Savol: Siz menga shu sababni yozib bering.
Javob: Chunki ular ishga metroda kelishgan.
Izoh: Gap Moskva haqida ketmoqda. Yoshi katta hurmatga ega san’atkorlar shaxsiy avtomobilida ishga kelishgan. Yoshlar esa eng hamyonbop transport - metro bilan cheklanishgan.
10. 1985-yilda taniqli siyosatchi irodali tarzda bir ishni amalga oshirib, shunday degan edi: “Bu quti bilan qilinadigan eng yaxshi ish - uni dushmaningizga berishdir”.
Savol: Bu siyosatchining kimligini yozib bering.
Javob: Fidel Kastro.
Izoh: Fidel Kastro Kuba sigaralarining ashaddiy muxlisi edi. Chekishni tashlagandan so‘ng, uni dushmaningizga berishni tavsiya qiladi.
11. Tarqatma material.
Rasmda ko‘rsatilgan o‘rta asrlardagi dunyo xaritasi.
Savol: Siz bizga qora to‘rtburchak bilan aynan nimani yashirganimizni yozib bering.
Javob: Kaaba.
Qabul: Qora tosh / Kaaba toshi / Hajar al-asvad.
Izoh: Qora to‘rtburchak bu Kaaba toshidir. O‘rta asrda yevropaliklar Quddusni xaritalar markaziga qo‘ygan, musulmonlar esa biroz uzoqlashib, markazga asosiy ziyoratgoh - Kaaba toshini qo‘ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |