Qaratqich-aniqlovchi qaralamish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi: Qaratqich-aniqlovchi qaralamish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi: 2. Qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi: (direktor xonasi ) 3. Qaratqich va qaralmish belgisiz keladi: (o‘rik danak, yong‘oq mag‘iz) 4. Qaratqich belgili, qaralmish belgisiz keladi: (bizning qishloq) Qaratqich-aniqlovchi quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: Qaratqich-aniqlovchi quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: a. Ot bilan: Dutor torlarining jarangi Zumradning tovushiga qo‘shilib ketdi. b. Otlashgan sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda. c. Otlashgan son bilan: Birining ko‘zi qora, ikkinchisining ko‘zi ko‘k edi. d. Olmosh bilan: Bizning eshon – kabobpazlarning piri. e. Otlashgan sifatdosh bilan: So‘raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora. f. otlashgan undov, taqlid so'zlar bilan: Bolalar qiy-chuvining ovozi shu yergacha yetib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |