Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar


Asosiy binolarga qo‘yiladigan umumiy talablar


Download 0.77 Mb.
bet5/11
Sana08.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1178393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar

Asosiy binolarga qo‘yiladigan umumiy talablar. Xo‘jalik o‘rnashgan joyning tabiiy-iqlimiy sharoitlaridan va binolarning qanday materiallardan ko‘tarilganligidan qat’i nazar, asosiy binolar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
— chorvachilik binolarning ichi qishda mikroiqlim normativlariga muvofiq quruq va issiq bo‘lishi kerak;
— tabiiy yorug‘lik va sun’iy yoritish norma talablariga javob berishi lozim;
— binoning rejasi mollarning va texnika vositalarining qulay joylashishini, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bemalol ishlay olishini va zarur bo‘lsa, mollarni tezda evakuatsiya qilish imkoniyatini hisobga olib tuzilgan bo‘lishi kerak;
— sanitariya-texnika qurilmalari binolarda tegishli mikroiqlim bo‘lishini ta’minlashi lozim;
11 — M.Melibayev
— pollar suv o‘tkazmaydigan, issiq, sirpanmaydigan, mustahkam, yeyilmaydigan va osongina tozalanadigan bo‘lishi kerak;
— bino devorlari issiqlikni, havoni va namlikni uncha o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim;
— bino tomi atmosferaning va molxona havosining zararli ta’siriga chidamli, yog‘in suvlari tez oqib turadigan nishab, issiqlikni uncha o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.
2. CHORVACHILIK IMORATLARINING MIKROIQLIMI
Mikroiqlim. Mollar to‘g‘ri boqilsa va bino ichidagi temperatura optimal saqlansa, bino havosi tarkibida zararli gazlarning konsentratsiyasi va namning miqdori ruxsat etilganidan oshmaydi.
Xona havosidan hayvonlar ajratib chiqargan bug‘larning konsentratsiyasi ruxsat etilganidan ortiq bo‘lsa, hayvonlarning sog‘lig‘iga va mahsuldorligiga salbiy ta’sir etadi. Konsentratsiyaning qiymati gaz analizatori bilan o‘lchanadi. Havoning namligi gigrometr bilan aniqlanadi. Havonining absolut namligi 1m3 havodagi suv bug‘larining miqdori bilan xarakterlanadi. Maksimal namlik deb, berilgan temperaturadagi 1m3 havoda bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv bug‘lari miqdoriga aytiladi. Namlik foizlarda, ya’ni absolut namlikning maksimal namlikka nisbati bilan ifodalanishi mumkin. Bu namlik nisbiy namlik deb ataladi va psixrometr yordamida o‘lchanadi.
Chorvachilik binolari ichidagi havoda, nam va gazlardan tashqari, chang zarrachalari va mikroorganizmlar bo‘lishi ham mumkin. Organik va noorganik chang zarrachalari hayvonlarga, ularning nafas organlariga va teri qoplamlariga jiddiy ta’sir etadi. Hayvonlarning nafas yo‘liga, chang bilan birga, turli patogen mikroorganizmlar ham kira oladi. Mikroorganizm bilan zararlangan havo binodagi butun podani zaharlay oladigan manbaga aylanishi mumkin. Shu sababli yirik komplekslarda havo keltirib turadigan, so‘rib olinadigan shamollatish qurilmalarini havo tozalagich bilan jihozlash, bino ichini muntazam ravishda dezinfeksiyalab turish, havoni zararsizlantirish uchun esa, bakteritsid lampalardan foydalanish kerak.
Yoritish. Tabiiy yoritish chorvachilik binolari uchun eng foydalidir, biroq qish davrlarida, shuningdek, kech kuzda tabiiy yorug‘lik yetarli bo‘lmaydi. Bino ichida normal yorug‘likni ta’minlash uchun tabiiy va sun’iy yoritilganlik normativlariga rioya qilish kerak. Tabiiy yoritilganlik darajasi derazalar yuzining bino poli yuziga nisbati bilan ifodalanadigan yorug‘lik koeffitsiyenti orqali belgilanadi. Sun’iy yoritilganlik normasi esa lampaning polning 1m2 yuziga to‘g‘ri keladigan solishtirma quvvati bilan aniqlanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling