"Feniks" jamoasi savollar paketi
Savol: Uni ikki so‘z bilan yozib bering. Javob
Download 415.18 Kb.
|
Feniks Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: Uni ikki so‘z bilan yozib bering.
Javob: Futbol to‘pi Izoh: Futbol to‘pi dastlab tabiiy teridan tayyorlangan va u sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangda bo‘lgan. Keyinchalik oq-qora rangda bo‘lsa o‘sha davrlardagi oq-qora rangli televizorlarda bu yaxshiroq ko‘zga tashlangan. Futbol to‘plari haligacha asosiy oq-qora ranglardan iborat. 6. Tarqatma material. _______________________ 1-2-1-2-1-2-1-2… 1-2-2-1-1-2-1-2… _______________________ Ayrim tadqiqotchilar fikricha, 1-qatorda berilgan sxema unchalik adolatli emas. Shu uchun amaldagi bu sxema o‘rniga 2-qatordagisini taklif qilishadi. Savol: Gap aniq qaysi jarayon haqida ketmoqda? Javob: Shaxmatda yurishlarni boshlash. Izoh: Tadqiqotchilar hozirgi kunda amalda bo‘lgan 1-qatorda ko‘rsatilgan butunjahon shaxmat qoidasini adolatli emas deyishadi, chunki 64% holatda oq donalarda o‘ynagan taraf g‘olib bo‘lar ekan. Shu sababli o‘rniga adolatliroq bo‘lgan 2-sxemani taklif qilishadi. Bu joyda 1 oq donalar, 2 qora donalar yurishini anglatadi. 7. Shveysariya armiyasiga chaqiriluvchi har bir askarga xizmatni boshlashdan avval askarning oyoq o‘lchamini olishadi, keyin unga mos etik tayyorlab berishadi. Ularga yana bir elementni berishdan avval, nafaqat o‘lcham olinadi, hattoki ko‘rish qobiliyatini ham tekshirib ko‘rishadi va shundan keyingina askarga atab bu narsa ishlab chiqariladi. Savol: Gap nima haqida ketmoqda? Javob: Gazga qarshi niqob (protivogaz). Izoh: Protivogaz ustidan yoki ichidan ko‘zoynak taqib bo‘lmaydi. Shu uchun protivogazning o‘zidagi ko‘rish uchun mo‘ljallangan oynasini bo‘lajak askarning ko‘rish qobiliyatiga mos qilib ishlab chiqarishadi. 8. 1945-yil 8-mayda urush tugagach Britaniya radioeshittirishlarida 6 yil davomida to‘xtab qolgan bir yangilik qaytadan yo‘lga qo‘yildi. Radioeshittirishlarning ajralmas bo‘lagi urush sabab to‘xtab qolgan edi. Savol: Radioeshittirishda aniq nima paydo bo‘lgan? Javob: Ob-havo yangiliklari Izoh: Chunki urush davrida ob-havo ma'lumotlarini tarqatishga ruxsat berilmagan, sababi harbiylar manfaati va aviatsiya nuqtai-nazaridan bu ham strategik muhim ma'lumot sanalgan. 9. Rossiyalik aktyor va teleboshlovchi Yefim Shifrinning avtobiografik asarida MosKonsertning hurmatli katta san’atkorlari yosh san’atkorlarini hazillashib ko‘rsichqon deb atashgan ekan. Sababini esa bir transport turi bilan bog‘lab izohlashgan. Download 415.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling