Shu yerdan boshlanur daryo va quyosh. Payt holi Payt holi Ish-harakat yoki holatning paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan beri?, qay vaqt? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol payt holi deyiladi. Payt holi ko‘pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodalanadi.Bundan besh yil ilgari, o‘sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so‘z birikmalari ham gapda birgina payt holi sanaladi. M: Siz kechqurun yotish oldidan ko‘chada sayr qiling. Sal o‘tmay Shirinoy daladan qaytib keldi. Po‘latjon juda erta uyg‘ondi. Ravish holi Ravish holi Ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qanday qilib?, qanday ahvolda?, qay tarzda? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol ravish holi deyiladi. Ravish (tarz) holi ravish, fe’l va ko‘makchili otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Demak, u ko‘pincha o‘zi ergashgan so‘zdan oldin keladi. Yig‘lab-yig‘lab marza olsang, o‘ynab-o‘ynab sug‘orasan. ESLATMA: Ko‘makchilar yordamida shakllangan vositali to‘ldiruvchilar bilan xuddi shu ko‘rinishda shakllangan ravish hollari savollariga qarab farqlanadi. ESLATMA: Ko‘makchilar yordamida shakllangan vositali to‘ldiruvchilar bilan xuddi shu ko‘rinishda shakllangan ravish hollari savollariga qarab farqlanadi. M: Paxta mashina bilan terildi. (nima bilan? to‘ldiruvchi). Paxta havas bilan terildi. (qay tarzda? ravish holi) Daraja – miqdor holi Ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha?, nechta?, necha marta?, qay darajada? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lgan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Daraja-miqdor hollari sonlar bilan, miqdor ravishlari bilan, marta so‘zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |