Vaziyatga huquqiy baho bering. Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering


Download 23.95 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi23.95 Kb.
#1447129
Bog'liq
10 kazus


10-KAZUS
Fuqaro B.Qodirov Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilib, tuman hokimining qarorini qonunga xilof deb topishni so‘radi. Birinchi instantsiya sudi arizachining arizasini qanoatlantirishni rad qildi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati bilan Toshkent shahar ma’muriy sudiga murojaat qildi.
Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi J.Ergashov fuqaro B.Qodirovning birinchi instansiya sudiga yo‘llagan arizasi uning ukasi O.Qodirov tomonidan imzolanganligi sababli arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim qabul qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang.



  1. Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.

Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik .O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish tog’risidagi kodeksning 26 moddsiga ko’ra Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno.
Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi lozim.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’muriy sudga tegishlilik masalasiga tohtaladigan bolsak .O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish tog’risidagi kodeksning 28 moddasi yani Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqiladi va 32 moddasida Fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha sudga taqdim etiladi.
2.Endilikda ushbu ariza nega arizasini qanoatlantirishni rad qilganligini ko’ramiz
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish tog’risidagi kodeksning 105 moddasiga ya’ni Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldiradi, agar:
1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
2) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa;
4) arizachining manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan bo‘lsa.
106-modda. Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish tartibi
Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Xulosa
Ushbu muamoli vaziyatda korinib turibdiki fuqaro B.Qodirovini arizasini qanoatlantirmaslik asosli deb hisoblayaman yuqoridaga moddalrga asoslanan holda fuqaro B.Qodirovning arizasida ukasining imzosi bolagnligi sababli ushbu holat 105 moddaning 2 qismiga binoan rad etilgan arizachi apellatsiya shikoyati bilan Toshkent shahar ma’muriy sudiga murojaat qildi.
Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyasi J.Ergashov fuqaro B.Qodirovning birinchi instansiya sudiga yo‘llagan arizasi uning ukasi O.Qodirov tomonidan imzolanganligi sababli arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim qabul qilishi asosli
Foydalingan adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish tog’risidagi kodeksi
2. https://lex.uz/docs/-3527353







Download 23.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling