Fe’lning ta’rifi va kesik-grammatik xususiyatlari


Download 1.27 Mb.
Sana12.06.2020
Hajmi1.27 Mb.
#117764
Bog'liq
fel soz turkumi.

FE’L SO’Z TURKUMI

  • Тожибоева Махлиё
  • 402-гурух

Fe’lning ta’rifi va kesik-grammatik xususiyatlari

  • Shaxs yoki narsalarning harakat-holatini bildirib, nima qildi? nima qilyapti? Nima qilmoqchi? so’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar fe’l deyiladi.

Fе’l zamonlari

  • O’tgan zamon
  • Hozirgi zamon
  • Kelasi zamon
  • Nima qildi?
  • Nima qilyapti?
  • Nima qilmoqchi?

FE’LNING ZAMON SHAKLLARI

  • Fe’l orqali ifodalangan ish-harakatning qay paytda bajarilishini ifodalaydigan shakllar fe’l zamonlari deb ataladi.
  • O’tgan zamon fe’llari nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradi: yozdi, keldi, bordi. Bu zamon shakllari quyidagicha yasaladi:

FE’LNING MA’NO GURUHLARI

  • Fe’llar qanday harakat-holat ifodalashni jihatidan quyidagi ma’noviy guruhlarga bo’linadi:
  • Nutqiy faoliyat fe’llari. Gapirmoq, pichirlamoq, demoq, so’zlamoq, so’ramoq…
  • Aqliy faoliyat fe’llari. O’ylamoq, fikrlamoq, xayol qilmoq…
  • Jismoniy faoliyat fe’llari: chizmoq, yozmoq, yasamoq, qurmoq…
  • Holat fe’llari: titramoq, javdiramoq, sevinmoq…

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun faollashtiruvchi savollar:

  • O’tilgan mavzuni takrorlash uchun faollashtiruvchi savollar:
  • 1. Fe’l deganda qanday so‘z turkumini tushunasiz?
  • 2. Fe’l qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
  • 3. Harakat va holat bildiruvchi fe’llarga misollar keltiring.

“Klaster” metodi

  • nisbat
  • zamon
  • Mayl
  • xususiyatlari
  • Shaxs-son
  • O’timli
  • o’timsizlik
  • Bo’lishli
  • bo’lishsizlik
  • Fe’lga
  • xos
  • xususiyatlar

Fe’lning shaxs-son shakllari

  • Shaxs
  • Birlik
  • Ko’plik
  • 1-shaxs
  • Yozdim, yozaman, yozay(in)
  • Yozdik, yozamiz, yozaylik
  • 2-shaxs
  • Yozding, yozasan, yoz(gin)
  • Yozdingiz, yozasiz, yozing(iz)
  • 3-shaxs
  • Yozdi, yozadi, yozsin
  • Yozdilar, yozadilar, yozsinlar

FE’L YASOVCHI QO’SHIMCHALAR

  • Qo’shimcha
  • Misollar
  • Qo’shimcha
  • Misollar
  • -la
  • Ishla, oqla, sekinlamoq, shivirlamoq
  • senlamoq
  • -lan
  • -lash
  • Faxrlanmoq, ikkilanmoq
  • ko’maklashmoq
  • suhbatlashmoq
  • -illa
  • chirqilla
  • -ira
  • yarqiramoq
  • -a
  • Tuna, bo’sha, o’yin+a-o’yna
  • -sira
  • -sa
  • Sensira
  • suvsa
  • -(a)r
  • Qisqar, ko’kar
  • -(a)y
  • Qoray, kuchay
  • -(i)k
  • -(i)q
  • Birikmoq
  • Yo’liqmoq
  • -(I,o)t
  • Yo’qot, to’lat, berkit
  • -I
  • Boyi, tinchi
  • -ir
  • Gapir, tupir

FE’LNING MA’NO TURLARI

  • Nomi
  • ekmoq
  • Ijod qilmoq
  • gapirmoq
  • fikrlamoq
  • yurmoq
  • Qizar-moq
  • Nutqiy faoliyat
  • Jismoniy faoliyat
  • Holat

VENN DIAGRAMMASI

  • O’timli O’timsiz
  • Tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana oladigan fe’llar. O’qidi,yozdi. Boshqacha aytganda, bironta narsaga, tushunchaga o’tiladigan harakatni ifodalovchi fe’l
  • Tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana olmaydigan fe’llardir: yugurdi, bordi, turdi... Boshqacha aytganda, bironta narsaga, tushunchaga o’tmaydigan harakatni ifodalovchi fe’l

YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:

  • l-topshiriq. Ishladim, o‘qidim, uxladim, o‘yladim so‘zlarini harakat va holat ma’nolarini bildirishiga ko‘ra ikki guruhga ajrating.
  • 2-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar nimasi bilan farq qilishini ayting. о ‘qidim о ‘qiyapman о ‘qiyman.

MATN USTIDA ISHLASH

  • 264-mashq. Gaplarni daftaringizga ko‘chirib yozing va fe’llarga izoh bering.
  • Suvni iflos qilmang. Uning har bir tomchisi aziz. Suv shahar va qishloqlarga, bog‘-rog‘larga, dalalarga obihayot eltadi, jon bag‘ishlaydi. Usiz hayotning bo‘lishi mumkin emas. Afsuski, ayrim odamlar chiqindilami suvga tashlashadi. Bu eng og‘ir gunoh sanaladi.
  • Aziz bolalar! Siz aslo bunday qilmang. Suvni hamisha aziz tuting.

265-mashq. Hikoyatni o‘qing. Fe’llarni topib, ularni izohlang. Donishmandning gaplari bo‘yicha bahslashing.

  • 265-mashq. Hikoyatni o‘qing. Fe’llarni topib, ularni izohlang. Donishmandning gaplari bo‘yicha bahslashing.
  • Bir odam maslahat so‘rab donishmandning huzuriga boribdi. -Ey ulug‘ zot,-debdi u.-Mening farzandlarim ko‘p. Nima qilsam, ulardan mehr-oqibat, e’tibor ko‘raman. Donishmand o‘ylab turib javob beribdi: -Mehr ko‘ray desang, farzandlaring qalbiga mehrigiyo urug‘ini soch. (Rivoyat)

O’QUVCHILARNI BAHOLASH. 

  • O’QUVCHILARNI BAHOLASH. 
  • Uyga topshiriq. Hikoya tuzing. Unda ishlatilgan fe’llarga diqqat qiling.
  • E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling