Fikrlar majmuasi


Download 105.52 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi105.52 Kb.
#1489077
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
030-20 Rustamov Yusufxon 1-topshiriq

5-topshiriq.Berilgan matnni tushirib qoldirgan abzatsni yozib, maqolani tiklang.
Nyutonning mexanika qonunlari
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan ta’riflangan (1687).


Birinchi qonun - Nyutonning birinchi qonuni. Nyutonning birinchi qonuni quyidagicha tariflanadi.
Har qanday jism, boshqa jismlar tasiri boshlasnish holatini o’zgartirishga majbur etmaguncha o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakati holatini saqlaydi.

Futbol to’pining futbolchi tepmagunicha maydonda tinch turish, avtobus harakati boshlanganda orqa tomonga, harakatlanayotgan avtobus to’xtaganda oldinga qarab silkinishimiz bu qonunning kundalik hayotimizda o’rinli ekanligini ko’rsatadi.
Shu bilan birga, Nyutonning birinchi “qonuni” inertlik tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir.
Inertlik. Inertlik deb – jismning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish holatiga ayiladi. Shuning uchun ham Nyutonning birinchi qonuni inersiya qonuni ham deyishadi. Nyuton qonunlari faqat inersiyal sanoq sistemalarida bajariladi.


Ikkinchi qonun - Nyutonning ikkinchi qonuni. Quydagicha tajriba o’tkazamiz: Dastlab, o’zgarmas massali jismga (m=const) turli kuchlarning ta’sirini ko’raylik. Masalan, futbol to’pini yosh bola, o’spirin va futbolchi tepsin. Tabiyki, to’p eng katta tezlanishni futbolchi tepganida oladi, boshqacha aytganda, jismning oladigan tezlanishi unga ta’sir etayotgan kuchga to’g’ri proportsional bo’ladi, ya’niy a~F.
Endi futbolchi (F=const) rezina koptokni, futbol to’pini va bosqichlar mashq o’tkazadigan to’pni tepgan xolni ko’raylik. Bu tajriba, o’zgarmas kuch ta’sirida jismning oladigan tezlanishi uning massasiga teskari proportsional ekanligini ko’rsatadi, ya’ni
a ~ 1/m
Agar yuqoridagi hulosalarni umumlashtirsak,
a = F/m ni hosil qilamiz.
Yoki tezlanish a va kuch F vektor kattaliklar ekanligini e’tiborga olsak,
a = F/m
Bu formula Nyutonning ikkinchi qonunini ifodalaydi. 
Jismning oladigan tezlanishi unga ta’sir etayotgan kuchga tog’ri, massasiga esa teskari proportsional bo’lib, yo’nalishi ta’sir kuchining yo’nalishi bilan mos keladi.


Uchinchi qonun - Nyutonning uchunchi qonuni. Biz biror jismning yoki jismlarning, boshqa jismga ta’siri haqida gapirdik. Tabiyki, ta’sir ko’rsatilayotgan jism o’zini qanday tutadi, degan savol tug’iladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, u ham ko’rsatilayotgan ta’siriga teng va qarama-qarshi yo’nalgan kuch bilan ta’sir ko’rsatadi. Moddiy nuqtalar (jismlar) orasidagi bunday o’zaro ta’sir Nyutonning uchunchi qonuni yordamida aniqlanadi: moddiy nuqtalaning bir-biriga har qanday ta’siri o’zaro ta’sir harakteriga egadir. Moddiy nuqtalar ta’sir kuchlarining kattaliklari doimo bir-biriga teng, yo’nalishlari qarama-qarshi va ularni tutashtirgan to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan


F12 = - F21
Nyutonning mexanika qonunlariG.Galiley, X.Gyuygens hamda I.Nyutonning o‘zi o‘tkazgan ko‘plab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo bo‘lgan. Nyutonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorug‘lik tezligiga yaqin moddalar uchun o‘rinli emas.

Download 105.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling