Fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari Mundarija: Kirish I bob Fe'l so'z turkumining o'rganilish tarixi
Download 76.83 Kb.
|
Fe\'lning boshqa turkumlarga monand shakllari
+ gach, oz + gach, ishla + gach kabi; e) tush + kach (tushgach yoziladi),
kes + kach (kesgach yoziladi) kabi. Bu allomorfemalarda g fonemasining g, k, q allofonemalari yuzaga keladi (Tarixan -g‘ach allomorfemasi ham mavjud bo‘lgan, bu allomorfema tarkibida g fonemasining g‘ allofonemasi ham namoyon bo‘lgan: .. pinhon bo‘lg‘ach quyosh kabi). Ko‘rinadiki, bunday allomorfemalar asos oxiridagi fonemaning affiks boshlanishidagi fonemaga ta'siri natijasida yuzaga keladi. Bu affiks o‘zi qo‘shiladigan fe'l anglatadigan harakat tugagandan keyingina boshqa bir harakat boshlanishini ifodalaydi, shunga ko‘ra bu ravishdosh shaklidagi fe'l payt holi vazifasini bajaradi; bu ravishdosh shaklidagi fe'l ergash gap kesimi bo‘lib keladi deyish to‘g‘ri emas. Qiyos qiling: Bahor kelgach daraxtlar kurtak chiqara boshladi Bahor kelgandan keyin daraxtlar kurtak chiqara boshladi Daraxtlar bahor kelgach (bahor kelgandan keyin) kurtak chiqara boshladi. Demak, -gach affiksi kesimni emas, hol bo‘lakni shakllantirishga xizmat qiladi. 2) Ayrim fe'llardan -gani (tarixan -gali) affiksi bilan yasaladi. Bu affiks bilan yasalgan ravishdosh maqsad ma'nosini ifodalaydi (-sh uchun shakliga sinonim), shunga ko‘ra maqsad holi vazifasida keladi: Ko‘rgani (< ko‘rgali) bordik, Qachon jo‘nashingizni bilgani keldim kabi. Bu affiks ham -gach affiksida amal qiladigan qoidalar asosida -gani, -kani, -qani allomorfemalari shaklida namoyon bo‘ladi, demak, bu yerda ham g fonemasining g, k, q allofonemalari yuzaga keladi: Tabriklagani kelibdi, Papiros chekkani tashqariga chiqdi, G‘o‘zapoya yiqqani (yig‘gani yoziladi) ketdi kabi. 3) -guncha affiksi bilan yasaladi. Bu affiks o‘zi qo‘shilgan fe'l leksemadan anglashiladigan harakat boshqa bir harakat boshlanishigacha voqe bo‘lishini ifodalaydi: Dehqon bahor kelguncha ( kelgunga qadar) biroz nafasini rostlaydi kabi. Bu affiks bilan yasalgan ravishdosh shakli Uni kaltaklaguncha meni kaltakla kabi qurilmalarda -gandan ko‘ra analitik grammatik shakli kabi zidlash ma'nosini ifodalaydi. -guncha sifatdosh yasovchisining o‘ziga xos xususiyati shuki, -gun va -cha qismlari orasida nisbatlovchi ishlatish mumkin: Gapimni aytib bo‘lgunimcha sabr qiling kabi. Ushbu affiksning bu xususiyati -guncha qo‘shma affiks sifatida yaxlitlanmaganini, tarkibidagi chegara ma'nosini ifodalovchi –cha affiksi o‘z mustaqilligini saqlaganini ko‘rsatadi. Bu affiks ham -gach, -gani affikslarida amal qiladigan qoida asosida -guncha, -kuncha, -quncha allomorfemalari shaklida namoyon bo‘ladi, demak, bu yerda ham g fonemasining g, k, q allofonemalari yuzaga keladi: puli tugaguncha, qorong‘i tushkuncha (tushguncha yoziladi), uydan chiqquncha kabi. Fe'llikka xos navbatdagi shakl yasalishlarini bayon qilishga o‘tmay turib yuqorida tasvirlangan shakl yasalishlari to‘g‘risida ba'zi umumiy mulohazalarni ta'kidlaymiz. Fe'lning otdosh, sifatdosh, ravishdosh shakllari – o‘z yasovchilariga, o‘z ma'no va vazifalariga ega uch mustaqil hodisa. Bu uch shakl yasalishlarini "fe'lning funksional formalari", "fe'l turlari" deb nomlash ularning mohiyatini ifodalamaydi. Shuni hisobga olib "fe'lning boshqa turkumlarga monand shakllari" deb nomladik. 2. Turkumlarni ta'riflaganda ot leksemalar "predmetning nomi", sifat leksemalar "predmetning sifatiy belgisining nomi" deyilganidek fe'l leksemalarni ham "harakatning nomi" deyish tabiiy: fe'l ham nomlovchi turkum leksemasi. Shuni hisobga olib va sifatdosh, ravishdosh terminlariga monand holda "harakat nomi" deb kelingan hodisani fe'lning otdosh shakli deb nomladik.23 3. Bu uch shakl yasalishi sintaktik mohiyatga ega: bunday yasalishlar bilan fe'l leksemada ma'lum bir sintaktik vazifani bajarish xususiyati paydo bo‘ladi. Bu – har uch shakl uchun umumiy xususiyat. Shu xususiyatiga ko‘ra bunday shakl yasovchilari sintaktik mohiyatli shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Bulardan farqli holda fe'lning bo‘lishsiz shaklini yasovchi –ma affiksi morfologik mohiyatga ega. Sintaktik mohiyat nisbat, orttirma shakllarini yasovchi morfemalarga ham xos, lekin bu yerda sintaktik mohiyat ichki: leksema bilan tuziladigan sintaktik qurilmaga ta'sir o‘tkazadi, fe'l leksemaning sintaktik vazifa bajarishiga aloqasi yo‘q. 4.Fe'lning otdosh shakli ot turkumi leksemasi bajaradigan vazifalarda keladi, shunga ko‘ra hokim bo‘lak (ega) vazifasida ham, tobe bo‘lak (qaratuvchi, to‘ldiruvchi kabi) vazifasida ham ishlatiladi. Fe'lning sifatdosh, ravishdosh shakllari esa asosan tobe bo‘lak (sifatlovchi, hollovchi) vazifasida ishlatiladi. Sifatdosh otlashganda ot leksema bajaradigan vazifalar qatori ega bo‘lib ham keladi. Lekin ravishdoshga bunday xususiyat xos emas. Ravishdoshning o‘ziga xos vazifalari bo‘lib, ravish holi vazifasida kelishdan tashqari, mustaqil bo‘lmagan kesimni, uyushiq qatorning oldingi a'zosini shakllantiradi, mustaqil fe'lga ko‘makchi fe'lni bog‘lashda, hatto fe'l asosiga affiksni qo‘shishda ham qatnashadi. 5.Fe'lning otdosh, sifatdosh, ravishdosh shakllari fe'l leksemashakl tuzishda, affikslarning qo‘shilish tartibida ayni bir o‘rinni (pozitsiyani) har uch shakl yasovchilaridan har gal biri egallaydi; yonma-yon joylashmaydi. Ana shu xususiyatiga ko‘ra fe'lning otdosh, sifatdosh, ravishdosh shakllari o‘zaro paradigma hosil etadi deyish mumkin 6. Fe'lning otdosh shaklini yasovchi affikslar o‘zaro sinonimik munosabat hosil etadi. Sifatdosh shaklini yasovchi affikslar o‘zaro, ravishdosh shaklini yasovchi affikslar o‘zaro mazmun jihatdan asosan zamon semasi bilan birlashib, o‘ziga xos semalariga ko‘ra farqlanib ichki tizim hosil etadi. Faqat - gani (-gali) ravishdosh yasovchisi keskin farqlanib turadi: bu affiks ma'nosida zamon semasi yo‘q, maqsad ma'nosi ifodalanadi, shunga ko‘ra maqsad holi vazifasida keladi; tuslanmaydigan shakl bo‘lgani uchun bu affiksni mayl yasovchilari qatoriga o‘tkazib bo‘lmaydi. Fe'lning otdosh shaklini yasovchi morfemalar hozirgi o‘zbek tilida allomorfemalarga ega emas. -r sifatdosh yasovchisi bo‘lishsiz shakldan keyin -s allomorfemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu allomorfemalar kelib chiqishi jihatidan birlashsa ham (r > z > s ), hozirgi o‘zbek tilida mustaqil allomorfemalar sifatida baholanadi; lekin shu asosda r va s tovushlarini r fonemasining allofonemalari deyish qiyin. -a ravishdosh yasovchisi ovoz tovushdan keyin -y shaklida qo‘shiladi; o‘zaro bog‘lash qiyin bu ikki tovush ayni bir morfemaga ifoda jihati bo‘lib kelayotgani sababli -a va -y ifodalari bir morfemaning allomorfemalari deyiladi, lekin a va tovushlarini a fonemasining allofonemalari deyish qiyin. g fonemasi bilan boshlanadigan -gan, -gusi sifatdosh yasovchilarida, -gach, -gani, -guncha ravishdosh yasovchilarida asos bilan affiks orasida voqe bo‘ladigan fonetik jarayon bu affikslarning k, q tovushlari bilan boshlanadigan allomorfemalarini yuzaga keltiradi; bu yerda g fonemasining g, k, q allofonemalari to‘g‘risida gapirish mumkin. Xulosa Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki har bir tilning o`ziga yarasha tadqiq etish uchun dolzarb muammolari bordir. Shularni aytishimiz o`rinliki bu mavzuni tadqiq etish davomida o`zim uchun juda kerakli ma`lumotlarni bilib oldim. Fe’l so’z turkumi va undagi ayrim o`ziga xosliklar ayniqsa formalari va funksional shakllari haqida atroflicha ma`lumotlarni imkon qadar tadqiq etdik. Ushbu mavzu qadimdan tilshunoslarni qiziqtirib kelgan va bu xususda o`ziga yarasha amaliy ishlar qilinganligini guvohi bo`lamiz. Aslida o’zbek tilshunosligi o’zining uzoq tarixiga ega. Tilshunoslik sohasida qalam tebratgan allomalarimiz o’zlarigacha bo’lgan jahon olimlarining ilmiy merosidan bahramand bo’lishlari bilan birga, jahon tilshunosligining ravnaqi uchun ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar. Bizga ma’lumki fe’l so’z turkumi bo’yicha juda ko’p ishlar qilingan. Buni biz X-XI asrlarda Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lo’g’atit turk”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asarlarida, XIV-XV asrlarda esa A.Navoiyning “Muhokamat ul lug’atayin”, Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma” asarlarida ko’rishimiz mumkin.Bundan tashqari XX asrda Abdurauf Fitratning fe’l so’z turkumi bo’yicha o’quv qo’llanmalari va darsliklarini ko’rishimiz mumkin. A.Hojiyevning fe’l so’z turkumiga bag’ishlangan bir qator “Fe’l” “O’zbek tilida ko’makchi fe’llar” “to’liqsiz fe’llar”, monografiyalari, maqolalari, M.Sodiqovaning “fe’l stilistikasi”, Sh.Shukurovning “ fe’l tarixidan” “O’zbek tilida fe’l mayllari taraqqiyoti”, Sh.Rahmatullayevning “o’zbek tilida fe’l zamonlari taraqqiyoti”, “O’zbek tilida fe’l frazemalarining bog’lashuvi”, Usmon Sanaqulovning fe’l so’z turkumi haqidagi maqolalarini kiritishimiz mumkin. Hozirgi turkiy tillarda mayl va zamon formalarini o’rganishga bag’ishlangan ayrim maqolalardan tashqari monografiyalar yaratilganligiga qaramasdan, bu masala chalkash va munozaralidir. Mayl va zamon formalari turli mualliflar tomonidan turlicha klassifikasiya qilinib, har xil nomlar bilan ataladi. Turkologiyada mayl va zamon formalari tarixi yetarli darajada o’rganilmagan. Qadimgi yodgorliklar tilida iste’molda bo’lgan mayl va zamon formalarini o’rganish sohasida D. M. Nasilovning qadimgi uyg’ur tiliga oid matnlardagi indikativ formalari analiziga bag’ishlangan nomzodlik dissertasiyasidan tashqari monografik ish yaratilmagan.V. V. Radlov, P. M. Melioranskiy, Q. Brokkelman, A. Fon Gaben, I. A. Batmanov, V. M. Nasilov, S. M. Mutallibov, A. M. Shcherbak, E. I. Fozilov va boshqa avtorlarning qadimgi yodgorliklar tilini o’rganishga bag’ishlangan ishlarida esa tekshirilayotgan manbalar tilida uchraydigan mayl va zamon formalari haqida boshqa grammatik hodisalardan tashqari umumiy ma’lumotlar berilgan u hodisalar "funksional forma" deb fe'lni ma'lum bir sintaktik vazifada kelishga moslashi tufayli nomlangan. Asli "sintaktik vazifada kelishga moslash" – bunday shakl yasalishlarining tashqi xususiyati. Bunday shakl yasalishlari avvalo fe'l turkumi doirasida uning ot turkumiga, sifat turkumiga, ravish turkumiga monand shakllarini yasaydi, shunday shakl yasalishi tufayli fe'lning otdosh (substantiv) shakli, sifatdosh (atributiv) shakli, ravishdosh (adverbial) shakli hosil qilinadi va fe'l leksemani ot kabi, sifat kabi, ravish kabi ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi, fe'l leksema otdosh shakli orqali ot leksema, sifatdosh shakli orqali sifat leksema, ravishdosh shakli orqali ravish leksema bajaradigan sintaktik vazifada keladi. Eng ajoyib jihati shuki, ravishdosh shakli fe'l leksemani fe'l leksemaning o‘ziga tobe bo‘lak – hollovchi vazifasida bog‘lash uchun xizmat qiladi24.. O’tgan asrimizning 50 yillarida o’zbek tilshunosligining barcha ilmiy kuchlari birinchi ilmiy o’zbek tili grammatikasini yaratishga safarbar qilindi har bir hodisani bevosita til materiallaridan kelib chiqib izohlashga, hodisalarning haqiqiy mohiyatini ochishga erishildi. Bu narsa yangi-yangi ilmiy xulosalarga erishish bilan birga, ayrim hodisalarning hozirgacha bo’lgan talqini bilan endigi talqini o’rtasidagina emas, shuningdek, ularning eski atamasi bilan yangi atamasi o’rtasida ham ma’lum nomuvofiqlik kelib chiqadi» Bu jihatdan asarning «Ot» va «Fe’l» qismlarida xuddi ana shunday katta o’zg’arishlar ro’y berdi. Xususan, otlarda son, egalik kategoriyasining ifodalanishi shu darajada mukammal, shu darajada o’zbek tili materiallariga asoslanib,o’ziga xos tomonlarini chuqur yoritib berildiki, u turkologiya fanida ot turkumiga bag’ishlangan eng sara asar bo’lib qoldi. Shuningdek, fe’l qismida ham ko’makchi va to’liqsiz fe’llarning vazifalari o’zbek tilining boy materiallariga asoslanib chuqur tahlil etildi. Shu davrga qadar fe’lning grammatik kategoriyalari sirasida qaralib kelinayotgan bir qator kategoriyalar o’zbek tiliga xos emasligi (masalan, «vid» kategoriyasi, «o’timli o’timsizlik» kategoriyasi) bayon qilindi va ular o’zbek tilining grammatik kategoriyalari sirasidan chiqarib tashlandi. So’zning grammatik shakli va grammatik kategoriyalari haqidagi tadqiqotlar keyinchalik o’zbek tilining materiallari asosida yana ham chuqurlashtirildi. So’z o’zgarishi va shakl yasalishi kabi so’zning grammatik shakllarini ikki guruhga ajratishga hech qanday asos yo’q ekanligini ta’kidlagan, hozirgi o’zbek tilidagi grammatik shakl va Grammatik kategoriyalarni o’rganishga bag’ishlangan maxsus asarlarning maydonga kelishi o’zbek ilmiy morfologiyasining yanada rivojlanishiga olib keldi. Ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni o’rganish, ular yaratgan olamshumul ilmiy kashfiyotlarni ro’y-rost bayon qilish imkoniyati faqat mustaqillik tufayligina vujudga keldi. Ana shu imkoniyatdan foydalangan holda o’tmish madaniy merosimizni sinchiklab o’rganish, ajdodlarimizning dunyo tilshunosligiga qo’shgan xizmatlarini faxriftixor tuyg’usi bilan keng omma o’rtasida targ’ib va tashviq qilish har bir o’zbek ziyolisining eng shavqli zavqli ishiga aylanmog’i lozim. Download 76.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling