- Fermentlar (lot. fermentum – achish, bijg`ish ma’bosini bildiradi)- bular biologik katalizatorlar bo`lib, organizm hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiruvchi moddalar.
- Fermentlar –globulyar oqsillar Fermentning bir necha yuz zvenodan iborat polimer zanjirlari globula shaklida o`ralgan bo`ladi.
- Fermentlarning ishtirokida tirik organizmlardagi modda va energiya alamshinuvi jarayonlari amalga oshadi.
Fermentlarning anorganik katalizatorlarga o`xshashlik va farqlari - Fermentlar va ferment bo`lmagan katalizatorlar katalizning umumiy qonuniyatlariga bo`ysungan holda quyidagi o`xshashliklarga ega:
- Fermentlar faqat energetik imkoniyati bor reaktsiyalarni katalizlaydi.
- Ular hech qachon reaktsiya yo`nalishini o`zgartirmaydi.
- Fermentlar qaytar reaktsiya muvozanat holatini o`zgartirmasdan reaktsiyani tezlatadi.
- Ular reaktsiya jarayonida sarf bo`lmaydilar. Shu sababli hujayradagi ferment biror bir parchalanish ta’siriga uchramaguncha ishlayveradi.
Ammo ferment biologik bo`lmagan katalizatordan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Bunday farqlar fermentlarning murakkab oqsil molekulasi ekanligi va tuzilishining o`ziga xosligiga bog`liq. - Fermentativ kataliz tezligi biologik bo`lmagan katalizatorlarga nisbatan ancha yuqori.
- Fermentlar yuqori darajadagi spesifiklikka ega, ya’ni ularning katalitik ta’siri ma’lum turdagi kimyoviy reaktsiya bilan chegaralanadi.
- Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni “yumshoq” sharoitda, ya’ni odatdagi bosim, yuqori bo`lmagan harorat (37°C atrofida) va muhit pH i neytralga yaqin bo`lgan sharoitda katalizlaydi.
- Fermentlar faolligini boshqarish mumkin bo`lib, bu xususiyat biologik bo`lmagan katalizatorlar uchun xos emas
- Fermentativ reaktsiya tezligi ferment miqdoriga to`g`ri proporsional
- Fermentlar faqat tirik organizmlarda sintezlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |