Hol ko‘proq gap markazi kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning


Download 314.21 Kb.
bet1/8
Sana04.02.2023
Hajmi314.21 Kb.
#1161080
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ikkinchi darajali bo\'laklar

HOL

HOL

Hol ko‘proq gap markazi – kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o‘rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakdir. Hollar qanday?, qanday qilib?, qay tarzda?, qayerda?, qayerga?, qayerdan?, qachon?, nega?, nima uchun?, qancha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.

M: Nodonga yuz aytsang ham, befoyda.

Kechqurun salqin bo‘ldi, ertalab shudring tushdi.

To‘g‘ri yursang, murodingga oson yetasan.

ESLATMA: Hollar ravish so‘zlar bilan, kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so‘z va undovlar bilan, fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. Hollar sodda (bir so‘zdan iborat) va murakkab (ikki va undan ortiq so‘zdan iborat) tuzilishga ega bo‘ladi.

ESLATMA: Hollar ravish so‘zlar bilan, kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so‘z va undovlar bilan, fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. Hollar sodda (bir so‘zdan iborat) va murakkab (ikki va undan ortiq so‘zdan iborat) tuzilishga ega bo‘ladi.

M: Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi.

O‘g‘lining to‘yini ko‘rolmadi bechora, dunyodan ko‘zi ochiq ketdi.

Sharifa bilan Nasiba arazlashganda Durdona ularni yarashtirib qo‘ydi.

O‘rin holi

O‘rin holi

Ish-harakatning o‘rnini bildirib, qayerga?, qayerdan?, qayerda? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘lgan bo‘lak o‘rin holi deyiladi. O‘rin holi o‘zi ergashgan so‘zga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. O‘rin holi makon-zamon (jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish) kelishigidagi so‘zlar yoki ko‘makchili otlar va o‘rin ravishlari bilan ifodalanadi.

M: Poyezd bizni Toshkentda qoldirib, Moskavaga yo‘l oldi.


Download 314.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling