4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari
Download 499.55 Kb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- (lar)i yo‘q b) shaxs Birlik ko‘plik I. borayotgan+im yo‘q borayotgan+imiz yo‘q
- odam quvonadi
nimayam qildik (kelasi zamon). (P.Tur.) SHundan so‘ng, bilmadim, qancha vaqt shirin xayollar osmonida
qanot qoqib yurdim (hozirgi zamon). (Sayyor.) Kecha dalada chunonam chekanka qilyaptiki, bamisoli 8 usta sartarosh g‘o‘zani tarashlayapti deysiz (o‘tgan zamon). (S.Ahm.) Bularni boshqa qismga yuborayapmiz (kelasi zamon). (A.Ubay.) Bunday ma’no ko‘chishi nutqiy tabiatli. Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs-son kategoriyasi kesimlik kategoriyasi UGMsini «ega valentligini muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» tarzida xususiylashtiradi. Hozirgi o‘zbek tilida shaxs-son ko‘rsatkichlarining quyidagi turlari mavjud: 1. a) shaxs birlik ko‘plik birlik ko‘plik I. borgan+man borgan+miz borib+man borib+miz II. borgan+san borgan+siz borib+san borib+siz III. borgan+0 borgan+(lar) borib+di+0 borib+di (lar) b) shaxs birlik ko‘plik birlik ko‘plik I. boryap+man boryap+miz bora+man bora+miz II. boryap+san boryap+siz bora+san bora+siz III. boryap+ti boryap+ti(lar) bora+di bora+di(lar) d) shaxs Birlik ko‘plik I. bormoqchi+man bormoqchi+miz II. bormoqchi+san bormoqchi+siz III. bormoqchi+0 bormoqchi+(lar) 2. a) shaxs birlik ko‘plik birlik ko‘plik I. bordi+m bordi+k borgan edi+m borgan edi+k II. bordi+ng bordi+ngiz borgan edi+ng borgan edi+ngiz III. bordi+0 bordi+(lar) borgan edi+0 borgan edi+(lar) b) shaxs birlik ko‘plik I. borsa+m borsa+k II. borsa+ng borsa+ngiz III. borsa+0 borsa+(lar) 3. a) shaxs Birlik ko‘plik I. borgan+im yo‘q borgan+imiz yo‘q II. borgan+ing yo‘q borgan+ingiz yo‘q III. borgan+i yo‘q borgan+(lar)i yo‘q b) shaxs Birlik ko‘plik I. borayotgan+im yo‘q borayotgan+imiz yo‘q II. borayotgan+ing yo‘q borayotgan+ingiz yo‘q III. borayotgan+i yo‘q Borayotgan+(lar)i yo‘q 4. shaxs Birlik ko‘plik I. bor+ay bor+aylik II. bor+0 \ bor+gin bor+ing(giz) III. bor+sin \ bor+sin(lar) bor+ishsin Nutqda shaxs-son shakllarining ko‘chgan ma’noda qo‘llanishi ham ko‘p uchraydi. Bularni quyidagicha tartiblash mumkin: a) uchinchi shaxs shakli birinchi shaxs ma’nosida: Kamina aytdi – Men aytdim; b) uchinchi shaxs ko‘plik shakli ikkinchi shaxs birlik («sizlash») ma’nosida: Nima istasalar bor; d) ikkinchi shaxsning birlik shakli va birlik ma’nosida «sizlash» uchun qo‘llanuvchi shakli umumshaxs ma’nosida qo‘llanadi: Qayta-qayta hidlaganingda yer mehriga to‘yganday bo‘lasan (Sayyor); e) gap ichida odam yoki kishi so‘zi qo‘llanganda uchinchi shaxs shakli ham umumshaxs ma’nosida qo‘llana oladi: Tashabbuskor yoshlarni ko‘rib odam quvonadi («Qashq.»); Bunday qo‘llanish sof nutqiy tabiatga ega. Download 499.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling