26. Payt ravishdoshi shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni aniqlang.
1) -(i)b 2) -gach 3) -a 4) -gancha
5) -gani 6) -y 7) -guncha
A) 1,2,3,6,7 B) 2,4,7 C) 4,5 D) 2,7
27. Holat ravishdoshi shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni aniqlang.
1) -(i)b 2) -gach 3) -a 4) -gancha
5) -gani 6) -y 7) -guncha
A) 1,2,3,6,7 B) 1,3,4,6 C) 1,3,5,6 D) 2,7
28. Ravishdoshning tuslanadigan shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni aniqlang.
1) -(i)b 2) -gach 3) -a 4) -gancha
5) -gani 6) -y 7) -guncha
A) 1,2,3,6,7 B) 1,3,4,6 C) 1,3,6 D) 2,7
29. Ravishdoshning bo’lishsiz shaklini hosil qiluvchi qo’shimchani aniqlang.
A) –maslik B) –ma
C) –mas D) to’g’ri javob yo’q
30. Noto’g’ri mulohazani aniqlang.
A) Ham o’timli, ham o’timsiz fe’llardan orttirma nisbat shakli hosil qilish mumkin.
B) Ham o’timli, ham o’timsiz fe’llardan majhul nisbat shakli hosil qilish mumkin.
C) Ham o’timli, ham o’timsiz fe’llardan o’zlik nisbat shakli hosil qilish mumkin.
D) Barchasi to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |