40. Ko’makchi fe’lli so’z shakli qo’llangan gapni aniqlang.
A) Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi.
B) O’tgan safargiday yutib qochish yo’q.
C) Menga bergan va’dalari sedan chiqib,
Ostonasi tillo yutni ko’zlab borar.
D) Kim bo’lib ishlashini, qancha topishini so’rab-surishtir, yoqsa, keyin rozi bo’l.
41. –gudek qo’shimchasi orqali hosil qilingan fe’lning vazifaviy shakli…
A) sof fe’l B) harakat nomi
C) sifatdosh D) ravishdosh
42. Qaysi gapda qolmoq ko’makchi fe’li harakatning tasodifan, kutilmaganda yuz berishi ma’nosini bildiradi?
A) Qanday qilib bu xat qo’lingga tushib qoldi?
B) Nafas olsa, dilkashidan ayrilib qoladigandek jim eshitdi.
C) Yur tezroq, vagondan joy olib qolaylik.
D) Domla, keling, shu “uch”imni qo’yib bera qoling.
43. O’pkalandi so’zi qaysi nisbatda?
A) majhul nisbatda B) aniq nisbatda
C) o’zlik nisbatda D) orttirma nisbatda
44. Sifatdoshni aniqlang.
A) o’rgan B) oqarmoq
C) bo’lishga D) yugurgilagancha
45. Sifatdosh ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Bildirmasdan olsa bo’ladi-ku!
B) Onam bilgani yaxshi bo’lmadi.
C) Ko’rdim-u, chaqirgani jur’at qila olmadim.
D) Menga do’q urgani kelmagandirsan, har holda?!
46. Qaysi gapdagi sifatdosh shaklini harakat nomi shakli bilan almashtirish mumkin.
A) O’lmagan qul, mana oshga ham yetib keldik.
B) Meni bozorda ko’rib qolganingni hech kimga aytma.
C) Senday olim bo’lgandan bitboqar bo’lgan yaxshiroq.
D) Bo’lar ish bo’ldi, endi yig’lashdan foyda yo’q.
47. Aytib berib tura qol birikuvi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?
A) aytib berib – ko’makchi fe’l, tura qol – mustaqil fe’l
B) aytib berib tura - mustaqil fe’l, qol - ko’makchi fe’l
C) aytib berib - mustaqil fe’l, tura qol - ko’makchi fe’l
D) aytib - mustaqil fe’l, berib tura qol - ko’makchi fe’l
48. Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini anglatuvchi ko’makchi fe’l…
A) uddalamoq B) bilmoq C) olmoq D) B va C
49. Fe’lning noaniq shaklini aniqlang.
A) o’qimoq B) o’qirman C) o’qib D) o’qilgan
50. Asosdan anglashilgan harakatning tarzini bildiruvchi ko’makchi fe’lni aniqlang.
A) o’tirmoq B) boshlamoq C) tashlamoq
D) barchasi harakatning bosqichini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |