Fe’lning vazifadosh shakllari
Download 186 Kb.
|
Felning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat nomi.
- Fe’lning vazifadosh shakllari Harakat nomi Sifatdosh Sof fe’l
- Harakat nomining formasi affiksli -moq -u(sh) -i(sh)
Fe’lning vazifadosh shakllari Reja: Harakat nomi. Sifatdosh Hozirgi zamon sifatdoshi Kelasi zamon sifatdoshi Ravishdosh. Fe’lning biror gap bo‘lagi vazifasini bajarishga xoslangan shakl-lari vazifadosh shakllar deyiladi. Fe’lning vazifadosh shakllari to‘rt xil bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) harakat nomi, 2) sifatdosh, 3) ravishdosh. Harakat nomi. Harakat nomi ish - harakatning atamasi bo‘lib, gapda otga xos vazifalar bajarishga xoslangan fe’l shaklidir. Harakat nomi -(i)sh, -(u)v, -moq. affikslari yordamida yasaladi: kechmoq, kechish, kechuv. Harakat nomi fe’lga xos tuslanish, zamon, mayl kabi ma’nolarni bildirmaydi, balki harakat-holatning atamasi bo‘ladi. Shu sababli otlarga xos kelishik, egalik kabi grammatik shakllarni qabul qila oladi va gapda otlarga xos vazifalarni bajaradi. Fe’lning vazifadosh shakllari Harakat nomi Sifatdosh Sof fe’l Ravishdosh Ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan uch xil harakat nomi qo‘shimchalaridan –moq bilan yasalgan shakl fe’lga –sh (-ish) bilan yasalgan shakl esa otga yaqin turadi. Shuning uchun -moq orqali fe’lning noaniq (infinitiv) shakli hosil qilinadi. Harakat nomining formasi affiksli -moq -u(sh) -i(sh) Harakat nomi shakllarining har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. -(i)sh affiksi bilan yasaluvchi harakat nomi quyidagi xususiyatlarga ega: 1) harakatning nomini bildiradi, uning atamasi hisoblanadi: yurish; yozish, o‘ylash; 2) -(i)sh affiksi bilan yasaluvchi harakat nomi shakli ko‘plik, egalik va Kelishik affikslari bilan qo‘llanganda, bu affikslarning ma’nosida deyarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Biroq, o‘rin-payt kelishigi shaklida qo‘llanganda, hozirgi zamon sifatdoshining o‘rin-payt kelishigidagi shakli bilan ma’nodoshlikka ega bo‘lishi mumkin: tuzishda-tuzayotganda-tuzayotgan vaqtda; 3) harakat nomining -(i)sh affiksli shakli ko‘makchilar bilan ham qo‘llanib maqsad, vaqt, birgalik kabi ma’nolarni ifodalaydi: o‘qish uchun, o‘qishdan avval, o‘qish bilan. Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling