Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet72/105
Sana30.09.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690255
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Undoshlarning o‘zgarishi. Morfologik xususiyatga ega bo‘lgan jarangsiz ttovushining jarangli čtovushi bilan ketma-ketligi otlarda III shaxs egalik shaklida kuzatiladi, fe’lllarda esa o‘tgan zamon III shaxs shaklida keladi. Masalan, yat “ism” – yače “uning ismi”, pasport “pasport”– pasporče “uning pasporti”, suk daraxt” –sučedaraxti”.
Turkologlar turkiy bobo til davrida so‘z boshida jarangli va jarangsiz undoshlar birdek ishtirok etganligini ma’lum qilishgan. Ayrim hollarda so‘z boshida b undoshining bo‘lmasligi haqida fikr bildirilgan, tovush o‘zgarishlarining anlautdagi ko‘rinishlari ko‘p uchrashi ta’kidlangan.
2-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar
So‘z boshida:

Sharqiy turkiy tillarda

G‘arbiy turkiy tillarda

Jarangsiz t - tovushi keladi: tebey

Jarangli d- tovushi keladi:debey

Til o‘rta ytovushi keladi:yinju, yilkin

Til oldi j tovushi keladi yoki ytovushi kelmaydi: janju, elkin

Sonor m – tovushi keladi:men, muŋ

Portlochi b – tovushi keladi:ben,
buŋ




Qisqa unlilar

a

ə

o

ө

u

ü

ı

i

Cho‘ziq unlilar

a:

ə:

o:

ө:

u:

ü:

ı:

i:




Turkiy tillarda 

Chuvash tilida:

Turkiy tillarda 

Chuvash tilida:

bar//par

pur“bor”

buz

pǎr “muz”

kazz//ga

xur “ oz”

qaz-

hur-“qozmoq”

atla//xatla

ot “hatlamoq”

qazan

huran “qozon”

yat 

yut “yotmoq”

omuz

amar “ko‘krak

balıq

pula “baliq”

buzau

paru “buzoq”

bayan

pujan “boy”

semiz

samar “ semiz

altı 

ult “olti”

öküz

vakar “ho’kiz

3-mavzu. TURKIY TILLAR MORFOLOGIYASI
Reja:
1.Turkiy tillar morfologiyasida oltoy davri xususiyatlarining ifodasi.
2.Turkiy tillar morfologiyasiga oid qarashlar talqini.
3.Turkiy tillarning agglyutinativ tabiati.
4.Elementar va kompleks morfologik birliklar
Asosiy tushunchalar: morfologiya, grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik ko‘rsatkich, grammatik tarkib, morfema, affiksal morfema, sodda morfologik birliklar, murakkab morfologik birliklar, agglyutinativ tillar, flektiv tillar.

Turkiy tillardagi qadimiy morfologik shakllar tahlil qilinganda oltoy nazariyasidagi fikrlar, ma’lum ma’noda, asoslangandek bo‘ladi.


Turk–mo‘g‘ul–tungus aloqalari morfologiyaning hamma bo‘limlarida ko‘rinadi. Bu uch guruhga mansub tillar uchun umumiy bo‘lgan morfologik ko‘rsatkichlar to‘liq aniqlangan emas ( ayrim turkiy tillarda hozirgi kelasi zamon sifatdoshi, mo‘g‘ul tillaridagi ravishdosh, tungus-manchjur tilidagi hozirgi zamon sifatdoshi affikslari hamda o‘rin va yo‘nalish bildiruvchi -ra, -ru qo‘shimchalarini hisobga olmaganda).
Qadimgi turk va mo‘g‘ul tillaridagi morfologik munosobatlarning o‘xshash va farqli tomonlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Turk-mo‘g‘ul tillari uchun umumiy bo‘lgan morfologik ko‘rsatkich sifatida o‘rin kelishigi -da, jo‘nalish kelishigi -a, harakat nomi -ku, shaxs oti -chi, o‘rin-joy belgisini bildiruvchi -daki, ot yasovchi -m, -vul, fe’l yasovchi -la qo‘shimchalari xarakterlidir.
Sifat darajalarining qadimgi turkiy tildagi üp-ürun (oppoq), köp-kök (ko‘m-ko‘k), süm-süčüg(juda shirin), qap-qara (nihoyatda qora) shakllari mo‘g‘ul tilidagi sav-sayan (oppoq) , ib-ilayan (qip-qizil), koa-koke (ko‘m-ko‘k); buryatcha dav-daxap (oppoq), iv-ilan (qip-qizil), xav-xara (qop-qora) shakllariga mos keladi.
Turkiy tillarda ham, mo‘g‘ul tillarida ham alıp kördï, alıp ketti, jazıp bardıkabi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari uchraydi.
Turkiy va mo‘g‘ul tillari o‘rtasidagi morfologik yaqinlik turkiy tillarda turlicha namoyon bo‘ladi.G‘arbiy mo‘g‘ul tillarida turkiy tillar bilan umumiy bo‘lgan morfologik elementlar janubiy mo‘g‘ul tillaridagiga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Qirg‘iz va qozoq tillaridagi mo‘g‘ulcha til shakllariga moslik o‘zbek va turkman tillarida shu kabi shakllar miqdorining ko‘payishi uchun asos bo‘lgan. Sibir va oltoy tillarida bunday elementlar ancha. Tuva, yoqut tillarida ham bunday elementlar ko‘p uchraydi, bu shakllar ushbu tillarning o‘ziga xosligini namoyon etadi.
Turkiy va mo‘g‘ul tillari o‘rtasidagi moslikni qirg‘iz, tuva, yoqut tillariga oid quyidagi faktik misollar orqali ko‘rish mumkin.

Qirg‘iz tilidagi mo‘g‘ul tili bilan umumiy bo‘lgan qo‘shimchalar:

Misollar

-lqa, -ol, -l,-loq, -mol.

kalqa “eshik”

tonulqa “ yurish”

yasalqa “bezak”

tabılqa “topilma”

qarol “qorovul”

takol “topshiriqni bajaruvchi shaxs”; “tayanch”

boljol “belgilangan muddat”

jırqal “nash’a”

qozqılon “qo‘zg‘olon”




samal “o‘spirin”

Tuva tilidagi mo‘g‘ul tili bilan mushtarak bo‘lgan qo‘shimchalar:

Qo‘shimchalar

Misollar

-l, -lqa, -lda, -mal, -duvar//-duqar

savvarılqa “poliz”

čurulqa “chizish”

čılda “yig‘im-terim”

qazımal “qazilma”

baduvar “birinchi”

dortduqar “to‘rtinchi”

onduqar “o‘ninchi”


Oltoy tillari qarindoshligiga oid fikrlar quyidagicha umumlashtirilgan:
1. Turkiy-mo‘g‘ul-tungus-manchjur tillaridagi aloqadorlik morfologiyaning barcha bo‘limlarida kuzatiladi: masalan, -(i)dko‘plik qo‘shimchasi: torin (ot)- torid (otlar), valyaqıp (shahar) – valyad (shaharlar); noxor (o‘rtoq) - noxod (o‘rtoqlar); tuyal (buzoq)- tuyad (buzoqlar) va h.k.
2. Aniq morfologik o‘xshashliklar tahlili turk-mo‘g‘ul-tungus-manchjur tillariga xos qadimiy shakllarni tiklash imkonini beradi. Tillardagi parallellik morfologik elementlarning bir tildan ikkinchi tilga o‘tishi natijasida yuzaga kelgan.
3.Tillarning chatishuvi va o‘zaro aloqasida uch nuqtayi nazar farqlanadi. Birinchi qarash tarafdorlari (A.Shleyxer, M.Myuller, qisman A.Meye) bir til tizimining bir qancha tizimlardan iborat ekanligini istisno qilgan holda, tillar chatishuvini inkor etadilar. Ikkinchi qarash tarafdorlari (G.Shuxardt, V.Pizani, Dj. Bonfante va boshqalar) uchun tillar chatishuvi hech qanday to‘siq bilmaydigan doimiy va keng ko‘lamli jarayon. Uchinchi qarash tarafdorlari (I.V.Boduen-de-Kurtene, V.A. Bogoroditskiy, L.V.Sherba, B.Y. Vladimirsov, A.Rosetti) nisbatan asosli fikrga ega bo‘lib, tillar chatishuviga geografik, madaniy yaqinlik, savdo aloqalari, qabila va xalqlarning munosabati asosida yuzaga keladigan real tarixiy hodisa deb qarashadi. Shu bilan birga, ularning fikricha, chatishuv qaysi darajada bo‘lmasin, chatishgan til asosidagi qadimiy tilni ajratish mumkin bo‘ladi.
Tillarning chatishuvi haqida gap ketganda faqat leksikadagina emas, balki fonetika, morfologiya, sintaksis sohalaridagi bir tomonlama yoki o‘zaro ta’sir ham nazarda tutiladi.
Affiksal morfemalar o‘zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O‘zak va affiksal morfemalarning tabiatiga ko‘ra tillar asosan agglyutinativ, flektiv, polisintetik, amorf tillarga bo‘linadi7.
Turkiy tillar faqat genetik jihatdan qarindosh tillar bo‘lib qolmasdan, ayni paytda tipologik jihatdan ham bir xil: tillarning morfologik tasnifi bo‘yicha agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. So‘z o‘zagi va so‘z shakllaridagi mushtaraklik grammatika tizimida ham aks etadi.
Morfologik birliklar. Fonemalar singari morfologik birliklar ham sodda va murakkab birliklarga bo‘linadi. Morfemalar sodda morfologik birliklardir. Murakkab morfologik birliklarni analitik so‘z shakllari tashkil etadi.
Turkiy tillarda grammatik ma’no quyidagi usullar orqali ifodalanadi.
1. Elementar morfologik birliklar. Elementar morfologik birliklar boshqa tillardagi shu shakllardan farq qiladi. Ularning o‘ziga xosligi agglyutinatsiya bilan bog‘liq. Agglyutinativ tillardagi affikslarda mustaqil so‘zlarning izlari ko‘rinadi, ya’ni ko‘pgina affikslar mustaqil so‘zlardan yuzaga kelgan. Bunday so‘z shakllarining prototiplari so‘z birikmasi (sintaktik birikmalar) bo‘lgan. Natijada hokim so‘z o‘zak morfemaga, tobe so‘z affiksal morfemaga aylangan.
2. Agglyutinativ usulda grammatik ma’no ifodalash bilan birga, fleksiya asosidagi shakllar ham voqelanadi (ichki fleksiya). Masalan: kajni “qayni”, kajna “qaynona”, bıs “arralamoq”// bis- “kesmoq”, ata, ati (ota), anı (ona). Turkiy tillardagi fleksiya morfologik tipning shakllanishiga bevosita aloqador bo‘lmagan muayyan fonetik qonuniyatlar natijasidir.
3. Fonetik ikkilantirish, leksik urg‘uni o‘zgartirish grammatik ma’noni ifodalashning bir usulidir: barma- ( fe’l) - barma (yurish); salma -(fe’l) – salma- (joylash); turk tilida: arkadašım ( o‘rtog‘im) - arkadašım ( men o‘rtoqman). Bunda ayrim holatlarda lug‘aviy ma’no hosil bo‘lishi ham kuzatiladi: ozarb. axšam (kecha) - axšam (kechqurun); sabah (ertalab) - sabah (ertaga).
Fonetik usuldagi daraja hosil qilish ham grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi:qıp-qızıl, yam-yašıl.
4. O‘zak (negiz)ning takror qo‘llanishi natijasida grammatik ma’no ifodalanadi. Negizning to‘liq va qisman takrorlanishi, o‘zakdagi tovushning o‘zgarishi orqali grammatik ma’no aks ettiriladi: hari – hari (sap-sariq), kizil-kizil (qip-qizil), yašil-yašil (yam-yashil): kosa-kosa suv; arava-arava o‘tin;kiz-miz “qizlar”, taba -mabak “uy-ro‘zg‘or ashyolari”; köpdi köp “ko‘pdan ko‘p”; azdın az “kamdan kam”; o bana dušman-dušman baki jordu. “U menga dushmanlarcha qaradi”.
5. Turli so‘z shakllari tarkibida keluvchi morfologik birliklarning o‘zaro aloqasi natijasida analitik shakllar hosil qilinadi. Turkiy tillarda ayrim fe’llarning sintetik shaklga o‘tish holati ham o‘ziga xos grammatik ma’no ifodalash usulidir: jíqilip kete jazdim ( yiqilib keta yozdim), otup bara jam (o‘tib boraman).

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling