Glossariy abjad- son tushunchasini harflar bilan ifoda etish. Alifi maqsura


Download 15.32 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi15.32 Kb.
#1299464
Bog'liq
portal.guldu.uz-Eski o`zbek yozuvidan glossariy


GLOSSARIY
Abjad- son tushunchasini harflar bilan ifoda etish.
Alifi maqsurayozuvda yoziladi, ammo talaffuz qilinmaydi.
Izg‘i – arab alifbosidagi zo harfi.
Izofa – aniqlovchi va aniqlanmish, qaratqich va qaralmish munosabatlarini ifodalovchi tushuncha.
Isloh – tuzatish, o‘zgartirish degan ma’noni anglatadi.
Itqi – arab alifbosidagi to harfi.
Kalligrafiya – tub ma’nosi husnixat, chiroyli yozuv degani.
Kasiba – to‘rt yilda bir marta keladigan 29 kunlik fevral oyi.
Kasra arab satr usti belgisi, qisqa i- unlisini bildiradi.
Kufiy – arab xati turi, Kufa shahrida VII asrda asos solingani uchun xati kufiy deyiladi.Qur’on nushasi ham dastlab kufiy harflarda ko‘chirilgan.
Kotib – yozuv bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
Lutf – yumshoq, yaxshi muomila.
Madda arab satr ustki belgisi, harfni cho‘zib o‘qishga ishora qiladi.
Ma’qaliy – arab xati turi.
Muttasil harflar – har ikki tomondan qo‘shilib yoziluvchi harflar.
Mo‘nfasil harflar – o‘zidan oldingi harfga qo‘shilib, keyingisiga qo‘shilmaydigan harflar.
Nasx – arab xati turi, “to‘g‘ri” degan ma’noni bildiradi.
Nastaliq – arab xati turi, “nasx” va “ta’liq’’xatlarining o‘zaro birikuvidan vujudga kelgan yozuv turidir.
Pish – fors diakritik belgisi harakat ham deyiladi, o‘- qisqa unlisini ifodalaydi.
Qamariy harflar – arabcha oy harflari, ular 14 ta.
Riqo – arab xati turi.
Sukun – arab satr ustki belgisi, undosh harf ustiga qo‘yiladi.
Suls – arab xati turi bo‘lib arab tilida “uchdan bir” degan ma’noni anglatadi.
So‘g‘d (Opomiy) – O‘rta Osiyodagi qadimgi yozuv turiidir.
Ta’liq – arab satr turi bo‘lib, taliq ya’ni osilib turuvchi, ilingan yozuv uslubi bo‘lib XV asrda ijod etilgan.
Tavqe’ – arab xati turi.
Tanvin – arab satr usti belgisi, alif harfiga qo‘yiladi, fathali tanvin-an o‘qiladi, kasrali tanvin-in, zammali tanvin-un o‘qiladi.
Tashdid – arab satr usti belgisi, “kuchaytirish” degan ma’noni ifodalab, bu belgi ostidagi undosh ikkilantirib o‘qiladi.
Transliteratsiya – muayyan bir xalq alifbosi asosidagi xatni ikkinchi bir xalq imlosiga o‘tkazishdir. Tildan tilga o‘girish tarjima bo‘lsa, bir alfavitdan ikkinchi alfavitga o‘tkazish transliteratsiyadir.
Uyg‘ur yozuvi – O‘rta Osiyodagi qadimgi yozuv turi.
Vasla – arab satr usti belgisi, “qo‘shish” degan bildiradi, aniqlik shaklini bildiradi.
Xattot- arab imlosida chiroyli husnixat bilan yozuvchi kishidir.
Xorazm yozuvi – O‘rta Osiyodagi qadimkgi yozuv turi.
Yozuv – insoniyat tafakkuri yaratgan ma’naviy boyliklarni asrlardan asrlarga, avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi bebaho vosita. U insonning eng oliy kashfiyotlaridan biri.
Zabar fors diakritik belgisi,a- qisqa unlisini ifodalaydi.
Zamma – arab satr usti belgisi, qisqa u- unlisini bildiradi.
Zir – fors diakritik belgisi, harakat ham deyiladi, e- qisqa unlisini ifodalaydi.
O‘rxun-enasoy – O‘rta Osiyodagi qadimgi yozuv turi.
Shamsiy harflar – arabcha quyosh harflari, al-artiklidan keyin ikkilantiriladi.
Shikastefors xat turi, “siniq” degan ma’noni anglatadi.
Fatha – arab satr usti belgisi, qisqa a unlisini bildiradi.
Hamza- arab satr usti belgisi, unli bilan undosh tovushni bir-biridan ajratadi.
Hoye - havvaz arab alifbosidagi eng yumshoq talaffuz qilinuvchi ”h” harfi.
Hoye – hutti - arab alifbosidagi o‘rtacha yumshoq talaffuz qilinuvchi ”h” - harfi.
Harakatlar – qisqa unlilarni ifodalovchi diakritik belgilar.
Download 15.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling