Fe'l o'zgalovchi kategoriyasi shakllarining uslubiy xoslanishi reja: Kirish: I bob. O’zgalovchi kategoriyasi haqida va o’zgalovchi kategoriyasi tadqiqi tarixidan


I bob. O’zgalovchi kategoriyasi haqida va o’zgalovchi kategoriyasi tadqiqi tarixidan


Download 172.59 Kb.
bet2/5
Sana23.11.2023
Hajmi172.59 Kb.
#1794978
1   2   3   4   5
Bog'liq
FE\'L O\'ZGALOVCHI KATEGORIYASI SHAKLLARINIGN USLUBIY XOSLANISHI

I bob. O’zgalovchi kategoriyasi haqida va o’zgalovchi kategoriyasi tadqiqi tarixidan.
I.1. O’zgalovchi kategoriyasi haqida.
Tahlil etilayotgan tasniflovchi, vazifaviy va lug’aviy shakl hosil qiluvchi shakl sirasiga – ravishdosh, sifatdosh, harakat nomiga nisbatan qo’llanishi fe’lning bu shakl sirasini yaxlit bir kategoriyaga birlashtirish va shu kategoriyaga mansub shaklni alohida bir paraigma (yunoncha paradigma –misol, namuna. Til birliklari, Grammatik shakllarning umumiy ma’nosiga birlashuvchi, xususiy ma’nolariga ko’ra farqlanuvchi sistemasi)ga1 tizish imkoniyatini beradi. Mantiq, aniqrog’I, so’z va tushunha orasidagi murakkab mutanosiblikdan ma’lumki, tushuncha so’z qobig’ida shakllantirilmasa, u yaxlitlik kasb etmaydi. Fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shaklari ma’lum bir atama ostida birlashtirilmasa, bu fe’l shakllarining yaxlitligi noaniq va chegaralanmagan bo’lib qolaveradi. Ma’lumki, tilshunoslikda bir necha yillardan beri nisbatan, bo’lishli-bo’lishsizlik, kelishik, egalik, zamon kategoriyasining rang-barang shakli ma’lum bir paradigmaga (shaklan va mazmunan aniq chegaralangan shakl sirasiga) birlashtiriladi. Biroq o’zgalovchi kategoriyasi atamasi, ostida birlashtirilayotgan shakl sirasi alohida paradigma sifatida kamdan-kam tahlil etilardi. O’zbek tilshunosligida H.Nematov va B.Mengliyevdan boshqa tadqiqotchilar ishlarida bu shaklni bir paradigmaga birlashtirilmagan edi. O’zgalovchi – murakkab kategoriya. Chunki bu kategoriyani tashkil etuvchi harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh va fe’lning kesimlik shaklidan har biri o’z ichiga o’ziga xos paradigmani tashkil qiladi-hamda tarkibida uchtadan olti-yettitagacha shaklni birlashtiradi. O’zgalovchi kategoriyasining alohida bir kategoriya sifatida ajratilmasligiga asosiy sabab ham bu kategoriyaning bevosita tashkil etuvchisining murakkab ekanligida. Bugungi kunda fanda “sistema-element” munosabatining nisbiy tabiatga ega ekanligini atroflicha tahlil etilmoqda. element yaxlitlik sifatida faqat sistemaga nisbatan yuaga chiqadi. Vaholanki, elementning o’zi murakkab bo’lishi va shu elementni tashkil etuvchiga nisbatan sistema sifatida voqealanishi lozim. Bu hodisa til materiali, xususan, leksika materiali asosida I,Qo’chqoroyev, A.Salakalamanidze, R.Raulov, M.Narziyeva,Sh.Iskandarov, G.Ne`matova,R.Safarova, B.Qilichevlar ishida aniq va ravshan yozilib berilgan. Shuningdek,bu hodisaning sintaksis sathida kam mavjud ekanligini R.Sayfullayeva qo`shma gapning umumiy minimal qolipini [WPmVWPm] yaxlitlik sifatida ajralib, uni [WPm,WPm], [WPm,-WPm], [WPm-WPm] kabi tarkibiy qismdan iborat deb talqin etsa, bu yaxlitlikning tarkibiy qismi bo’lgan [WPm, WPm], [WPm-WPm], [WPm-WPm] kabi qo’shma gap qurilishi qolipning o’zi ham murakkabligi va o’z novbatida, ichki paradigma hosil qilishi keyingi ishlarda ko’rsatildi.
Demak leksik va sintaktik sathda paradigmoning(sistemoning) tarkibiy qismi sifatida(elementi) yana paradigma chiqishi isbotlangan, bundan taxmin qilish mumkinki, morfologik tizimda ham murakkab, ya`nielementi sifatida paradigma soqolangan sistema (paradigma) bo`lishi mumkin. Shining uchun o`zgaruvchi kategoriyasi ham fe`lning alohida bir paradigmasi sifatida bemalol ajratishi mumkin. Bu paradigmaning bir tomondan boshqa bir paradigma bilan, ikkinchi tomondan, o`z a`zosi bilan munosabati qanday degan haqli savol tug`iladi. Tadqiqotchining bu masala yuzasidanbildirgan e`tiroziga to`la izoh berilmaguncha, o`zgalovchi kategoriyasining o`zbek tilida obyektiv hodisa ekankigini isbotlash qiyin.Lug`oviy shakl ot,son, olmosh kabi mustaqil so`zda lug`aviy ma`no bilanaloqador, u nutqda, gap tarkibida aloqa munosabat shakli vositasida kiritiladi va bu aloqa –munosabat shakli-egalik,kelishik kategoriyasi-ma`lum bir so`z turkumi bilan chegaralangan emas.Lekin o`zgalovchi kategoriyasi fe`lni nutqqa olib chiqilishi bilan aloqa-munosabat shaklidan farq qiladi.
Kesimlik shakli (tasdiq, inkor, mayl-zamon va shaxs-son),odatda fe`l shakli darajasidao`rganiladi, biroq uning qullanish davrasi faqat fe`l bilan chegaralanmaydi.Bu haqda ishning oldingi qismida aytilgan edi.O`zgalovchi kategoriyasi kesimlik kategoriyasini ham o`z tarkibida biriktiridigandek ko`rinadi, lekin haqiqatda bunday emas. Kelishik kategoriyasining kelishik shaklini ajratib oladi.

Harakat nomi, sifatdosh,ravishdosh, kesimlik shakli paradigmasidagi ziddiyatda dastlab,kesim vazifasida kela olish belgisi turadi. Bu belgi asosida tuziladigan ziddiyat mohiyatan noto`liq,kuchli a`zoni fe`lning kesimlik shakli tashkil etib,kuchsiz(mo`tadil,neytral)a`zoni qolgan shakl tashkil etadi.U ziddiyatning yuqorida sanalgan belgisiga nisbatan betarafligi dastlab shunda namoyon bo`ladiki,harakat nomi, sifatdosh,ravishdosh gaoda kesim pozitsiyasini emas, balki mavqeni egallashga ixtisoslashgan, lekin ayrim holatda uning har biri kesim vazifasida kelishi mimkin. Shunga qaramay,harakat nomi va sifatdosh kesim vazifasida kelganda ham,agar undan alohida zamon hsakli rivojlanmagan bo`lsa,o`zining harakat nomi va sifatdoshlik tabiatini saqlab qoladi.Masalan: hozirgi o`zbek adabiy tilida harakat nomi va sifatdosh(zamon shakli emas)ning kesim vazifasida kelishida misol keltirish mumkin: 1.Qilmish-qidirmish.2.Bu bola bo`ladigan.3.Dub daraxtining egilgani-singani.
Ravishdoshning gap kesimi vazifasida kelishi an`anaviy sintakstida qo`shma gap uchun me`yoriy holat edi: Bahor kelib, kunlar isib ketdi. Formalfunktsional tahlilda yuqorida ko`rsatilgan holatda ravishdoshning kesim vazifasida inkor etilsa-da, uyushgan kesimning lug`oviy asosi yoki uyushgan gapning kesimi mavqeida kelishi to’la –to’kis tan olinadi. Demak, harakat nomi, sifatdosh va ravishdoshga o`zligini saqlagan holda kesim vazifasida kelishi yot emas. Shunday qilib, sinalgan shakl uchki ziddiyatning birinchi sirasini quyudagi tashkil etadi:

“kesim vazifasidagina kelish”

+

0

Fe`lning kesim shakli

Harakat nomi,sifatdosh,ravishdosh

Harakat nomi, sifatdosh,ravishdosh o`z navbatida fe`l kesim bilan yoki fe`ldan boshqa so`z turkumi bilan bog`lash belgisi asosida ham, ziddiyat qatorini tashkil etadi,bunda faqat fe`lni fe`l bilan bog`lashda(bir fe`lni ikkinchisiga tobelantirishda) xizmat qiluvchi ravishdosh,bu belgiga nisbatan neytral bo`lgan sifatdosh va harakat nomiga qarama-qarshi turadi ya`ni:

“Fe`lni fe`lga tobelash”

+

0

ravishdosh

Sifatdosh va harakat nomi







Sifatdosh va harakat nomining bu belgiga nisbatan neytralligi sifatdoshning ham fe`l, ham boshqa so`z turkumi bilan bog`lana olishi va tarixan ko`p holda hozir ham harakat nomidan farqlanmasligi bilan bog`liq. Sifatdosh va harakat nomi shaklining o`zaro qorishuvi turkiy tilining qadimgi davridan hoirgacha xos.G`.Abdurahmonov XI asrda sifatdosh va harakat nomi shaklini farqlash qiyinligini farqlasa, hozirgi o`zbek tilshunosligi tadqiqotchisi”Akasining kelganini eshitib, Dilbar xursand bo`ldi” kabibirikuvda .-gan shaklining harakat nomi vazifasida kelayotganini qayt etmoqda. Sifatdoshni harakat nomidan farqlash tarixan ancha mushkul bo`lsa-da,hozirgi til uchun o`zaro farqlanishi o`ziga xos grammatik hususiyat kasb etgan. Sifatdosh boshqa so`z bilan ham birikuv va moslashuv(aniqrog`i-turkiy izofa)usuli bilan aloqaga kirisha olsa, harakat nomi boshqa ism bilan faqat moslashuv usuli bilangina birikadi: U jon beruvchining bunchalik azob ekanini shu paytgacha his qilmagan edi.
Fe`lning lug`aviy shakli tizimida alohida bir paradigma sifatida ajratilayotgan o`zgalovchi kategoriyasi shaklining kategoriya ichida o`zaro munosabati yuqorida ko`rib oqtildi.U noma`lum bir sintaktik funktsiyaga moslashtiradi yoki fe`lni boshqa so`z bilan bog`lashga xizmat qiladi,ya`ni tom ma`noda sintaktik vazifa bajaradi.Ammo bunday sintaktik mohiyat bitta so`z turkumi doirasi bilan cheklangan, qolaversa,fe`lning o`zgaruvchi kategoriyasishakli o`zi qo`shilib kelayotgan o`zakning lug`oviy ma`nosiga nisbatanham,to`la farqli deb bo`lmaydi. Xususan harakat nomi,sifatdosh,ravishdosh shaklining fe`llar lug`oviy ma`nosiga ta`siri shunchalik kuchliki,qator tilshunos, jumladan, I.I. Meshchaninov3 ravishdosh va sifatdoshni alohida so`z turkumiga ajratgan bo`lsa,V.V.Vinogradov va uning davomchisi4 sifatdosh, ravishdosh va harakat nomini gibrid(ikki so`z turkumining ma`nosi chatishgan)so`z sifatida baholaydi. Shu sababli o`zgaruvchi kategoriyasini tom ma`nodagi fe`l kelishigi deb bo`lmaydi. Chunki kelishik lug`oviy ma`noga ta`sir etmaydi.O`zgaruvchi kategoriyasi shakli esa lug`oviy ma`noga fe`lni boshqa so`z turkumiga ma`no jihatdan yaqinlashtirish darajasida ta`sir etadi, shuning uchun uni mohiyatan kelishik kategoriyasi bilan tenglashtirish mumkin emas.

Download 172.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling