Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Turkiy tillarda kelishiklar tizimi


Download 0.84 Mb.
bet75/105
Sana30.09.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690255
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Turkiy tillarda kelishiklar tizimi. Ot turkumidagi so‘zning yoki ismlarning kelishik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik qo‘shimchalari (egalik qo‘shimchalari bilan bir qatorda) turlovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Turkiy tillardagi ism guruhiga oid so‘zlarda yagona tipdagi turlanish tizimi mavjud. Har bir kelishik bitta affiksga ega (fonetik variantlari bilan birgalikda).
Turkiy tillarda kelishiklar quyidagicha:

Bosh kelishik



Qaratqich kelishigi

-ıŋ, - iŋ,-nuŋ/ -nüŋ; -uŋ/-üŋ; - ŋu

Tushum kelishigi

- ı, -i, –uγ; - ni / - nu; -ın-// in, -u, -ığ

Jo‘nalish kelishigi

- qa, -gə,-a, -ə, γa/ -qa, –ja, – a, -kā(<-kāru)

O‘rin-payt kelishigi

- ta//- tə //-to, -da, -də, //-la//-lo//-za//-zo//-sa//-so//-na//-no

Chiqish kelishigi

- tan, -tən, -dan,- dən, - da: -dan: -daη: -dyn

Vosita kelishigi

-in/ -ın// -un

Birgalik kelishigi

-la, -le, -lan, -len,-lı,-li

O‘xshatish-qiyoslash kelishigi

-ča, -če9

Kelishik qo‘shimchalari olmoshlar, harakat nomi, jamlovchi songa qo‘shilishi mumkin. Otlashgan so‘zlar ( otlashgan sifat, otlashgan sifatdosh) hamda olmoshlar ham kelishik qo‘shimchalarini qabul qiladi.
Turkiy tillarda kelishik tizimining ikki ko‘rinishi mavjud. Birinchisi, nisbatan qadimiy bo‘lib, bobo til davriga xosdir. Ikkinchisi, nisbatan keyinroq, ya’ni asos til davrining so‘nggi bosqichlarida paydo bo‘lgan, deb qaraladi. Turkologlar qadimgi turkiy tildagi kelishiklar soni haqida turlicha fikr bildiradilar: V.V.Radlov 8 ta, I.A. Batmanov 6 ta, V.I.Nasilov 7ta, A.Kononov 11ta kelishik mavjud bo‘lganligini ta’kidlaydi. Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jiqatidan unchalik farq qilmaydi. Tatar, gagauz, ozarbayjon, turkman, o‘zbek, qoraqalpoq tillarida 6 ta, qozoq tilida 7ta, xakas va chuvash tilida 8ta, yoqut, turk, boshqird tillarida 9 ta kelishik mavjud.
Turkiy tillarda kelishik shakllari qo‘llanishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
1. Ayrim so‘z tarkibidagi kelishik shakllari yaxlitlanib qolgan. Qadimgi kelishik shakllari ba’zi so‘zlar tarkibida qotib qolgan holda hozir ham uchraydi: : ičrä, üzrä, ičkäri, tašqarı.
2. Bir o‘zakka ikki xil kelishik shakli qo‘shilgan: meniŋčä, ilgärükabi.
3. So‘z o‘zagining qattiq-yumshoqligiga qarab kelishiklar har xil fonetik variantlarda qo‘shilgan. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z ba’zan fonetik o‘zgarishga uchragan (aŋa, alarnıŋ).
4. Ayrim turkiy tillarda kishilik olmoshlari kelishik qo‘shimchasi sifatida saqlangan. Masalan, qozoq, qoraqalpoq, xakas, qirg‘iz tillarida mağa, sağaŋ, oğaŋkishilik olmoshlarijo‘nalish kelishigi -gä o‘rnida ishlatiladi.
5. Qadimgi yodgorliklarda vosita kelishigi mavjud bo‘lgan: -ın, -in. Bu kelishik ko‘pgina turkiy tillarda kategoriya tizimidan chiqqan, hozirda qo‘llanayotgan ayrim so‘zlar tarkibida uchraydi: ačın -toqın, yаzın -qıšın.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling