c. Ot yoki fe’llardan keyin uchun, deb, maqsadida, maqsadi bilan kabi so‘zlarni keltirish bilan: M: Gulnor opa bafurja gaplashish maqsadida keldi. TO‘LDIRUVCHI TO‘LDIRUVCHI Gapning biror bo‘lagiga (ko‘pincha kesimga) boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uni to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi. M: Vodiylarni, tog‘larni oshib, Dalalarda yolg‘iz adashib, kelib qoldi yurtingga Omon. To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: a. Ot bilan: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi. Mansurov odamlar bilan xayrlashdi. b. Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. c. Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo‘shsak o‘n bo‘ladi. c. Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo‘shsak o‘n bo‘ladi. d. Sifatdosh bilan: Bilmagandan bilgan yaxshi, tog‘ri ishni qilgan yaxshi. e. Harakat nomi bilan: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmaydi. f. Taqlid so‘z bilan: Taqir-tuqiringni yig‘ishtir. g. Modal so‘z bilan: Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi. ESLATMA: To‘ldiruvchi, boshqa gap bo‘laklari kabi, birikmali holda ham qo‘llanadi, to‘ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo‘lgan fikr ravshanlashadi. ESLATMA: To‘ldiruvchi, boshqa gap bo‘laklari kabi, birikmali holda ham qo‘llanadi, to‘ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo‘lgan fikr ravshanlashadi. M: Men uning go‘zal siymosidan qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘rardim. To‘ldiruvchi ikki xil bo‘ladi: To‘ldiruvchi ikki xil bo‘ladi: a. Vositasiz to‘ldiruvchi – o‘timli fe’llarga bog‘lanib, belgili va belgisiz tushum kelishigi qo‘shimchasi –ni bilan shakllanib, kimni?, nimani? so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘zlar vositasiz to‘ldiruchi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |