1
4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari
Reja:
1. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari
2. Fe’l nisbatlari haqida umumiy ma’lumot.
3. Fe’lning harakat tarzi shakllari.
4. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi.
5. Mayl shakllarining nutqiy voqelanishi.
6. Zamon shakllari, ularning UGMsi va XGMsi.
Fe’l tasniflovchi kategoriyalari haqida umumiy ma’lumot. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari faqat shu
turkumga xos grammatik shakllar sistemasi. Ular nisbat, o‘zgalovchi,
harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik
kategoriyalari. Fe’l kesimlik yoki nokesimlik vazifasida bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu shakldan birida
bo‘lishi shart. Ular fe’l leksemaning lug‘aviy ma’nosini modifikatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Tasniflovchi shakllar orasida nisbat fe’l leksemani modifikatsiya qilish darajasi
jihatidan boshqalaridan
ustuvor. Shu boisdan nisbat fe’lni boshqa so‘z turkumidan ajratib turuvchi asosiy morfologik belgi.
O‘zgalovchi, nisbatdan farqli o‘laroq, fe’lning nokesimlik vazifasi uchun xoslangan. O‘zgalovchi
kategoriyasining umumlashgan grammatik ma’nosi – fe’lni kesim vazifasidan tashqarida boshqa, ya’ni
hokim so‘z bilan bog‘lash vazifasini bajarishi.
Tarz ma’nosi fe’lda ifodalanishi ham, ifodalanmasligi ham mumkin. Masalan, (
o‘qidi)
fe’lida u nol
darajada bo‘lsa, (
o‘qib chiqdi)
so‘zshaklida namoyon bo‘lgan. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik
shakli haqida ham
shunday fikrni aytish mumkin. Biroq bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli bilan kesimlik kategoriyasining tarkibiy
qismi bo‘lgan tasdiq-inkor kategoriyasini farqlash lozim. Tasdiq-inkor kesim vazifasida keluvchi barcha
so‘z uchun xos bo‘lsa, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kesimdan boshqa vazifadagi fe’lning
barchasi uchun xos
bo‘lgan grammatik hodisa. Boshqacha aytganda, bo‘lishli-bo‘lishsizlik fe’lning nokesimlik,
tasdiq-inkor
esa barcha mustaqil so‘zning kesimlik shaklidan biri. Quyida ularning har biri alohida-alohida ko‘rib
o‘tiladi.