Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi
Qoraxonlilar davrida turk madaniyati
Download 2.88 Mb.
|
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yusuf Xos Hojib
- Xoja Ahmad Yassaviy
- Amaliy mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzulari
Qoraxonlilar davrida turk madaniyatining taraqqiyoti. Bolasog‘un va Qashg‘ardagi madaniy hayot. Turk tilining yangi adabiy bosqichga ko‘tarilishi. Turk dostonchilik maktabining vujudga kelishi. Badiiy asarlarda Qur'oni karim va Hadisi sharif sharhlari.
Turkistonda tasavvufning vujudga kelishi va tarqalishi. Tasavvuf tarixida irfon bosqichi. Ibrohim Adham, Shaqiq Balxiy va Imom G‘azzoliy asarlari. Ilk turk mutasavviflari ijodi. Yassaviylik tariqati va uning adabiy manbalari. Kubraviyya tariqati va bu tariqatning badiiy ijodda aks etishi. Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodining manbalari. “Qutadg‘u bilig” hamda ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalar. Dostonda axloqiy va estetik qarashlar. Doston janrlari: masnaviy, qasida, to‘rtlik va g‘azal unsurlari. Asarning ahamiyati. Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodining manbalari. Adib Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi. “Hibatu-l-haqoyiq” asari. Asar mavzui va tarkibi. Hadislar asosida badiiy asar yaratish an'anasi. Asarning badiiy xususitlari. Xoja Ahmad Yassaviy ijodi. Turkiy she'riyatda hikmat janrining shakllanishi. “Devoni hikmat” asari va uning tarkibi. Yassaviy izdoshlari. Sulaymon Boqirg‘oniy asarlari. “Boqirg‘on kitobi” mundarijasi. “O‘zbek adabiyot tarixi” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari uchun tavsiya etilgan mavzular Eng qadimgi davrlardan X asrgacha bo'lgan adabiyot Yozma yodgorliklar XI-XIII asrlar adabiyoti. XI-XIII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot. Mahmud Koshg'ariy va uning “Devonu lug'oti-t-turk” asari. Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodining manbalari. Ahmad Yugnakiy hayoti va ijodining manbalari. Islomiy ruhdagi adabiyot Amaliy mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzulari Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar mavzuga aloqador manbalarni o‘rganish asosida ma’ruza darslarida olgin ma’lumotlarini mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar. Bunda asarlarning hayotiga oid qo‘shimcha ma’lumotlar, badiiy asarlarning janr xususiyatlari, mavzusi, mazmun va g‘oyaviy mundarijasi, badiiyati tahlil etiladi. O‘qituvchi zimmasiga fikr va ma’lumotlarni saralash, to‘ldirish, izohlash va baholash kabi vazifalar yuklatiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’limning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan yangicha usullarni qo‘llash nazarda tutiladi. Amaliy mashg‘ulotlarning mavzusi va rejasi "Fanning ishchi dasturi" va "Amaliy mashg‘ulotlar ishlanmasi"da, olib borish jarayoni “Ta’lim texnologiyalari”da o‘z ifodasini topadi. Fan asoslarini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarida berilgan ma’lumotlarning ko‘nikmaga aylanishi uchun xizmat qiladi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida talaba nazariy tushunchani mukammal egallash maqsadini qo‘yadi. Qadimgi yodgorliklarning yozuv xususiyatlari. Kultegin, Bilga xoqon va To’nyuquq yodgorliklarining badiiy xususiyatlari. Eng qadimgi og’zaki adabiy yodgorliklar, ularning asosiy manbalari. Beruniyning "Qadimgi xapqlardan qolgan yodgorliklar" asarida rivoyat va afsona janriga oid ma'lumotlar. IX-X asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot. Turkistonda tasavvufning vujudga kelishi va tarqalishi. “Devonu lug’ati-t-turk” asaridagi adabiy parchalar. Mazmuni, janr xususiyatlari. “Qutadg’u bilig” dostoni. Doston tarkibi, timsollar doirasi va ramziy mazmuni. Ahmad Yugnakiy haqidagi ma’lumotlar, “Hibat ul-haqoyiq” dostonining o’rganilishi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, aruz she’riy tizimi haqida. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling