4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

O‘tgan zamon. Hozirgi o‘zbek tilida o‘tgan zamon fe’li bir necha shakl yordamida ifodalanadi: 
[-di] (o‘qidim, o‘qiding, o‘qidi); 
[-gan] (o‘qiganman, o‘qigansan, o‘qigan); 



[-(i)b-] (o‘qibman, o‘qibsan, o‘qibdi); 
[-edi/ekan/emish] (yozgan edim, ishlayotgan edi, ishlagan eding, ishlar edilar, ishlamoqchi edim).
Mazkur shakllarni qabul qilgan fe’l turli ma’no ifodalaydi. Masalan:
a) [-di]: «so‘zlovchi ko‘rgan, bilgan harakatning nutq momentigacha bajarilganini aniq, qat’iy tarzda 
ifodalash»: Barno yo‘q ekan, bir oz kutdi, kelavermagach, o‘tirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. (O. 
Yoq.); 
b) [-gan]: «so‘zlovchi va tinglovchi o‘zaro suhbatlashib turgan paytda bo‘lmagan harakatni ifodalash»: 
Kapalagini uchirib yuborgan. (H.Naz.); «harakatning bajarilganligi va uning hozir ham mavjudligi»: 
O‘rinda ham gaplashaveramiz, sen juda charchagansan. (I.Rah.); 
d) [-(i)b-]: «harakatni bevosita kuzatmaganlik, undan keyin xabardor bo‘lganlik»: O‘zim ko‘rdim, tosh chap 
yelkasiga tushibdi; «to‘siqsizlik»: Ustidan oshirib o‘q otibman-u, kiprik qoqmaydi-ya! (A.Qah.) 
e) [edi]: «harakat holatning hozir emas, balki o‘tgan, avvalgi vaqtga oidligi»: Suv endi yerga singmay, 
muzlab qolgan edi. (A.Qah.) 
Bunday ma’nolar qatorini yana ancha davom ettirish mumkin. Biroq keltirilgan qo‘shtirnoq ichidagi 
ma’nolarga diqqat qilinsa, ulardagi umumiylik «haraktning o‘tgan zamonga oidligi» bo‘lib, qolgan 
farqlarning birortasi zamon UGMsiga daxldor emas. Zamon ma’nosiga boshqa ma’noning qorishuvini ham 
grammatik illyuziyaning bir ko‘rinishi sifatida baholash mumkin. 
Hozirgi zamon. Zamonning bu turi ZK UGMsini «haraktning nutq momentida yuz berayotganligini 
ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Ma’nolardagi «davomiylik», «tugamaganlik» unsurlari undagi boshqa 
kategoriya tajallisi bo‘lib, zamonning substantsial ma’nosiga daxli yo‘q. «Davomiylik», 
«tugallanmaganlik» UGMdagi kategorial ma’no bilan zich holatdagi yondosh ma’no. Bu zamon ma’nosi: [-
yap-][-yotib-][-yotir][-moqda] affikslari bilan ifodalanadi.
Shakllar orasidagi farq sof uslubiy asosda. Aniqrog‘i, [-yap-] umumuslubiy va keng iste’molliligi, 
[-yotib-] va [-yotir] dialektal va poetik xususiyati bilan, [-moqda] shakli kitobiy uslubga xosligi bilan 
xarakterlanadi. Ularda zamonni ifodalashda farq sezilmaydi. Qiyoslang: (o‘qiyapman), (o‘qiyotirman)
(o‘qiyotibman)(o‘qimoqdaman). 
[Yot][tur][yur][o‘tir] birliklari ko‘makchi fe’l vazifasida kelib, hozirgi zamon shaklining analitik 
ko‘rinishini hosil qiladi: Hali dushmanlarimiz tinchigani yo‘q, hushyorlikni qo‘ldan berding, kallangga 
solaman deb poylab turibdi. («Qashq.») Quyoshki falakda kezib yuribdi, umrimiz boqiydir, umrimiz 
boqiy.(G‘.G‘ul.) Bo‘liq yer «tayyorman» degandek ko‘pchib yotibdi. («Qashq.»)
Hozirgi zamon shakllari kesimning payt valentligini hozirgi zamon ma’noli so‘zshakl bilan 
to‘ldiradi: [bugun][hozir] kabi. Bu so‘zshakllar gapda hol bo‘lib keladi. 

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling