Mavzu: Biriktirish Reja Oddiy duradgorlik birikmalarning turlari Burchakli birikmalar
Download 452 Kb.
|
9-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burchakli birikmalar.
- Xochsimon birikmalar.
Mavzu: Biriktirish Reja 1.Oddiy duradgorlik birikmalarning turlari 2. Burchakli birikmalar 3. Xochsimon birikmalar G’o’lalarni uzunligi, eni va qirralari bo’ylab biriktirish. Duradgorlik mеbеl mahsulotlarini burchakli biriktirish. Kerakli olchamdagi qurilish qismlarini hosil qilish uchun yog’och materiallar teshib (o’yib) kirgizish yo’li bilan uzunligi, eni, qalinligi va balandligi bo’yicha ulab birlashtiriladi. To’sinlar, fermalar tayyorlashda, xodalar va chorqirra yog’ochlardan (bruslardan) uy qurishda o’yib kirgizish usulidan foydalaniladi. O’yib kirgizish ishlari reja chiziq bo’yicha qo’lda yoki dastaki elektrlashtirilgan asboblar yordamida bajariladi. Zarur o’lchamli detallar olish uchun yog’och bo’laklarini birlashtirish ulab uzaytirish deb ataladi. Ulash yogo’ch qalinligining yarmigacha qiyalatib kesish, ustma-ust to’g’ri va qiya qulf-kalit qilish, tortuvchi to’g’ri hamda qiya qulf-kalit qilish, bir-biriga taqab birlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Yog’ochning yarim qalinligida biriktirishda birikmaning uzunligi brus qalinligining 2-2,5 qismiga teng bo’lishi kerak. Birikma cho’pmixlar bilan birlashtiriladi. Uchini kesgan holda qiya kesikli birikmaning qalinligi brus qalinligining 2,5-3 qismiga teng qilinadi va cho’pmixlar bilan mahkamlab qo’yiladi (3.16-rasm). Ustma-ust to’g’ri yoki qiya qulf-kalit qilib birlashtirishdan, cho’zuvchi kuchlar yuzaga keladigan konstruksiyalarda foydalaniladi. Ustma-ust to’g’ri qulf-kalitli birikmalar tayanchda, ustma-ust qiya qulf-kalitli birikmalar esa tayanchlar yaqinida joylashadi. Tortuvchi to'g'ri yoki qiya qulf-kalitli birikmalar mustahkam bo’ladi, ammo ularni tayyorlash murakkab, bundan tashqari, yog’och quriganda ponalar bo’shashib qoladi, shuning uchun muhim yog’och konstruksiyalarda bunday birikmalarni qo’llash tavsiya etilmaydi. Bir-biriga taqab birlashtirish usuli ikkita brus uchlari bilan tayanchda yotadigan hollarda qo’llaniladi. Bruslarning uchlari zich qilib birlashtiriladi, keyin skobalar bilan mahkamlab qo’yiladi. Burchakli birikmalar. Bruslar va xodalardan devor qurishda, sinchli va boshqa yog'och konstruksiyalarning yuqorigi hamda pastki jaspaklarini qilishda bruslar, xodalar burchak ostida birlashtiriladi. Duradgorlik buyumlari birikmalarining asosiy turlariga yog'ochning yarim qalinligida, yarimpanja qalinligida, tirnoqlar yordamida burchak ostida birlashtirish kiradi. Yog'ochning yarim qalinligida o’yib kirgizish usuli birlashtiriladigan bruslar uchlari qalinligining yarmini chopib tashlash yoki kesib tashlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Uchlar chopib tashlangandan keyin burchak ostida birlashtiriladi. Yarim panja qalinligida birlashtirish uchun bruslar uchlarida qiya tekisliklar qirqib hosil qilinadi 3.16-rasm. Turumli birikmani hosil qilish. a-tirnoqlar va o’yiqlar shaklini rejalash; b-o’yiq elementini arralash; c-arralangan turumlarni ochish; d-tayyor birikma. . Bruslarning ishlov berilgan uchlari zich qilib birlashtiriladi. Burchak ostida o’yib kirgizish ham yog'ochning yarim qalinligida o’yib kirgizish kabi bajariladi, ammo bruslarning birida yog'ochning bir qismi arralab tashlanadi. Xochsimon birikmalar. Bruslarni birlashtirishning ushbu usuli ko’priklar qurishda, boshqa yog'och konstruktsiyalar tayyorlashda qo’llaniladi. Bunday birikma yog'och qalinligining yarmi, uchdan bir, chorak qismida, shuningdek bruslardan birini kertish yo’li bilan bajariladi (3.17-rasm).
3.17-rasm. Taxtalarni xoch shaklida biriktirish Qismlarni balandligi bo’yicha birlashtirish ulab uzaytirish deb ataladi. Birikmaning bu turi ustunlar, machtalar va shu kabilar qurishda qo’llaniladi. Xoda va bruslar bir-biriga taqab, yashirin tirnoq va parron taroq bilan yog'ochning yarim qalinligida, boltlar, po’lat tasmalar, xomutlar yordamida mahkamlagan holda, qiyalatib chopib, xomutlar bilan mahkamlagan holda (muhim inshootlar uchun), bir-biriga taqab, ustqo’ymalar yordamida va boltlar bilan mahkamlagan holda ulab uzaytirilishi mumkin. Choklarning uzunligi odatda birlashtiriladigan bruslarning qalinligidan ikki yoki uch baravar, yoxud birlashtiriladigan xodalarning diametridan ikki yoki uch baravar ortiq qilinadi. Download 452 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling