Fermentlarning struktura-funktsional tuzilishi va ta’sir etish mexanizmi


Download 87 Kb.
bet1/8
Sana02.01.2022
Hajmi87 Kb.
#192175
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fermentlar


Fermentlar

Reja:
I. Kirish

II. Asosiy qism

II.1. Fermentlar, ularning xossalari.

II.2. Oddiy va murakkab fermentlar. Fermentlarning faol va allosterik markazlari.

II.3. Fermentlarning kofaktorlari.

II.4. Fermentlarning ta’sir qilish mexanizmi va uning molekulyar asoslari.

II.5. Fermentlar ta’sirining o`ziga xosligi.



III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

I. Kirish
Kurs ishining dolzarbliligi: Hozirgi vaqtda fermentologiya (enzimologiya) – bioximiyaning muhim sohasi bo`lib, uning yutuqlaridan amaliy tibbiyot, farmasiya, oziq-ovqat sanoati va xalq xo`jaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi.

Ma’lumki, kimyoviy reaktsiyaning borishi boshlang`ich va oxirgi mahsulotlarning erkin energiyalari orasidagi farq bilan belgilanadi. Agar boshlang`ich moddada mahsulotga nisbatan erkin energiya yuqori bo`lsa, ya’ni ∆ G manfiy, bunda reaktsiya o`zi borishi mumkin (ekzergonik reaktsiya). Erkin energiyaning aksincha bo`lgan qiymatlarida reaktsiya endergonik reaktsiya bo`lib, reaktsiya borishi uchun energetik imkoniyat bo`lmaydi, u boshqa bir ekzergonik reaktsiya bilan bog`langan holda o`tadi va bunda reaktsiyaning umumiy energetik balansi musbat bo`ladi. Lekin ekzergonik reaktsiya borishining energetik imkoniyati bu reaktsiyaning tezligi haqida hech qanday ma’no bermaydi. Masalan, benzinning kislorod ishtirokida yonishi keskin ekzergonik reaktsiya hisoblanadi, ammo benzin uglevodorodlarining odatdagi haroratda kislorod ishtirokida oksidlanishi deyarli sezilmaydi.




Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling