Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
Uzluksiz transport vositalari
Download 0.77 Mb.
|
Ferma va komplekslar haqida umumiy ma’lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnika xavfsizligi.
Uzluksiz transport vositalari. Materiallarni tashish va tarqatish uchun chorvachilikda uzluksiz transport vositalari keng qo‘llaniladi. Ular ishchi organlarining tuzilishiga qarab lentali, plankazanjirli, cho‘michli, qirg‘ichli, shaybali vintli va vibratsion bo‘lishi mumkin.
Lentali transportyorlar turli xil yuklarni gorizontal va qiya yo‘nalishlarda siljitishda ishlatiladi va ular qo‘zg‘almas va ko‘chma bo‘lishi mumkin. Ular qabul qilish va to‘kish xampalariga ega. Yuk ko‘taruvchi va tortuvchi ishchi organ sifatida kengligi 300— 800 mm rezinalangan ið-gazlamali lenta (tasma) dan foydalaniladi. Texnika xavfsizligi. Relsli transport ishlayotgan vaqtda harakatdagi vagonetka oldida turish, kuzovini ag‘darayotganda esa uning yonida turish man etiladi. Osma yo‘lning osmalari, mahkamlash joylari va ko‘targichlarning, shuningdek, aravachalar kuzovlarining qulflash qurilmalarining sozligini tizimli tekshirib borish kerak. Vagonetkani ortiqcha yuklanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Yuk tashiladigan yo‘lning barcha statsionar metall qurilmalari mustaqil ravishda yerga ulangan yoki umumiy yerga ulanish konturiga tutashtirilgan bo‘lish kerak. Uzluksiz transport vositalari ishlayotgan vaqtida to‘la o‘rnatilmagan ish kameralarini ochish, transportyorlarga va ta’minlash qurilmalariga qo‘l tekkizish, harakatlantirish tasmalari va zanjirlarini olish yoki kiygizish, taranglash qurilmalarini rostlash, ishchi organlari va ta’minlash qurilmalarini tozalash, tashilayotgan mahsulotlarni qabul qilish kamerasiga va bo‘g‘iziga qo‘l yoki biror predmet bilan itarib kirgizish, aylanuvchi massalar tekisligida tashilayotgan mahsulot yo‘lida turish man etiladi. Yuk ortish-tushirish mashinalari va mexanizmlarida ishlayotganda quyidagilar man etiladi: a) begona shaxslarga mexanizmni boshqarishni topshirish; b) motorni o‘chirmay va elektr zanjiridan uzmay mexanizmni tashlab ketish; d) mashinani mast holda yoki qattiq charchaganida boshqarish; e) tunda yoritish jihozlarisiz ishlash; f) mashina va mexanizm ustiga artish materiallari va boshqa begona predmetlar qo‘yish; g) mashina ishlayotgan vaqtda uning mexanizmlarini tozalash va moylash. Barcha yuk ko‘taruvchi mashina va mexanizmlar yukni ko‘tarilgan holda tutib turuvchi va uning o‘z-o‘zidan tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan ishonchli tormoz va stopor qurilmalariga ega bo‘lishi lozim. Mexanizmda u ko‘tara oladigan eng katta og‘irligi va uning signallangan vaqti ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi lozim. Mashinaning kabinasida xavfsizlik texnikasiga oid instruksiya va shu ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan yuk og‘irligi jadvali osilgan bo‘lishi kerak. Yuk ortish va tushirish vaqtida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilinishi kerak; a) yukni tik holda asta-sekin ko‘tarilishi; b) yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir yuklarni ko‘tarishda ko‘tarish mexanizmini ulab, yuk yerdan 10—15 sm ko‘tarilgandan keyin, tormozni ulab, uning tuzukligiga ishonch hosil qilish lozim; d) kran strelasi turish yoki uning harakat zonasida ishlash man etiladi; e) ko‘tarilayotgan yukni faqat changak yoki arqon bilan to‘g‘rilash mumkin; f) arqonlarni faqat, yetarlicha bo‘shagandan keyin yechish lozim. Yuqori bosimli kompressori bo‘lgan qurilmalarda kompressorlar avtomatik bosim regulatorlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Davlat texnika nazorati tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq quyidagi hollarda qozonlar darhol ishdan to‘xtatiladi; a) agar idishdagi bosim ruxsat etilgandan oshib ketsa; b) saqlagich klapani buzuq bo‘lsa; d) idish devorlarida darzlar, do‘ppaygan joylari bo‘lsa, choklardan suv oqsa yoki sizib o‘tsa; e) parchin mixli va boltli birikmalarda suv oqsa; f) manometr buzuq bo‘lsa va uni almashtirish imkoni bo‘lmasa; g) qopqoq va luklarning mahkamlash detallari yetishmasa; h) bevosita qozon yaqinida yong‘in bo‘lsa. Qozonlar har uch yilda ichki qarovdan, har olti yilda gidravlik sinovdan o‘tkaziladi. Yoshi 18 ga yetgan va belgilangan hajmda ma’lumot olgan shaxslargina pudash qozoni oldida xizmat qilishi mumkin. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling