ureaza ajratib olingan va bunga oqsil tabiatga ega degan xulosaga kelishgan.
1930-36 yillarda Nortrop kristall holda pepsin, tripsin va ximotripsin moddalarini
ajratib olgan. Hozirgi vaqtda fermentlarni 3000 dan ziyod turlari borligini
aniqlangan. Fermentlar haqidagi ta’limot alohida fan – enzimologiya faniga
aylangan.
Tirik hujayrani asosini tashkil qiluvchi birikmalar, oqsillar, uglevodlar,
Yogsimon moddalar va boshqa ba’zi bir organik moddalar turli xil o’zgarishlarga
duch keladi. Ular hosil bo’ladi, o’zaro bir-biriga aylanadi, qisman parchalanib
yo’qoladi. Mana shu o’zgarishlar nihoyatda tez fermentlar ta’sirida boradi va shuni
alohida ta’kidlash kerakki, ular oddiy temperaturada, neytral muhitga yaqin
bo’lgan muhitda. va normal bosim sharoitida boradi. Umumlashtirib aytganda bu
modda almashinish jarayonining reaksiyalari.
Bizga ma’lumki, laboratoriya sharoitida esa, shunga o’xshash reaksiyalarni
ancha qiyinchilik bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, oqsillarning
gidrolizlanish reaksiyalari tirik organizmlarda protein gidrolaza fermentlari
ishtirokida nihoyatda tez va oson borsa, laboratoriya sharoitida oqsilning gidrolizi
bir necha soat kislotali muhitda bosim ostida qizdirish yordamida amalga
oshiriladi. Sizga ma’lumki, reaksiyalarning tezligini boshqa bir moddalar ta’sirida
o’zgartirishi kataliz deyiladi. Tirik organizmda xuddi shunday jarayon biokataliz
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |