4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


Harakat tarzi kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

Harakat tarzi kategoriyasi haqida umumiy ma’lumot. Formal o‘zbek tilshunosligida harakat tarzi 
shakllari morfologik kategoriya sifatida qaralmas va bu hodisaga nisbatan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi, 
ko‘makchi fe’l atamalari qo‘llanar edi. Xo‘sh, harakat tarzi shakllari, harakat tarzi kategoriyasi 
atamalarining qabul qilinishiga sabab nima?
Birinchidan, harakatning tarzi faqat ko‘makchi fe’l bilangina emas, [ravishdosh shakli+ko‘makchi 
fe’l] morfologik qolipi hosilasi asosida yuzaga chiqadi. Ko‘makchi fe’l ushbu shaklning bir qismi, xolos. 
Shu boisdan ilmiy tadqiqot, darslik va grammatikalarda ko‘makchi fe’l ma’nosi haqida so‘z ketganda
uning ravishdosh shakli yordamida yuzaga chiqishi ta’kidlanadi.
Ikkinchidan, ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi atamasidagi qo‘shilma unsuri so‘z birikmasidan teng 
munosabatlilik belgisi asosida farqlanuvchi so‘z qo‘shilmasi (olma va anor, kitob va daftar, gulu lola
sintaktik hodisasi bilan nisbiy omonimlik kasb etadi. Holbuki, harakat tarzi sintaktik emas, balki 
morfologik hodisa. 
Uchinchidan, harakat tarzi shakllari morfologik kategoriyaga berilgan ta’rifga «sig‘adi».
Harakat tarzi shakllarining xususiylashuvi umumiy grammatik ma’noning muayyan 
xossalari asosida shakllanadi. Har qanday hodisa ko‘plab mohiyatlar zarrasidan iborat 
bo‘lganligi sababli, nutqda qo‘llanilgan muayyan so‘zshaklda turli UGMning XGMsi 
sifatida yuzaga chiqqan zarralar mavjud bo‘lib, ular nutqiy alohidalik sifatida 
so‘zshakllarda shunday zich birlashganki, ko‘p holda ularni bir-biridan ajratish qiyin. 
Harakat tarzi kategoriyasi fe’l tasniflovchi kategoriyalari sirasida nisbat va bo‘lishli-bo‘lishsizlikdan keyin 
joylashadi. Chunki fe’lning bu kategoriyaga munosabati doimiy emas. Aniqrog‘i, barcha fe’llarda tarz 
ma’nosidan biri voqelanishi shart emas. 
Ma’lumki, harakat tarzi shakllari doimo ikki qismdan tashkil topadi. 

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling