqdan ekan. Bu shakl ayrim so`z turkumida lug`oviy ma`nosiga ta`sir darajasining oshishi bilan soz yasovchilik kasb etib, ajralmas holga kelib qolgan: O`tmish yayot!, o`tmish, qilmish,kechmish kabilarda aminsiz. A yasovchi bunda ham –(a)r shakli haqidagi fikr o`z ifodasini topadi. -ajak, -asi,-gasi, -(u)vchi affikslari . Sifatdosh shakli sirasiga kiritiluvchi –ajak, -asi, -gasi, ko`rsatkichi arxayik ko`rsatkich, o`zbek tilining tarixiy taraqqiyoti natijasida bu shakl ayrim so`z turkumida hozirda deyarli ajralmas holga kelib qolgan. Fe`l o`zak negiziga qo`shilib yangi lug`oviy shakl hosil qilolmasligi sababli u unumli sifatdosh hosil qiluvchi sirasidan chiqariladi, -ajak, -asi, -gasi shakli ayrim o`rinda so`z lug`oviy ma`nosiga jiddiy ta`sir etishi bilan lug`oviy shakl yasovchilikdan begonalashib turadi: Kelajak (hayot) , kelgusi(yil), bo`lg`usi (ona), kelasi (oy) kabi. -(u)b chi ko`rsatkichi so`z shakl hozirgi o`zbek tilida va hatto biz tadqiq ob`ekt qilib tanlagan “Talvasa” da nisbat ko`p ko`zatiladi: Izlovchi (kishi), yasovchi (qo`shimcha), bichuvchi (qiz), Qo`shiq aytuvchi (bola), kechikib keluvchi (o`quvchi) va hakozo.Ayrim ishda bu ism faol deb talqim qilinadi va sifatdosh doirasidan chiqariladi. Ammo ba`zan bu shaklga nisbatan so`z yasovchi atamasini qo`llash xato bo`ladi: Xorazmiyning ilmiy mersi, Bellining qobiliyati haqida soatlab hikoya qiluvchi o`quvchidan chuchisa arziydi (b. 127). Demak, yuqorida sanab o`tilgan –(a)r , mas, -mish, -ajak, -gasi, -asi shakli kabi. –(u)b chi shakli ham hozirgi kunda ba`zan tom ma`nodagi lug`oviy shakl hosil qiluvchi (kechikib keluvchi bolalar soni kamaydi), ba`zan lug`oviy ma`noga ta`sir etish darajasining kuchsizligi bilan so`z yasovchiga (izlovchi kishi, haydovchi kishi) yaqinlashib keladi. Hozirgi kunda ot turkumi doirasida o`rganilayotga saylovchi o`qituvchi, boshlovchi,bog`lovchi, tuslovchi,o`quvchilarligi tarixan sinfdoshdan o`sib chiqqan, ya`ni sifatdoshining substantivatsitsiyalashuviga tamoman otga ko`chishiga saba bol`gan.Chunki yuqoridagi birlikda harakat ma`nosiga qaraganda shaxs ma`nosi ustunlik qilmoqda. -gan affiksi. Hozirgi o`zbek adabiy me`yori uchun tom ma`nodagi sifatdosh shakli sifatida –gan, -yotgan, -adigan, -udigan, ko`rsatkichini barcha olimlar tan olishadi. Bu shakl yuqorida ko`rib o`tilgan –(a)r, -(u)vchi , -ajak, -igasi, -asi shaklidan farqlanib, o`z lug`oviy ma`nosini yangilamaydi, lug`oviy shakl hosil qiluvchi sifatidagina ishlatiladi, xolos. Shu sababli haqiqiy sifatdosh sifatida -gan, (yetgan,-adigan, -ydigan) shakllari tan olinadi. Shu sababli bo`lsa kerak, “Talvasa”da sifatdoshning bu shakli va uning ko`rsatilgan bvariantlari mahsuldor qo`llaniladi. Ma`lumki –gan ko`rsatkichiga o`tgan zamon ma`nosini ifodalovchi shakl sifatida qaraladi. Lekin u zamon ma`nosini ko`rsatuvchi –yotgan, -adigan, -ydigan shakliga shu ma`nosi bilan o`tmaydi. Har uchala ko`rsatkich bir-biridan zamon ma`nosi bilan farqlanganligi va shu zamon kesimiga nisbatan belgilanuvchi nisbiy zamonga aylanganligi sababli u sifatdosh shaklining zamon bilan farqlanuvchi ko`rinishi sifatida qaraladi. -gan ko`rsatkichi bilan shakllangan sifatdoshning ma`noviy xususiyati asosida kesimdan anglashilgan hatakatdan ilgari sodir bo`luvchi harakatni predmetni atributiv belgisi sifatida ifodalash yotadi1. Kesim chegara fe`lidan boshqa fe`l bilan ifodalangan harakat bilan qariyb ayni bir vaqtda yuz beradi. Fe`lning otga xos vazifada qo`llanishi uchun xoslangan shakli harakat nomi deb yuritishi adabyotlarda qayd etilgan1. 1. Professor Sh. Rahmatullayev o`z darsligida yozadi. “Adabiyotlarda fe`lning otdosh shaklini “Harakat nomi” deb yuritishi o`rinli emas, chunki predmetning nomi deb otleksemaning o`zi, pretmetga xos sifatiy belgining nomi deb sifat leksemaning o`zi aytgandek, harakatning nomi deb fe`l leksemaning o`zi aytilishi to`g`ri . Fe`l turkumi doirasidagi ushbu shaklni sifatdosh ravishdosh terminlari qatori otdosh shakl deb nomlash mantgan to`g`ri bo`lad2. 2. Boshqa adabiyotlarda, hatto 2008-2009-yillarda nashrdan chiqqa adabiyotlarda ham fe`lning bu shakli “Harakat nomi” deb nomlanganligini hisobga olib, biz ham bu shakl nomi “Harakat nomi” deb atashni ma`qul ko`ramiz. Fe`lning harakat nomi shakli adabiy tilda –sh, -(ish), -moq, -(u)v shakl yasovchilar bilan yasalishi deyarli barcha adabiyotlarda ko`rsatilganidek, biz tanlagan “Talvasa”da ham huddi shu shakl ko`rsatgichlar bilah harakat nomi shakllar yasalganligi aniqladek. Bu shakllar harakatning bajarilishi va u bilan bog`liq bo`lgan boshqa ma`nolarni bildirmaydi, balki harakat- holatning nomini bildiradi, harakat- holatning atamasi bo`ladi. Shu sababdan otlarga xos grammatik ko`rsatgichlarni qabul qila oladi va gapda otlarga xos vazifalarni bajaradi. Masalan: A`zoi badanining qaqshab og`rishi uning ohgiga xira tortadi (b.4). Shu amalgina unga ayni damda halokat berishi mumkin edi.(b.4). Ikki jonning o`limdan so`ng kimsasiz qoladigan uyga uzoq vaqt hukmronlik qilish sukunat uchun ulug` ne`mat emasmi? (b.5). Biroq oradan daqiqa o`tmay xumor azobi uni yana birovga oldi.(b.5). Avvalgi yig`inda toj kiydirishgan bolani o`g`ri deyishga ham tiling bormaydi (b6). Harakat nimi shakllarining har biri o`ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishi asar matnida ham mavjud. -(i)sh affiksi bilan yasaluvchi shakl quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Harakatning nomini bildiradi,uning atamasi hisoblanadi: Shuning uchunmikin, bolalarni mashqlarga jalb etish avvalgi yillarga nisbatan og`irroq kechardi (b.12). Yuragi o`sha kunlarning tezroq kelishini istardi (b13). Kuzda Asror o`qishini litseyga ko`chirganiga yoki “seni yaxshi ko`raman” , deyishga jur`at qilolmasin (b14).Nimadan qo`rqishni o`zi ham bilmaydi (b.15). Anhor mavjlariday tinimsiz hayol , Yana uoz qushiga chorlar sevishmak Eshigin chertaman ,chopib chiqar lol Tushinar buni kim sevib, sevilsa (b15). 3.Ish mashg`ulot ma`nosini bildiradi: Sug`orish, pardozlash, yuvish, o`tkazish,yig`ilish, qurilish, o`tish kabi: U yerlarni sug`orish , shurni yuvish, urug`chilik masalalari bilan shug`ullanish kabi ishlar bilan qand edi (b.43). Maktabda xayrlashuv kechasini o`tkazish muzika o`qtuvchisiga topshirilgan edi(b.19). Asror bu qarashning oqibati yaxshilik bilan tugamasligini tushinib g`ijindi (b.16). Bilib qo`y: maktabdagi o`qishingni eplab olmaguningcha ring tovshingga ham kirmaydi, bu-bir (b.20).Bu mahalla uy qurishi, usta ishlatish azobi nima ekanligini yaxshi biladi(b.23) kabi. Keltirilgan misollardagi sug`orish, yuvish, shug`ullanish, o`tkazish, qarash, o`qish, qurilish, ishlatish harakat nomining -sh,-ish shakllari bilan yuzaga kelgan variantlari biror mashg`ulot nomi ekanligi gap tarkibidagi ma`nosidan anglashib turibdi. 3.Odatdagi ot ma`nosida qo`llanishini ham asar matnida uchratdik. Masalan: chopish, kelish, yig`ilish, o`tirish kabi. Sarotonning yaxshi kelishi. Xalqimiz hayotida yaxshi iz qoldiradi(b.47). Asrorning jilmayishi Dilfuzaning ko`nglini yoritib yubordi (b.49).Bu gaplarning barchasi mish-mish bulog`ida suv ichgan bo`lsa-da, atrofdagilarning qiziqish tashnaligini qondirishga kifoya qiladi (b.23). Lekin kalandimoq odamning uyga piyoda kelish boshqa-yu, oq “Mersedes”dan tushub kelishi boshqa (b.26). Shunday bezanib yuvuvchining kamtarligi haqida gapirish esa ahmoqlikdan bo`lar edi (b.28). -(i)sh affiksi bilan yasaluvchi harakat nomi shaklining –lik affiksi bilan qo`llash hollari ham asar matnida uchraydi. Borishlik, qorishlik, kelishlik, yurishlik kabi. Masalan: Ammo aytishlikka bo`lmasa imkon, mana bu yomon (b.43). Masalan: Ammo aytishlekma bilmasa imkon , oanjaralar bilan ixota qilishlikdan maqsad –biron nimaning daf qilinishidan saqlanishdir (b32). Mana shunday hollarda ham 3-bandda ko`rsatilgan ma`no ifodalanganligi aniq sezilib turibdi. Lekin affiksini qolgan hozirgi o`zbek adabiy tili uchun normal holat emasligi sezilib turibdi. -(i)sh affiksi yordamida yasalgan harakat nomi shakli egalik affiksini olib, tartib son bilan qo`llanganda , o`tgan zamon yoki hozirgi zamonshakliga xos ma`no anglashiladi. Masalan: Toshgulning aytganiga u noiloj ko`nishi mumkindir. (b.42). Bu asnoda ko`p kallalar burilib, o`rniga saroymonand imoratlar qurilishi boshlanib ketdi(b.44). Bo`ron sherigining betoqatligini birinchi ko`rishi(bn47). Bu misollardagiharakat nomi shakllari egalik affiksini olib qo`llanganligi aniqdir. Aytilganlardan qat`iy nazar, ko`rib o`tilgan hollardagi harakat nomi shaklini zamon ma`nosini ifodalovchi shakl deyishga asos yo`q.-(i)sh qo`shimchasi bilan yasaluvchi harakat nomi shakli ko`plik egalik va kelishik affikslari bilan qo`llangamda , bu affikslarning ma`nosida deyarli o`zgarish bo`lmaydi. Faqat o`rin-payt keilishigi shaklida qo`llanganda , fe`l semaktikasi va o`rin-payt kelishigi shaklining ta`sirida harakat nomi shaklining yangi bu xususiyati kelib chiqadi. Ma`lumki, harakat nomi shaklidagi fe`l ham(fe`l bo`lmaganligidan)harakat-holat bildiradi.Bu shakldagi fe`l payt bildiruvchi –da affiksi bilan qo`llanganda , harakat-holat payt(vaqt)ma`nosi bilan bog`lanadi. Natijada bu harakat –holat jarayon holatiga , dinamik holatga o`tadi. shuning uchun o`rin-payt kelishigidagi harakat nimi nazorat-holatni dinamik tarzda ifodalovchihozirgi zamon sifatdoshining o`rin-payt kelishigidagi shakli shakli bilan almashtirish mumkin: Kelishda, -kelayotganda , -kelayotgan vaqtida kabi: Obqatdan keyin soraydi (b.49).Shundan so`ng butun hayoli bu yerdan chiqishda , qochishda bo`ldi (b.53). Harakat nomining -(i)sh shakli yordamida yasaluvchi ko`makchilar bilan ham keng qo`llaniladi va bunda maqsad, vaqt, birgalikda kabi turli ma’nolar ifodalanadi; o’qish uchun, o`qishdan avval, o`qish bilan kabi. -(u)v affiksi bilan yasaluvchi shakl.Harakat nomining bu turida fe`l undosh bilan tugagan bo`lsa, u unlisi orttiriladi: bor-boruv. So`z oxiri I bilan tugagan bo`lsa, I tovushga, a tugagan bo`lsa, a tovushi o tovushga o`tadi: o`qi-o`quv, ishla-ishlov. -(u)v shakli harakat nomi –(i)sh shaklli harakat nomi shakliga nisbatan asar matnida ham adabiy tildagiday kam qo`llanishini kuzatdik. Bu vazifada qo`llangan o`rionlarda hamma vaqt –(i)sh affiksi bilan yasaluvchi shaklni ishlatish mumkin. Masalan: Biron ishga aralashuvni ham, chiqib ketuvni ham bilmay qoldi (b.49).-(u)v affiksi bilan yasluvchi shakl ko`proq ot ma`nosida qo`llaniladi.Lekin shunday hollarda uning o`rniga –(i)sh affiksi yordamida yasaluvchi shaklni bemalol qo`llash mumkinligini asar matni ma’qullaydi. Xulosa Tohir Malikning ,,Talvasa’’ romanidagi fe`l o`zgalovchi shakillari, ularning turlari paradigmatik tizini, o`zaro farqlari, tadqiq tarixi, har bir shaklning o`ziga xos ma`ni va funksiyalari tadqiq etish asosida quydagi xulosalarga keldik: 1. Yaqin yillargacha fe`lning funksional shakllar deb yuritilgan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllarini keyingi yillarda bir gurux tilshunoslar “felning o`zgalovchi kategoriyasi” deb nomlanishi , adabiyotlarga kiritdilar. Bu atama hatto maktab arsliklariga ham kiritildi. Chunki ular bunday nom bilan atash va grammatik kategoriya deb hisoblashganlarga asos qilib, bu shakllar uchalasi ham o`zida boshqa turkumlarga xos ma`no va graammatik xususiyatlarga egaligi umumiy grammatik ma`nosi ekanligini va grammatik jihatdan dariqli lisuvniy xususiyatlarga, ma`noni hisobga olib grammatik kategoriya deb hisoblaganlar. Darhaqiqat, fe`lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shaklilarini bitta grammatik kategoriyaga birlashtirib o`rganish to`g`ri bo`ladi. Biz bunday nomlanishni ma`qullaymiz va ilmiy asosli degan xulosaga keldik. 2.Fe`lning o`zgalovchi kategoriyasi va bunga oid atamasi, bu shakllarning o`ziga xos so`z yasovchilar, o`ziga xos ma`no va grammatik belgilarni tilshunoslar turli tillarda turlicha nomlaganlar, turlicha mulohazalar bildirib kelishganlar. Buni biz o`z ishimizda imkonimiz darajasida o`rgandik. Bu atamani o`zbek tilshunosligiga professorlar H.G`.Nematov va B.R. Mengliyvlar kiritdilar va o`z isbotlarini tavsiya etdi. Ularning isbotini ancha-anchagina tilshunoslar ma`qul topdilar. Biz har bir lisvniy hodisa o`zining ilmiy tadqiq tarixiga-esa, va bu tadqiqlar asosida mustaqillik yillarida tilmizga xos grammatik hodisalar o`z tadqiqini topayotganligini qayd etmoqchimiz. 3. Biz asar matnida ravishdoshning –(i)b, -a, -y, -may, -masdan, -gancha, -gach, -gani, -guncha,- ganda shakllari mavjudligini aniqladik. Bu shakllarni o`zbek adabiy tildagi shakllari bilan taqqosiy tahlil etdik. Ularning qaysilari sar matnida mahsuldor, kamununi umumsizligi kabi statistik holatlarni ham aniqlashga harakat qildik. Bulardan –(i)b,-may,-gan shakllari asar matnida eng foali deb hisoblashmizni isbotladik eb o`ylaymiz. Bulardan –a,-y, -gunch shakl ko`rsatgichlari malum bo`lsa,-gani, -ganda unimsiz shakl yasovchi deb belgiladik. 4.Ravishdosh yasovchilardan –ganda shakli asarda kamroq qo`llangan va “harakatning biror chegarasini emas, balki uning sodir bo`lish paytini” anglatish uchun ishlatilishni aniqladik –ganda shakli lug`oviy shakl sifatida fe`lni nutqqa olib kirganda, asos fe`ldagi harakat ma`nosi o`z o`rnini payt ma`nosiga almashtiradi. Bu shakl asar matnida kam qo`llaniladi. 5. Asar matnida sifatdosh shakli yasovchilari sifatida –gan, (-kam,-gan), -r(ar),-(u)bchi, -mish,-ajak,-asi,-gusi shaklli ishlatilganligini belgilay oladi. Matndagi bu shakllar adabiy tilda ham qo`llanganligini darsliklar orqali belgiladik. Bu shakl ko`rsatgichlaridan –r, -ar, -mas,-(u)bchi shakllari faol ishlatilga bo`lsa, -mish,-ajak,-asi,-gusi shakllarining qo`llanishi anchagina nofaol ekanligini kuzatdik.Ayniqsa,-ajak shakli deyarli qo`llanmagan. 6. –(a)r shakli lug`oviy shakl hosil qiluvchi sifatida asar matnida o`zi voqelantirayotgan fe`l leksemaning atash va vazifa ma`nosiga sezilarli ta`sir etadi, ya`ni asos fe`ldagi “harakat” va “boshqaruvchilik” xususiyatini emas, unga ``belgi’’ va “tobe uzvlik” xususiyatini yuklashi bilan boshqa sifatdosh yasovchilardan farqlanadi. 7. Sifatdosh, otlashish xususiyatiga ega. Otlashgan sifatdosh matnida ham otlik, ham fe`llik, ham sifatlik belgisini namoyon qiladi rau gapda ega (o`tgan kelmas, o`chgan yonmas.(maqol), kesim (ayolning o`ttizga kirgani oltin bo`lgani),to`ldiruvchi(yo`l yurganga qisqarar), qaratqich(ko`rmaganning ko`rgani qursin) vazifalarini bajarishni kuzatdik. 8. Ravishdosh va sifatdosh shakli asar matnida fakir olishuv jarayonida fe`lni fe`ldan uzoqlashtirib unga toflik maqomini berga holda o`zidan keyingi so`zga bog`lash vazifasini yuklasa, harakat nomi shakli, esa fe`llikni kuchsizlantirish uchungina xizmat qiladi. Ammo harakat nomi fe`l va fe`llik belgisini ravishdoah va sifatdoshga nisbatan ko`proq xiralashtiradi, ya`ni harakat –holat belgisini kuchsizlantirib, otga xos belgini kuchaytiradi.9. Harakat nomi –(u)v,-moq,-ganlik,- (i)sh shakl ko`rsatgichlari bilan asar matnida qatnahadi –(u)b harakat nomining tarixiy shakli bo`lib, u asar matnida ham, adabiy tilda ham kamayish shakl yasovchi hisoblanadi.-Moq esa lug`oviy shakl yasovchi sifatida asar matnida juda kam iste`molligini kuzatdik.-Maslik barcha harakat nomi shakllari uchun asarda qo`llanadi. -(i)sh shakli eng faol shakl yasovchi ekanligini asar matnida ham tasdiqladi. 10. Harakat nomi shaklining asardagi barcha shakl bitta umumiy ma`no fe`lni predmetlashtirish holatda qo`llanib, otlik belgisini namoyon qilgan holda ishtirok etadi. Har bir shakl o`ziga xos xususiy Grammatik ma`no asosida o`zoro farqlanmaganligi uchun harakat nomi shaklini alohida paradigma sifatida baholashga asos yo`q. 11. O`zlashivchi kategoriyasi sirasiga kiruvchilarni ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi tarzda tartiblash asosli bo`ladi. Buni H.Ne`matov va B.Mengliyevlrning qarashlari ham tasdiqlaydi. Ularning fikricha, ravishdosh fe`llik xususiyatini o`zida ko`proq saqlangan, sifatdosh otlashish xususiyatiga egaligi biln ajralsa, harakat nomi predmetlikni ko`proq ko`rsatganligi uchun ajraladi. Su bois yuqoridagiday tasniflash ma`qul bo`ladi. Download 172.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling