4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


Eslatma! seskandi, o‘rgandi, xo‘rsindi, to‘qnashdi, hazillashdi, faxrlandi


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

Eslatma! seskandi, o‘rgandi, xo‘rsindi, to‘qnashdi, hazillashdi, faxrlandi kabi fe’llar ham tarkibida 
maxsus nisbat yasovchi affiks ishtirok etmagani sababli aniq nisbatda deb qaraladi. 
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi 
 
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik – fe’lning asosiy belgisidan biri. Chunki fe’l nutqda yo bo‘lishli, yo bo‘lishsiz 
shaklda bo‘ladi. Bo‘lishli shakl yuz bergan/ berayotgan/ beradigan, bo‘lishsiz shakl esa yuz 
bermagan/bermayotgan/bermaydigan harakatni ifodalaydi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nosini ifodalashda 
geterogen (har xil) tabiatli, ya’ni turli sathga mansub lisoniy birliklar ishtirok etadi. [-ma][-may][-maslik
morfologik ko‘rsatkichidan tashqari, [na] nomustaqil so‘zi ham ishtirok etadi. Ayrim adabiyotda [yo‘q]
[emas] inkor ifodalovchi so‘zlarni ham shu siraga kiritadilar. Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki zikr 
etilgan so‘zlar fe’l kesim vazifasida kelgandagina inkor ifodalaydi va bu ma’noni ifodalash uchun fe’l 
bilangina cheklanmaydi. To‘g‘ri, nutqimizda kelgani yo‘qligini bilmayman tipidagi qurilmalarda [yo‘q
so‘zi ishtirok etadi. Biroq bu qurilma Kelgani yo‘q predikativ sintagmasining transformatsiyasi. Demak, 
baribir, [yo‘q] so‘zi kesimlikning inkor shakli bo‘lib qolaveradi.
Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo‘lish/bo‘lmasligini 
ko‘rsatish»dir. Bu kategoriyaning semantik qiymati bo‘lib, uning sintaktik tomoni kuchsiz. CHunki u o‘zi 
birikayotgan so‘zning birikish imkoniyatiga juda oz ta’sir qiladi (ya’ni uning hech, hech qachon birliklari 
bilan birikuviga olib keladi, xolos).
Bo‘lishlilik nol shakl orqali ifodalanadi. Bu nol shakl ham boshqa kategoriyalar nol shakli kabi 
xususiyatga ega bo‘lib, bo‘lishsizlikni ham ifodalashi mumkin. Masalan, Yozadi-ya, yozadi («yozmaydi» 
ma’nosida). 
Demak, bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasining UGMsi «harakatning sodir bo‘lish/bo‘lmasligini fe’l 
birikuvchanligiga kuchsiz ta’sir ko‘rsatish asosida ifodalash» bo‘lib, bu UGM [0], [-ma][-may/masdan][-
maslik]  ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. 

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling