4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari
Nisbat kategoriyasi haqida umumiy tushuncha
Download 499.55 Kb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.
Nisbat kategoriyasi haqida umumiy tushuncha. Nisbat kategoriyasi harakatning subyekt
(bajaruvchi)ga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. Masalan, Shoir she’r yozdi gapida ega bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo‘lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli aniq nisbat bilan ifodalangan; o‘qituvchi bolaga kitobni o‘qitdi gapida harakatning bevosita va bilvosita bajaruvchisi (o‘qituvchi bilvosita, bola esa bevosita bajaruvchi) farqlangan. Dovul chalindi gapida harakat bajaruvchisi noaniq, majhul. Demak, nisbati o‘zgarishi bilan fe’lning bajaruvchisida ham o‘zgarish yuz beradi. Nisbat kategoriyasi fe’lning bo‘sh subyekt valentligini to‘ldirib, muayyanlashtrib uni nutqqa moslaydi. Hozirgi o‘zbek tilida fe’l nisbatining beshta ko‘rinishi ajratiladi: aniq nisbat, o‘zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik nisbati, majhul nisbat. Aniq nisbat. Bu nisbatda subyektga munosabat nol shakl orqali ifodalanadi va shakl UGMsi «harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligini bildirish»dir: (bildi), (ko‘rdi), (so‘radi), (aytdi), (qaytdi) kabi. Bu nisbatdagi fe’l o‘timli (oldi) yoki o‘timsiz (uxladi) bo‘lishi mumkin. Nol shakl UGMsida o‘zi mansub kategoriyaning mohiyatini boshqalariga nisbatan to‘laroq aks ettiradi. Ma’lumki, fe’lning barcha shakllarini ikkiga – kategoriya ichidagi shakllarning o‘zaro ziddiyatida aniq bir belgiga ega bo‘lgan belgili shakllarga (masalan, aniq nisbatdan boshqa nisbat shakllari) va bu ziddiyatda aniq belgiga ega bo‘lmagan shakllarga (masalan, aniq nisbat shakli) ajratish mumkin. Birinchi guruh shakllar o‘zlari mansub kategoriyaning UGMsidan aniq bir ko‘rinishni «xususiylashtirib» oladi. Ikkinchi guruh shakllarida xususiylashma noaniq bo‘ladi. Ikkinchi guruh shakllari (bizningcha, aniq nisbat) o‘zi mansub kategoriyaning umumiy namoyandasi bo‘ladi. Shuning uchun ular matn va sharoit talabi bilan boshqa shakllar ma’nosini ifodalashi, aniq nisbat ham belgisiz shakl sifatida boshqa nisbat shakllari o‘rnida bemalol qo‘llanaverishi mumkin. Yuqorida bunga aniq nisbatdagi fe’l (masalan, (hayajonlanmoq)) dan o‘zlik nisbati ma’nosi uqilib turishi misolida amin bo‘lgan edik. Download 499.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling