Fikringizni amaldagi qonunchilik asosida tahlil qiling
Download 25.38 Kb.
|
MSIYu umid aka tanishi
KAZUS№2 Fuqaro D.B. Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'i bilan talabalar safidan chetlashtirilgan. D.B. institut rektori nomiga ariza bilan murojaat qilib uni talabalikka qayta tiklashni so'ragan. Biroq, uning murojaatiga institut rektori tomonidan rad javobi berilgan. Shu sababli, D.B. ma'muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakatini qonunga xilof deb topishni, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'ini bekor qilish va D.B.ni o'qishga qayta tiklash majburiyatini yuklashni so'ragan. Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan institut rektorining D.B.ni talabalikka qayta tiklashni rad etishda ifodalangan harakati qonunga xilof deb topilgan, uning zimmasiga 2017 yil 22 martdagi 333-sonli buyrug'ini bekor qilish va D.B.ga o'zlashtirmagan fanlari bo'yicha imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berish majburiyati yuklatilgan.Vaziyatga huquqiy baho bering. Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori asoslimi? Fikringizni amaldagi qonunchilik asosida tahlil qiling. Bugungi kunda ma'muriy-huquqiy va ma'muriy-protsessual fanlarni, ma'muriy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga bo'lgan e'tibor yanada kuchaytirildi. Bu esa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy islohotlar kontseptsiyasi va 2018 yil 8 yanvar`kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida”gi Qonuni bilan bevosita bog'liqdir. Bu orqali esa Ma'muriy huquq fanini o'rganishga yangicha yondashishni taqozo etmoqda1. Shuning uchun ham ma’muriy huquq fanidan bilimlarimizni oshirish maqsadida yuqoridagi kazus berilgan deb o’ylaymiz. Mazkur kazusni huquqiy jihatdan tahlil qilishda IRAC usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Negaki, IRAC usuli kazusni huquqiy jihatdan tahlil qilishda bir qancha qulayliklarga ega hisoblanadi. bu usulda huquqiy jihatdan tahlil qilishda eng avvalo, muammoli holatlarni aniqlab olish talab etiladi: Download 25.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling