Mixaelis-Menten fikri bo`yicha fermentativ kataliz jarayonining borishi: Fermentativ kataliz jarayonini shartli ravishda o`ziga xos 3 bosqichga bo`lish mumkin: - Substratni fermentga diffuziyalanishi va uni fermentni faol markazi bilan bog`lanib, ferment-substrat kompleksi – ES ni hosil bo`lishi.
- Birlamchi ferment-substrat komplekslaridan bir yoki bir nechta faollashgan ferment-substrat komplekslari – ES* va ES** ni hosil bo`lishi.
- Fermentning faol markazidan reaktsiya mahsulotini ajralishi va muhitga tarqalishi – EM kompleksi E va M (mahsulot) ga ajraladi.
- 1894 yilda nemis kimyogari Fisher fermentning o`ziga xosligi uning shakliga bog`liq bo`lib, shakli substrat molekulasi bilan aniq darajada mos keladi.
- Bu farazni “qulf va kalit” farazi deyiladi: bunda substrat “kalit”ga o`xhsatilib, shakli jihatidan “qulf”, ya’ni fermentga aniq mos keladi.
- 1959 yilda Koshlend “qulf va kalit” gipotezasiga o`zgartirish kiritdi. U ferment va substrat o`rtasida dinamik o`zgarish bo`lishini ko`rsatib berdi.
- Substrat ferment bilan bog`langanda ferment molekulasida qandaydir o`zgarishlar yuzaga keladi.
- Fermentning faol markazini tashkil etgan amiunokislotalar ma’lum shaklni egallaydi va ferment o`z vazifasini bajarishiga yordam beradi.
- Qo`lga qo`lqop kiyganda shaklning o`zgarishi bu hodisaga analogi holat hisoblanadi.
- Koshlendning fikriga ko`ra ferment molekulasi qattiq emas, aksincha yumshoq, cho`ziluvchan bo`lib, fermentning konfiguratsiyasi va uning faol markazi substratlar yoki boshqa ligandlar birikishi jarayonida o`zgaradi. Faol markaz –substratni yopishtiruvchi emas, balki substrat unga birikish vaqtida mos keluvchi shaklni qabul qilishga majburlaydi (shuning uchun ham “majburiy moslik” deb nomlanadi).
- “Majburiy moslik” farazi bir qator fermentlarning substratga birikishidan keyin faol markazning funktsional guruhlarining joylashishini o`zgarishi qayd etilgandan so`ng tajribada o`z tasdig`ini topdi.
- Koshlend gipotezasini namoyish etuvchi sxema. Substrat ferment bilan bog`lanib, uni o`zgartiradi, natijada fermentning faol guruhlari yaqinlashadi. Hajmi yirikroq yoki kichikroq bo`lgan molekulalar ferment bilan o`zaro ta’sirlasha olmaydilar.
- Аденозинтрифосфорная кислота
- Аденозиндифосфорная кислота
- Substratlar orasida bog`lar hosil bo`lishi uchun ular bir-biri bilan yaqin joylashgan bo`lishi kerak.
- Bunda qulf va kalit mexanizmi bo`yicha boradi, lekin bir fermentga ikkita substrat to`gri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |