Fermer xo’jaligi faoliyatini iqtisodiy baholash


Download 32.02 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi32.02 Kb.
#1268798
  1   2   3
Bog'liq
FX 1 MARUZA


1-mavzu: “Fermer xo’jaligi faoliyatini iqtisodiy baholash” fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va o’rganish usullari.
Reja.

    1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati.

    2. Xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining o‘rni va vazifalari.

    3. Fanning maqsadi, vazifasi, predmeti, fanlar bilan aloqasi va usullari.



Qishloq xo‘jaligi xalq xo‘jaligining eng muhim va yirik tarmog‘i bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz agrosanoat majmuasining yetakchi tarmog‘i bo‘lib, dehqonchilik, chorvachilik va meva-sabzavotchilik
mahsulotlarini ishlab chiqarish jaryonlarini o‘z ichiga oladi.
Respublika qishloq xo‘jaligida asosiy e’tibor mamlakatning iqlimi, yer- suvi va moddiy resurslaridan hamda xalqning asrlar davomida to‘plangan dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga qaratilgan. Dehqonchilikda g‘allachilik, paxtachilik, sholikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilikda esa qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik tarmoqlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston jahonda yalpi paxta hosilini yetishtirish bo‘yicha 4-o‘rinda, paxta tolasining eksporti bo‘yicha 2-o‘rinda (AQSHdan keyin) turadi. Shuningdek, respublikada yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, poliz mahsulotlarining asosiy qismi qo‘shni davlatlarga chiqariladi. O‘zbekiston o‘zining sifatli pillasi va qorako‘li bilan ham dunyoga mashhurdir. Respublika to‘liq don mustaqilligiga erishib, chetga eksport ham qilmoqda.
Respublika qishloq xo‘jaligida: kooperativ (jamoa xo‘jaliklari), xo‘jaliklararo korxonalar, shirkatlar uyushmalari, davlat xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan xo‘jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar va boshqalar); davlat (davlat xo‘jaliklari, naslchilik zavodlari, o‘quv-tajriba hamda tajriba xo‘jaliklari); xususiy (dehqon va fermer xo‘jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar) hamda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari (shaxsiy ehtiyojlar uchun ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish) mavjud. Respublika qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi (yakka ziroatchiligi)ning qaror topishi oqibatida 1987-yilga kelib, 2107,7 ming gektar yoki jami sug‘oriladigan ekin maydonining 60 %dan ko‘prog‘iga paxta ekildi. Natijada ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi izdan chiqdi, mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar, ayniqsa, inson salomatligiga zararli bo‘lgan pestitsidlar me’yoridan ortiqcha ishlatilishi natijasida dehqonchilik qilinadigan joylarda ekologik sharoitlar buzildi, yerlarning meliorativ holati yomonlashdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakat qishloq xo‘jaligida atroflicha islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Respublika hukumati mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon, fermer xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarni hal etishga e’tibor berildi. Respublika parlamenti qishloq xo‘jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan qonunlarni qabul qildi.
Respublika Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, xo‘jaliklarni nodavlat shakllariga aylantirish, mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoaga mulk qilib berish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo‘jaliklari, o‘rta va kichik biznes ishini yo‘lga qo‘yishga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Dehqonchilikda kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari, chorvachilikda sut, go‘sht, tuxum, teri va jun mahsulotlarini erkin (kelishilgan) narxlarda sotish joriy etildi. Bu esa xo‘jaliklarga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlardan ixtiyoriy foydalanishga imkoniyat yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta, don, sholiga nisbatan saqlanib qoldi.
Olib borilgan tadbirlar xo‘jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo‘jaliklarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini yaxshilashga hamda xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta rivojlantirishga keng yo‘l ochib beradi.
Yerdan samarali foydalanishda Respublika Prezidenti I. Karimov:
«Qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik hissini uyg‘otish, mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo‘jaliklarning o‘zida ijara munosabatlarini chuqurlashtirish, yerni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo‘yish orqali, shuningdek, dehqon, fermer hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni keng rivojlantirish asosida ro‘y berishi lozim1», – deb ko‘rsatib o‘tdi.
Dehqon, fermer o‘zi hosil to‘plab, uni yig‘ish bilan shug‘ullanmasa, ish unumi va samarasi bo‘lmaydi. Ularga o‘z vaqtida bank servis xizmati, ta’minot,iste’molchi va qayta ishlash korxonalari yordam bersa, ular ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi va iste’mol bozorini boyitadi.
Bozor munosabatlari asosida mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan qishloq xo‘jalik subyektlarida iqtisodiy tadbirlar zarurligini hisobga olib, Prezidentimiz
Karimovning «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Unda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida jamiyatimizning yangilanishi, demokratik jarayonlarning rivojlanishi ko‘p jihatdan agrar sohadagi islohotlarning nechog‘li samarali qishloq hayotiga kirib borishiga bog‘liqligi ta’kidlandi.
Respublika agrar tarmog‘i yalpi ichki mahsulotning 41,7 foizini, mamlakatga valuta tushumlarining 33,2 foizdan ortig‘ini tashkil qilmoqda. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining 40 foizga yaqini va barcha aholining 60 foizidan ortig‘i qishloqlarda yashaydi. Ularning moddiy ahvoli, turmush darajasi va moddiy faravonligi qishloq xo‘jaligidagi ishlarning holatiga, uni rivojlantirishning tezkorligi va samaradorligiga bog‘liq.
Respublika agrar sohasida mulkiy munosabatlarni shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish agrar islohotlarning muhim yo‘nalishlaridir.
Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki asoslari yaratildi.
Agrar sohada mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylash- tirishga muhim ahamiyat berildi, 1066 ta davlat xo‘jaliklari (sovxozlar) tugatilib, ular negizida jamoa xo‘jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog‘ va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi. Islohotlarning ikkinchi bosqichida «Yer kodeksi», «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»,«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunlar va tegishli hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Bunday huquqiy poydevorning yaratilishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga mos keladigan shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari ustuvorligi belgilandi.
Islohotlarning uchinchi bosqichi 2000-yildan boshlangan bo‘lib, u qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilar haq-huquqlarini himoya qilish ustuvorligi; tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurtmasi bo‘yicha yetishtirilayotgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakllantirish; birinchi navbatda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmi joriy etilishi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan xarakterlanadi.
Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi muhim vazifasi – yerga bo‘lgan mulkchilik munosabatini hal qilishdir. Yerga mulkchilik huquqi ortiqcha rasmiyatchilikka, qog‘ozbozlikka berilgan shaklda emas, balki zamonaviylashgan va bozor munosabatlariga asoslangan tartibda joriy etilishi lozim. Bunda yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish asosida fermer va dehqon xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.
Tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirib borish; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi korxona hamda tashkilotlar aksiyalarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida taqsimlash orqali ularni aksiyadorlashtirish; o‘zaro kreditlash borasidagi imkoniyatlarni kengaytirish; qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish va davlat xarid narxlarini hamda butun narx-navoning shakllanish tizimini o‘zgartirish; fanning innovatsiyasini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan uzviy aloqalarini tiklash va rivojlantirish; soha xodimlariga huquqiy va kasbiy ta’lim berishga doir tadbirlar tizimini ishlab chiqarish respublikada agrar siyosatning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlar nafaqat qishloq xo‘jaligi, unga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar,
mahsulotni qayta ishlovchi sohalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma bo‘g‘inlari va tashqi savdo sohalarini isloh qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining o‘rni va vazifalari
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotda xususiy sektorning roli va ahamiyatini oshirish, kapital qurish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan chora- tadbirlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarga moddiy-texnika mablag‘laridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishi va fiskal o‘zgarishlarning muvofiqlashtirilishi YAIMning o‘sish tendensiyasini saqlashni ta’minlaydi. Iqtisodiyotning yanada o‘sishida eksport uchun qulay bozor konyunkturasi,eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishning rag‘batlantirilishi, amalga oshirilayotgan islohotlarning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning ko‘payishiga ta’siri, shuningdek, iqtisodiyotning boshqa sektorlarini barqaror ishlashi kabi omillar ta’sir ko‘rsatdi.
2005-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 7 foizni, inflatsiya darajasi 7,8 foizni tashkil etdi, sanoat ishlab chiqarishi 7,3 foizga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 17,7 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,2 foizga o‘sdi. Davlat budjeti kutilayotgan 1 foiz taqchillik o‘rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etildi. Endilikda bizni YAIM o‘rtacha yillik o‘sish sur’atining 4-4,5 foizda bo‘lishi qoniqtirmaydi. Shu boisdan kelajakda, ya’ni 2010-yilga kelib, YAIM o‘rtacha yillik o‘sish sur’atini 6-8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 7-8 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda. 2010-yilgacha YAIMning tarkibi ham o‘zgarib, uning daromadlar tarkibidagi ish haqining ulushi hozirgi 35 foizdan 60-65 foizga o‘sishi oqibatida aholi turmush darajasining ancha yaxshilanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu davrda sanoat mahsulotlari 2,3-2,5 barobarga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari esa 1,82 barobarga ko‘payadi.
Respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida agrar tarmoqning hissasi yuqori bo‘lmoqda. Mazkur sohada mulkchilik munosabatlari shakllanib, eng ustuvor yo‘nalishlardan fermer xo‘jaliklari bugungi kunda iqtisodiy jihatdan o‘zini oqladi.
Fermer xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholini iste’mol mollari bilan ta’minlash, moddiy resurslardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tejamkor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, atrof-muhit ekologiyasini yaxshi- lashdan iborat. Hozirgi kunda hukumat tomonidan shu sohani rivojlantirishga asosiy e’tibor berilib, qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga keng joriy etilmoqda.
Respublikamizda, 2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, 2007-yilga kelib fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonlarining umumiy qishloq xo‘jaligi yerlaridagi salmog‘i 17,5 foizdan 63,3 foizgacha, sug‘oriladigan maydonlardagi salmog‘i 72,1 foizgacha yetadi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi ulushini 25 foizgacha yetkazish yoki fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hajmini uch yil ichida 2 barobarga ko‘paytirish belgilandi. Fermer xo‘jaliklarining umumiy soni 189,2 mingtaga, ularga biriktirilgan yer 4,9 mln. ga yetdi. Fermer xo‘jaliklarining yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2003-yilda 14,8 %dan, 2006-yilda 32,3 %ga, jami ekin maydonlari 36,9 %dan 74,5 %ga ortdi. Paxta yetishtirish 37,9 %dan 86,3 %ga, bug‘doy 35,8 %dan 71,0 %ga ortdi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarida shirkat xo‘jaliklariga qaraganda, paxta va bug‘doyni yetishtirish unumdorligi yuqori bo‘ldi. Respublika xalq xo‘jaligi iqtisodiyotida fermer xo‘jaliklarining salmog‘i ortib borishi, avvalo, fermerlar sonining ortib borishi, ularga biriktirilgan yer maydonlari va mahsulot hajmining ortib borishidir. Hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amaliyotga keng joriy qilish orqali fermer xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.

Download 32.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling