4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari
Download 499.55 Kb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsad mayli
Buyruq-istak mayli shakllarining asosiy xususiyati – so‘zlovchining istagi bilan bog‘liq holdagi
harakatga undash, shu harakatga da’vat etish, qo‘zg‘atishni ifodalash. U [-ay], [-gin], [-sin], [-aylik], [-ing] shakllari orqali yuzaga chiqadi: (boray), (borgin), (borsin), (boraylik), (boring(izlar)) kabi. Ifodalovchilar birlik va ko‘plikda, shaxs va sonda farqlanadi. Buyruq-istak maylida: a) sof buyruq, da’vat, iltimos; b) istak ma’nolari qorishadi. Birinchi ma’no ikkinchi ((yo‘qoling), (yondiring), (kuldirmagin)) va uchinchi shaxsga (borsin, borsinlar), ikkinchi ma’no esa so‘zlovchining o‘ziga qarata (boray, aytay) ifodalanadi. Buyruq-istak mayli ifodalovchilari bundan boshqa ma’nolarni («to‘siqsizlik», ma’no kuchaytirish va h.) ifodalashi ham mumkin. Ammo unda mayl UGMsi tajallisi bo‘lmaganda mayl ma’nosi doirasida o‘rganilmaydi. Maqsad mayli subyektning kesimdan anglashilgan harakatni bajarish maqsadini, niyatini, mo‘ljalini bildiradi: (bormoqchiman), (bormoqchisan), (bormoqchi); (bormoqchimiz), (bormoqchisiz), (bormoqchilar). Maqsad mayli ma’nosi [-moqchi], [-moqchi edi] ko‘rsatkichlari yordamida ifodalanadi: U hozir hammaning kallasini g‘ovlatgan shum xabarni yo hech o‘ylamayapti, yoki bu gapning menga sira daxli yo‘q, deb ko‘rsatmoqchi. (A.Mux.) Domlaning yer olgani rost, buni Saidiyga bildirmoqchi emas edi. (A.Qah.) Zamon shakllari, ularning UGMsi va XGMsi. «Payt valentligiga ta’sir etish orqali kesimni shakllantirishda ishtirok etish va undan anglashilgan voqelikning nutq momentiga munosabatini ifodalash» - zamon kategoriyasi (qisq. ZK) ning UGMsi. Fe’lda bu UGMdagi voqelik uzvi harakat tarzi ko‘rinishida xususiylashadi. Voqelikning nutq momentiga munosabatiga qarab uch xil zamon farqlanadi: a) nutq momentigacha bo‘lgan voqelik – o‘tgan zamon; b) nutq momentidagi voqelik – hozirgi zamon; d) nutq momentidan keyin bo‘ladigan voqelik – kelasi zamon. Shu boisdan zamon UGMsining uchta xususiy ko‘rinishi farqlanadi: 1) o‘tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Ularni ifodalovchi shakllar ham shunga muvofiq uch guruhga ajratiladi. Download 499.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling