4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


 Yetakchi fe’l (mustaqil fe’l); 2. Ko‘makchi


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

1. Yetakchi fe’l (mustaqil fe’l); 2. Ko‘makchi fe’l (yordamchi fe’l) 



Mustaqil ma’noga ega bo‘lib, ko‘makchi fe’lni boshqarib keluvchi fe’llar yetakchi fe’l deyiladi. 
Harakatning davomiyligi yoki qisqaligi, muntazamligi yoki kutilmaganligi, shaxs yoki narsaning harakatni 
bajara olish yoki bajara olmaslik kabi o‘nlab ma’nolar-ni ifodalaydigan fe’llar ko‘makchi fe’llar 
hisoblanadi.
Harakat tarzi shakllarida yetakchi fe’l ko‘makchi fe’ldan oldin keladi va asosiy ma’noni ifodalaydi. 
Ko‘makchi fe’l esa turli yordamchi ma’nolar uchun xizmat qiladi. Yetakchi fe’l ko‘makchi fe’lga -b, -ib, -
a, -y ravishdosh qo‘shimchalari yordamida birikadi. Masalan, qizarib ketmoq, saqlab qolmoq, yiqila 
yozmoq, o‘qiy boshlamoq 
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida yetakchi fe’l o‘zgarmas qism sanaladi, chunki tuslovchi qo‘shimchalar 
ham, fe’lning xoslangan shakli qo‘shimchalari ham doimo ko‘makchi fe’l tarkibida joylashadi. Masalan, 
qizarib ketdim, qizarib ketding, qizarib ketdi.
Harakat tarzi shakllariga bo‘lishsizlik qo‘shimchasi 3 xil qo‘shiladi.
1. Yetakchi fe’lga qo‘shiladi: o‘qimay yurdi 
2. Ko‘makchi felga qo‘shiladi: o‘qib yurmadi 
3. Har ikkala qismga birgalikda qo‘shiladi: o‘qimay yurmadi
Bunda uchinchi holatda tasdiq ma’nosini ifodalagan. 
O‘zbek tilida doimiy ko‘makchi fe’llar yo‘q. Ko‘pgina fe’llar matn mazmunidan kelib chiqib bir o‘rinda 
yetakchi fe’l bo‘lib kelsa, ikkinchi bir o‘rinda ko‘makchi fe’l vazifasini bajaradi. Masalan, yozib ko‘rmoq 
(yozmoq-yetakchi fe’l) - yiqila yozmoq (yozmoq-ko‘makchi fe’l) yoki qolib ketmoq (qolib- yetakchi fe’l) - 
ketib qolmoq (qolmoq-k-chi fe’l). 
Ba’zan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida ko‘makchi fe’l birdan ortiq ham qo‘llanishi mumkin. 
Masalan, o‘qib berib turaytib berib tura qol.
Yetakchi fe’l esa, odatda, bir so‘z bilan ifodalanadi. Bu so‘z sodda yoki qo‘shma fe’l bo‘lishi mumkin. 
Masalan, saqlab qolmoq, sotib olib qo‘ymoq, taklif qilib qo‘ymoq 
Ba’zan yetakchi fe’l uyushib, birdan ortiq shaklda bitta ko‘makchi fe’lni tobelashtirib keladi. Masalan, Yil 
sayin xo‘jaligimizning yeri kengayib, texnikasi ko‘payib, odamlari o‘sib bormoqda. Ushbu gapda uchta 
yetakchi fe’l (kengayibko‘payib,o‘sib) bitta ko‘makchi fe’lga (bormoqda) bog‘langan.
Harakat tarzi shakllari juft shaklida ham ifodalaniladi. Bunda yetakchi va ko‘makchi fe’lni bog‘lovchi 
ravishdosh qo‘shimchalari tushib qoladi. Masalan, yozdi-oldi – yozib oldi, o‘qidi-yurdi – o‘qib yurdi, 

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling