Kitobxon. Com Uo‘K


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1486107
  1   2   3
Bog'liq
xrpt ppskvtvvs1bt81hn8gg7a62ilc9h5gukydvjxg7f88z5y7iudopekhmyjk6espogtapghllejb9




Kitobxon.Com


UO‘K: 821.512.133-3
KBK 84(5O‘)6
M-22
Malik, Tohir
Alvido... bolalik: yoxud to‘rt taqdirning to‘liq bayoni /
Roman. – T.: Yangi asr avlodi, 2015. – 504 b.
ISBN 978-9943-27-383-2
Bolalik – umrimiz bahori, orzu-umidlarimiz bilan ulg‘ayadigan
eng jo‘shqin va haroratli damlar. Bolalik, umrimiz mazmunini,
qo‘yingki, butun hayotimizni belgilab beruvchi shunday bir nozik
pallaki, bu davrda biz yaqinlarimizning alohida e’tiboriga ehtiyoj
sezamiz. Agar bunday fursatlarda ozgina e’tiborsizlik holatlari
kuzatilsa-chi?
Taqdim etilayotgan kitobda aynan shu jarayon bilan bog‘liq
holatlarni yozuvchi hayotiy, real voqea-hodisalar asosida yoritib
bergan
UO‘K: 821.512.133-3
KBK 84(5O‘)6
ISBN 978-9943-27-383-2
© Tohir Malik. 
«Alvido... bolalik: yoxud to‘rt taqdirning to‘liq
bayoni
». «Yangi asr avlodi», 2015-yil.
Kitobxon.Com


MUALLIF IZOHI
Nihoyatda shafqatli va mehribon Alloh taoloning
nomini dilimga jo qilib boshlayapman.
Bizlarga to‘g‘ri yo‘lni aniq ko‘rsatib bergan,
ko‘zlarimizdan esankirash pardasini olib tashlagan
ya robbimiz Alloh, yolg‘iz senigina madh etamiz.
Bashoratchi, ogohlantiruvchi, buyrug‘ingga binoan
diningga da’vat etuvchi va yorug‘ nurdek yo‘limizni
yorituvchi rasulingga duo va salomlar yo‘llaymiz.
Sening roziliging uchun Islom dinini quvvatlantirish
yo‘lida xizmat qilgan muhtaram sahobalarga, ularga
boshpana bergan ansorlarga ham duo va salomlar
bo‘lsin.
Assalom-u alaykum, ardoqli kitobxon!
Ma’lumingizki, «Alvido... bolalik» asari o‘tgan asr-
ning saksoninchi yillarida yozilgan edi. Toshkentning
Qoraqamish dahasida sodir bo‘lgan bir jinoyat aso-
sida o‘smirlar va ularning jinoyat olamiga kirib
kelishlari xususida fikr yuritilgandi. O‘shandan beri
oradan chorak asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi. Bu vaqtda
olam o‘zgardi, odamlarning dunyoqarashlari o‘zgarishi
barobarida jinoyat olami ham yangilandi. Jinoyatchilik
keskin o‘sdi, yanada vahshiylashdi, turlari ham
ko‘paydi. Jinoyat olami doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. U
ayrim o‘smirlarni, yoshlarni o‘ziga ohanraboday
tortadi. Yigirma birinchi asrda bu jarayon qanday
kechyapti? Aziz yoshlarimiz jinoyat olamining
to‘rlariga qay tarzda tushib qolyaptilar? Shu
savollarga javob topish maqsadida «Alvido... bolalik»ni
yana qo‘lga oldim. Uning «aholisi»ni yangi asrga, yangi
olamga ko‘chirdim. Asror ham, Qamariddin va uning
onasi ham endi o‘quvchilarga boshqacha qiyofada
ko‘rinad i. Asar k engayib , yangi qahramonlar
3
Kitobxon.Com


4
qo‘shilgani sababli uning nomini ham o‘zgartirish
maqsadga muvofiq ko‘rildi.
Aziz muxlislarimizni shaytanatning yana bir olami
bilan tanishtirish bahonasida suyukli o‘smirlarimizni,
yoshlarimizni bu zulmat olamidan asrash – biz
kattalarning muqaddas burchi ekanini eslatib
qo‘ymoqchiman, xolos.
Alloh tarbiyaga doir qilayotgan ishlarimizning xayrli
oqibatini berib, barcha halovatli va fayzli xona-
donlarni bu qora olamning changalidan asrasin.
Omiyn!


5
Bismillahir Rohmanir Rohiym!
«...Albatta, Alloh odamlarga hech zulm
qilmas, lekin odamlar o‘zlariga zulm
qilurlar» (Yunus surasidan).
«...zulm qilganlar azobni ko‘rgan vaqtla-
rida ulardan u yengillatilmas va ularga
muhlat ham berilmas» (Nahl surasidan).
«...yomonliklarni qilib yurib, birlariga
o‘lim yetganda: «Endi tavba qildim», degan-
larga va kofir hollarida o‘lganlarga tavba
(qaytish) yo‘q. Ana o‘shalarga alamli azob-
larni tayyorlab qo‘yganmiz» (Niso sura-
sidan).
«Ey Odam farzandi! Biror zaif insonga
zulm va zo‘ravonlik qilishga nafsing seni
chorlasa, undan burun hamisha o‘zing-
dan ko‘ra qudratliroq Zot borligini esla.
O‘sha Zot seni haligi zaif insondan zo‘rroq
qilib qo‘ygani kabi, xohlasa uni ham sen-
dan zo‘rroq qilib qo‘yishi mumkin» («Hadisi
qudsiy»dan).
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar:
«Zulmdan tiyiling, zero zulm – Qiyomat
kunining zulmat va qorong‘iliklaridir» (Jobir
ibn Abdullohdan).


6

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling