4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

Kelasi zamon. Mavjud darsliklarda grammatik illyuziya natijasida kelasi zamonning ikki ko‘rinishi 
farqlanadi: a) kelasi zamon aniqlik shakli; b) kelasi zamon gumon shakli.
Kelasi zamon ZK UGMsini «nutq momentidan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalash» tarzida 
xususiylashtiradi. Bu zamon: 
a) [-a], [-y] (O‘zbek qizlari sevgisini aytmaydi, bir umr pinhon tutadi. (Sayyor) Bolang uch-to‘rt 
qiynaladi, keyin o‘rganib ketadi. (A.Qah.);
b) [-(a)r/mas] (Balki zavod qurish uchun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelmas. (Oyb.) SHu atrofda 
yurgandir, kelib qolar. (S.An.)) affikslari orqali ifodalanadi. (SHu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, darsliklarda 
zamon shakllari sanalganda, undan keyin albatta shaxs-son shakllari kelishi ta’kidlanadi. Bu o‘rinda ZK 
kesimlikning dialektik bog‘langan bir tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun hadeb zamon shaklidan keyin shaxs-
son shakli bo‘lishini ta’kidlab o‘tirishni ortiqcha deb bildik. CHunki ular ajralmas.) 
Kelasi zamon fe’lining [ekan], [emish] to‘liqsiz fe’li bilan yasalgan eshitilganlik, keyin bilganlik 
ma’nosini ifodalovchi shakli gumon ma’nosini ifodalamasligi ta’kidlanadi: (ishlar ekan), (kelar ekan)
(ishlar emish), (kelar emish) kabi. Bunda to‘liqsiz fe’llarda zamon ma’nosi yo‘q. Zamon shaklning [-ar
qismi orqali ifodalanadi. 
Umuman olganda, to‘liqsiz fe’llar fe’ldan boshqa so‘zlar kesim vazifasida kelganda ularga zamon 
va modal ma’nolarni birgalikda beradi. Fe’llarni shakllantirganda esa sintetik-analitik shaklning affiks 
qismi zamon ifodalab, to‘liqsiz fe’l zimmasiga modal munosabat ifodalashgina yuklatiladi. Qiyoslang: 
ishchi ekan – ishchi bo‘lgan ekan, o‘qigan emish. Keyingi ikki misolda [-gan] shakli zamon, to‘liqsiz 
fe’llar modal munosabat ifodalagan. 
Affikslar ko‘chma ma’nolarda ishlatilishi ham mumkin. Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling