Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet84/105
Sana30.09.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690255
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Mayl kategoriyasi. Turkiy tillarning aksariyatida, jumladan, o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, turkman tillarida buyruq va istak ma’nolarini ifodalovchi shakllar munosabati masalasi bir qator tadqiqotlarda yoritilgan. Jumladan, M.A’lamova turkiy tillardagi buyruq-istak mayli xususiyatlari, shakllarini o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman tillari misolida tahlil qilgan.14
O‘zbek tilida buyruq va istak mayllari, dastlab, birgalikda, yaxlit butunlikda qaralgan.15 Keyingi davrlarga kelib, o‘zbek tilshunosligida buyruq va istak mayllari mustaqil, bir-biridan ajratilgan holda qarala boshladi. Hozirgi buyruq-istak shakllari buyruq mayli16 yoki istak-buyruq mayli17 deb keltirilgan. Buyruq mayliga II va III shaxs, istak mayliga esa I shaxs shakllari kiritilgan18. Ba’zi manbalarda istak mayllariga birinchi shaxs shakllaridan tashqari -ğayaffiksi bilan yasalgan shakllar ham qo‘shilgan19.
Uyg‘ur tilshunosligida ham uchala shaxs shakllari “buyruq peil išligučiliri” deb nomlangan. Keyingi paytlarda esa uyg‘ur tilida ham buyruq va istak (xalaš) fe’llari ajratildi20. E.Najip buyruq va istak fe’llarini birgalikda buyruq-istak mayli, deb qarashni ma’qul topadi21.
Qozoq tilida buyruq va istak mayllari alohida, mustaqil holda olib qaraladi: buyruq mayliga uchala shaxs shakllari, istak mayliga esa -ğay affiksi bilan yasalgan shakllar, shuningdek, “alğısı keledi”, “alsa yedi”, “alsaigi yedi” kabi analitik shakllar kiritiladi 22.
Turkman tilida ham, dastavval, buyruq va istak shakllari bir buyruq mayli deb qaralgan23. Keyinchalik, buyruq va istak mayllari ajratilgan.24
Turkman tilida buyruq va istak mayllarining qaysi shakllarni qamrab olishi masalasida bildirilgan fikrlar xilma-xil. Rus va turkman tillari qiyosiy grammatikasida buyruq maylining II va III, istak maylining esa I shaxs shakllaridan iborat ekanligi ko‘rsatilgan25.
M.A’lamova E.Najip va boshqa tadqiqotchilarning turkiy tillarga oid materiallari asosida buyruq-istak shakllarini (uchta shaxs shakli nazarda tutilgan) bir buyruq-istak mayliga biriktirishini ma’qullagan hamda fikrini quyidagicha asoslagan:
1. Buyruq va istak ifodalovchi uchta shaxs shakllari ma’no jihatdan o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, “sof buyruq ifodalovchi” deb ataladigan II shaxs shakllari o‘rni bilan istak, iltimos ma’nosini ifodalay oladi, buni III shaxs shakllari to‘g‘risida ham aytish mumkin. Shuningdek, I shaxs shakllarining ham, ba’zan, istak o‘rnida talab, qaror qilish, ishni bajarishga undash kabi ma’nolarni ifodalay olishi ma’lum bo‘ladi. Bu xususiyat faqat o‘zbek tilidagina emas, boshqa turkiy tillarda ham kuzatiladi.
Uyg‘. Oyγmiң nuri, kečisi očməs čiriği, kundizi čəmsisi bolğin (Q.Toxtəmov).Qoz. Al, baγırım, qoš aytısıp, qolıŋ qıstım, jaulardıŋ keltire ber astına-ustin (G‘.Ormanov).Bu misollarda buyruq shakllari istak, tilak ma’nolarini ifodalash uchun qo‘llangan. Quyida esa buning aksi, ya’ni istak formalarining buyruq formalari ma’nolarini ham anglata olishini ko‘ramiz:uyg‘. kočγp kitəyluq. Bizma əl qatarisida oz tirikčiligimizni qilsaq bolmamdu (Q.Toxtəmov). Qoz. Javğa qatal bolayıq, xalıq qa arın solayıq (Jambыl). Turkm.yeri bugγrruŋi bes edeli (B.Purliyev).
Keltirilgan misollar buyruq va istak formalarini bir-biridan ajratmay, birgalikda olib o‘rganish ma’qulligini asoslaydi.
2. Agar buyruq shakllarini (II va III shaxc) alohida grammatik kategoriya sifatida buyruq mayli deb ajratsak, istak mayli deb nomlangan kategoriya faqat I shaxs shakllaridan iborat bo‘lib qoladi. –ay affiksi bilan yasalib, faqat I shaxsgagina ega bo‘lgan shakllarni alohida grammatik kategoriya sifatida ajratish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
A.N.Kononov istak mayli hozirgi o‘zbek adabiy tilida -gay affiksi bilan ham yasalishini ta’kidlagan. Ayni chog‘da -gay affiksi bilan yasalgan shaklning bugungi kunda uslub talabi bilan qo‘llanishini qayd qilgan.26 Haqiqatdan ham -gäy (-ğay, -qay, -käy) bilan yasalgan shakllardan hozir o‘zbek, qozoq, turkman tillarida ham badiiy uslub talabi bilan foydalaniladi. Shu bois -gäy affiksini istak mayli shakli sifatida qarash to‘g‘ri emas.
O‘zbek va turkman tillarida buyruq va istak ma’nolari quyidagi usullarda ifodalanadi:
1. Sintetik usul. Bunga har uch shaxs shakllari kiradi. Bu shakllar birgalikda “buyruq-istak mayli” nomi bilan yuritiladi.
2. Analitik usul. Bunga bir necha analitik shakllar kiradi:
a) -ğu kel- (masalan o‘zb. olgim keladi, uyg‘. alğum kelidu, qoz. alığımkeledi; turkman tilida: alasım gelyər);
b) -sa ekan, -sa edi;
d) -ğay edi;
e) -sa idi //yedi (bu shakl faqat qozoq tilida uchraydi).
Buyruq-istak maylining birinchi shaxs shakllari ba’zan istak ifodalash uchun keltiriladi.
Tuva tilida shart mayli qo‘shimchalarining o‘ziga xosligi kuzatiladi: barzımza “borsam”; chuvash tilida buyruq-istak maylining bo‘lishsiz shakli -an yordamida hosil bo‘ladi ( boshqa turkiy tillarda -ma//me).
Chuvash tilida sifatdosh va ravishdosh shakllari ko‘p. Bu tilda sifatdoshning quyidagi turlari qo‘llanadi: hozirgi zamon sifatdoshi - kan, -ken affikslari yordamida hosil bo‘ladi. O‘tgan zamon sifatdoshining tasdiq shakli -na, -ne affikslari yordamida voqelanadi. Inkor shakli esa -man, -men affikslari yordamida yasaladi. Kelasi zamon sifatdoshi -as, -yes,-mas, -mes (inkor shakli), shartlilik sifatdoshi -malla, -melle, yetarlilik sifatdoshi esa -malax, -melex affikslari orqali hosil bo‘ladi. Imkon sifatdoshi tasdiq-inkor yoki faqat inkor shaklida qo‘llanadi. -ansi, -yensi, -yeš affikslari bahona sifatdoshi hosil bo‘lishida qatnashadi.
Qozoq tilida sifatdoshning -aťın/-eťin/-̌iťın-/-̌iťin; no‘g‘ay tilida -atagan/-etegen; qoraqalpoq tilida -aťugun/-eťugun shakli qo‘llanadi; -ajaq/-ejek yoki -ayaq shakli uchramaydi.
Shuningdek, shevalarda qadimgi shakllar ishlatiladi: bardım erza “borsam”.
O‘g‘uz-turkman guruhi tillarida o‘tgan zamon sifatdoshi qo‘shimchasi -an//en (-ђan//-gan), o‘g‘uz-saljuq guruhi tillarida -dıš//-diš, -mıš/ miš; sifatdoshning bo‘lishsiz shakli ( kelasi zamon) mar//mer, -maz//mez tarzida qo‘llanadi. O‘g‘uz-saljuq kichik guruhi tillarida -mar//mer shakllari qo‘llanmaydi.
Hozirgi zamon shakli o‘g‘uz-turkman guruhi tillarida -yar, o‘g‘uz-saljuq guruhi tillarida -yor shaklida ishlatiladi.
Kelasi zamon sifatdoshi o‘g‘uz-turkman guruhi tillarida a orttirilib qo‘llanadi (-ajaš/-ejek), o‘g‘uz-saljuq kichik guruhi tillarida esa a tushib qoladi (-jaš//jek);
Qrim (tavriya) tatarlari tilida sifatdoshning birinchi shaxs birlikdagi bo‘lishsiz shakli -maz/-mez tarzida qo‘llanadi, masalan: men yazmam (men yazmazım) “men yozmayman”, men kelmen (men kelmezim) “men kelmayman”.
Ravishdosh shakllari oxirida keladigany o‘g‘uz-turkman guruhi tillarida tushib qoladi; ammo o‘g‘uz-saljuq kichik guruhi tillarida saqlanadi: oquyup, vermeyip.
Fe’l yasalishi

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling