QOPQON
Pedagogik ahamiyati.O‘yin bolalarda jamoa bo‘lib tashkiliy ravishda harakat qilishni tarbiyalaydi. Tashkiliy ravishda 1 vaqtda va signal bo‘yicha she’rni aytishga va o‘yin boshiga bo‘ysunishni talab qiladi.o‘yin epchil va tez harakatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
ARQON TORTISH
Pedagogik ahamiyati. Bu o‘yin bolalarda tez harakat qilishni, tezlik, chaqqonlikni, sabr toqatlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi. O‘yin ko‘proq jamoa bo‘lib harakat qilish,chidamlilik malakalarini oshirishga yordam beradi
"BEKINMAChOQ" O‘YINI
pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda sezgirlik, dikqat, kuzatuvchilik, va topqirlik hislatlarini tarbiyalaydi.O‘yinda chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin o‘ziga xos harakati – yugurishdir.
"LANKA " O‘YINI
pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda diqqat- e’tiborni topqirlikni tarbiyalaydi. O‘yinda chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantiradi.
«OQ TERAKMI, KO‘K TERAK»
Pedagogik ahamiyati. O‘yin tez yugurishni, diqqatni, sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin bolalarni ahil bo‘lib harakat qilishga, tezda to‘g‘ri yo‘nalishni olishga o‘rgatadi. O‘yinni o‘ziga xos harakati tez yugurish va zanjirni uzish.
MAHMUDOVGA JAVOB
Dissertatsiya ishida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirishda ba’zi xatoliklar uchraydi.
1.javob: Haqiqatdan ham qadriyatlar mazmuni yoritilgan ba’zi adabiyotlar ilmiy-ommabop nashr bo‘lganligi sababli darslik, o‘quv qo‘llanma yoki boshqa nomlanishlar keltirilmagan.
Qadriyatli yondashuv mazmuniga doir xorijiy olimlarning tadqiqotlari qiyosiy tahlil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
2.javob:dissertatsiya mazmunida xorijiy olimlar ...........ning tadqiqotlari mazmuni keltirilgan. Ammo ularning qiyosiy tahlili ishning xajmi ko‘payib ketganligini inobatga olgan holda keng yoritilmagan.
Dissertatsiya mazmuniga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yilida Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabalari uchun “Qadriyatli yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish” nomli maxsus kurs tashkil etilganligi bayon etilgan ularning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlari ko‘rsatilgan. Bizning fikrimizcha mazkur kursning natijasi, ishning samaradorlikka tasirini keltirsa ishning mazmundorligi oshgan bo‘lur edi.
3.javob Haqiqatdan ham “Qadriyatli yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish” nomli maxsus kurs dissertatsiya ilovasida keltirilgan bo‘lib, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kelgusidagi asosiy faoliyat turi hisoblanganligi sababli tavsiya sifatida keltirganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |