ferment muhit pHning ma`lum qiymatida maksimal faollikka ega bo’ladi. Bu
qiymat pH optimumi deb ataladi. Ko’p fermentlar neytral sharoitda
yuqori darajada
faol bo’ladi. Fermentlarning faolligi pH qiymatiga qarab keskin o’zgarib turadi.
pHning optimal qiymati turli fermentlar uchun bir xil emas.
Fermentlar faolligiga muhit pHning ta`siri
Ferment
pH
Ferment
pH
Pepsin
Katepsin B
So’lak amilazasi
Ichak saxarozasi
Amilaza (undirilgan
don shirasi)
1,5 – 2,5
4,5 – 5,0
6,8 – 7,0
5,8 – 6,2
4,9 – 5,2
Katalaza
Ureaza
Pankretik lipaza
Tripsin
Arginaza
6,8 – 7,0
7,0 – 7,2
7,0 – 8,5
7,5 – 8,5
9,5 – 10,0
Masalan: pHning optimal qiymati pepsin uchun 1,5-2,0; so’lak amilazasi
6,8-7,0; tripsin 7,8 ga teng. pH muhitning o’zgarishi ferment faoliyatini
pasayishiga yoki butunlay to’xtashiga olib keladi. Natijada fermentning faol
markaz strukturasi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: