4-ma’ruza. Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari Reja: Fe’lning tasniflovchi kategoriyalari


Download 499.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi499.55 Kb.
#1528078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-ma\'ruza. Fe\'lning kategoriyalari.

yozib qo‘ymadi, yozmay qo‘ymadi
Eslatma! Ayrim fe’llarning qo‘shma fe’l yoki ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ekanligini nutq mazmuni 
belgilaydi. Jumladan, sotib olmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq kabi fe’llar shunday xususiyatga ega. 
Masalan, Ahmad kitob sotib oldi. Savdogar bayram bahonasida mahsulotlarini sotib oldiBu misollardagi 
sotib olmoq – “xarid qilmoq” va sotib olmoq – “tez va osonlik bilan pullamoq” boshqa-boshqa hodisalardir. 
Birinchisida ikki mustaqil fe’l qatnashgan bo‘lsa, ikkinchisida bir mustaqil va bir yordamchi fe’l 
qatnashgan (bu yerdagi sotmoq “pullamoq” ma’nosida). Bu holatni olib kelmoq fe’li misolida ham ko‘rish 
mumkin. Masalan, Saida yuklarini uyiga olib keldi. U uzoq yillar kasalligi sababli muntazam ukol olib 
keldi. Bunda ham birinchi misolda ikki mustaqil fe’l ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchisida qo‘llangan olib 



keldi  fe’lida “kelmoq” so‘zi “davomiylik” ma’nosini ifodalagan ko‘makchi fe’l hisoblanadi. 
Mayl shakllarining nutqiy voqelanishi. 
Mayl kategoriyasi (qisq. MK) «kesimdan anglashilgan voqelikning borliqqa munosabatini ifodalash 
va gap kesimini shakllantirishda ishtirok etish» UGMsiga ega. MK UGMsida mayl kategorial ma’nosiga 
har doim zamon kategoriyasi ma’nosi yondosh.
MK ifodalayotgan munosabat rang-barang bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uning quyidagi turi 
ajratiladi: a) xabar mayli; b) shart mayli; d) buyruq-istak mayli; e) maqsad mayli
Xabar mayli harakat/holat yoki hodisani uning bajarilish vaqti bilan ifodalaydi. Unda bajarilish 
haqida xabar mavjud. SHuning uchun bu mayldagi fe’l, albatta, biror zamon shaklida bo‘ladi: keldi, 
kelyapti, keladi
Xabar mayli biror ko‘rsatkichga ega emas. U fe’lning zamon ko‘rsatkichi orqali yuzaga chiqadi. 
Xabar mayli va zamon ma’nosi yig‘iq ifodalanishga ega. 
Shart mayli [-sa], [-sa edi], [-ganda edi], [-gan ekan] shakllari orqali hosil qilinadi: borsam, 
borsang, borsa, borsangiz, borsalaringiz, borsangizlar, borsalar; borganda edi va h. Misollar: Mana bu 
kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi. (A.Qah.) Ertoev bir nimani sezmasa, bunchalik 
talvasaga tushmas edi. (O.Yoqub.) Bizning bunday ulug‘ kunga erishganimizni otamiz ham ko‘rganda
qanday quvonar edi. (Iboxon.) Men ham doim qishloqda turganimda, mashinani o‘rganib olardim. 
(H.Naz.) Tuzalsa edi, odamlardek yura olsa, boshiga ko‘tarardi. (S.Ahm.) Qaerdaki ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ekan, u yerda muvaffaqiyat qo‘lga kiritiladi. («O‘zb.ov.» ) Ishlab chiqqan 
mebellarimiz uylaringizni qanchalik yaxshi bezatar ekan, biz shunchalik xursand bo‘lamiz. («Qarshi 
univers.») Istiqlol mendan fermer bo‘lishni talab qilgan ekan, men bu vazifani a’lo darajada uddalashga 
va’da beraman. («Qashq.»)
[-sa] shaklining «shart» ma’nosidan tashqari ifodalaydigan yana qator ma’nolari («payt», «istak», 
«iltimos», «sabab», «to‘siqsizlik» kabi) mavjud, ular shart mayli doirasida qaralmaydi. 

Download 499.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling