Funksional ko`chirish - Функциональний перенос - Functionally transfer – biror predmetning nomi boshqasiga ular bajargan vazifasidagi o`xshashlik asosida ko`chirilishi. (lot. funktio - faoliyat, vazifa). Funksional ko`chirish ham o`xshashlik asosida voqe bo`la-di. Bu jihatdan u metafora yo`li bilan ko`chirishga juda yaqin.
G
Grafika – Графика – Graphics - Yozuv tarixi va yozuv birliklari: harf, grafema, alfavit kabilarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir.
Grammatik ma’no -Граммати́ческое значе́ние - Grammatical meaning - sistemasida obyektiv borliqdagi predmetlar o`rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimimiz ong orqali aks etadi. Grammatik ma’noni uch guruhga bo`lish mumkin:1) nosintaktik (referensional); 2) sintaktik (relyasion); 3) subyektiv. Birinchi ma’noni turkumlovchi, ikkinchi ma’noni toifaviy (kategorial), uchinchi ma’noni esa notoifaviy (nokategorial) ma’nolar deb ham tasniflash mumkin.
Grammatik shakl -Граммати́ческая фо́рма - Grammatical forms - muayyan grammatik ma’noning tashqi ifodalanish tomoni - moddiy tomonidir. Grammatik shakl bilan grammatik ma’no falsafadagi shakl va mazmun dialektikasini o`zida namoyon qiladi. Shakl va mazmun bir yaxlitlikning ikki tomoni - biri tashqi, ikkinchisi esa ichki tomoni sanaladi. Shuning uchun ular bir-birini taqozo qiladi. Birisiz ikkinchisining bo`lishi mumkin emas.
I
Innovatsiya– Инновация -Innovation – Yangilik, yangi g‘oya kiritish.
K
Kartotеka – Картотека- File – Kartochkalarning – informatsiya tarqatuvchi, birlashtirilgan, sistеmalashtirilgan va aniq bir tartibda joylashtirilgan, masalan, alfavit, mavzular, sanalar bo‘yicha, aniq bir sonining ja'mi.
Konsonantizm - Консонантизм - Consonants -undosh fonemalar tizimi.
L
Leksema – Лексема - Lexeme – lo`gʻaviy ma’noga ega bo`lgan, grammatik shakllardan holi leksik birlik. Lеksеmа ikki plаnli til birligidir. U shаkl vа mаzmunning bаrqаrоr birikuvidаn tаshkil tоpаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |